Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida musiqiy cholg’ularda ijro etishda ritm xissini rivojlantirish Reja


Musiqa cholg‘u asboblari haqida ma’lumot


Download 36.79 Kb.
bet2/7
Sana11.10.2023
Hajmi36.79 Kb.
#1697843
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
musiqiy cholg’ularda ijro etishda ritm xissini rivojlantirish

Musiqa cholg‘u asboblari haqida ma’lumot. Musiqa cholg‘ular va ular bilan bog‘liq namunalar xalq musiqa ijodiyotining ahamiyatiga ega bo‘lgan tarkibiy qismini tashkil etadi. Milliy cholg‘ularimiz hozirgi davrgacha amaliyotda o‘z o‘rnini egallaganligi va ijrochilik amaliyotida yuqori darajada ko‘tarilib borayotganligi, umumbashariyat madaniyatida alohida nufuzga ega ekanligi ham bundan dalolat beradi. O‘zbek xalq cholg‘ularining har birini texnik jihatdan va tarannum darajasiga ko‘ra ilg‘or cholg‘u darajasigi kiritish mumkin. Ularning aksariyat namunalari boy ijroviy imkoniyatlari hamda mukammal darajada shakllanganligi bilan ajralib turadi. Aynan musiqa cholg‘ular tarannumining rang-barangligi, ularning yuqori professionalizm darajasiga hamda katta imkoniyatlarga ega ekanligini namoyon etadi. Musiqa cholg‘u asboblari musiqiy ton yoki o‘ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma’lum ritmik tuzilmalarni hosil etishda, musiqani yakka yoki ansambl, orkestr tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg‘u asboblarining sadosi o‘ziga xos tembr, ma’lum diapazonli tovush qator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg‘u asboblari sadosining sifati muayyan cholg‘u asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan xom ashyolarga bog‘liq. Musiqa cholg‘u asboblari qadimdan qamish, bambuk, yog‘och, tosh, suyak, metal, teri, ipak, kokos yong‘og‘i, qovoq kabilardan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini qo‘shimcha vositalar masalan, surdinadan foydalanish, ijrochilik uslublari masalan, torli sozlarni tirnab chertib chalish, flajo­let kabilar, ba’zi musiqa bezaklari yordamida o‘zgartirish mumkin. Paydo bo‘lishi insoniyat tarixining ilk davrlariga to‘g‘ri keladi, takomillashishi esa musiqa san’ati va ijrochilik-ning rivojlanishi hamda musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarish tex­nika taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Musiqa cholg‘u asboblar tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubiga qarab guruhchalarga, o‘ziga xos qo‘shimcha belgilariga qarab xillarga bo‘linadi. Musiqa cholg‘u asboblari asosan, torli, ya’ni xordofonlar, puflab chalinadigan, ya’ni aerofonlar, teri qoplamali, ya’ni membranofonlar, tilchali, ya’ni gemidiofonlar, plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg‘ulari, idiofonlar guruhlariga bo‘li­nadi. Torli cholg‘u asboblarning guruhchalari, ya’ni kamonli sozlarga skripka, alt, violonchel, kontrabas, viola, o‘zbek sozlaridan g‘ijjak, qo‘biz, sato kabilar, chertib chalinadigan sozlarga arfa, gusli, gitara, domra, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do‘mbira kabilar, urib chalinadigan torli sozlarga chang kabilar, klavishli urib chalinadigan sozlarga klavikord, fortepiano, royal, klavishli chertib chalinadigan sozlarga klavesin va uning turlari kiradi. Puflab cha­linadigan cholg‘u asboblarning guruhchalariga, ya’ni tilchali sozlarga surnay, qo‘shnay, bulamon, shohnay, klarnet, goboy kabilar, tilchasiz sozlarga naylar, fleytalar, mundshtukli sozlarga truba, valtorna, tuba, karnay kabilar, pnevmatik klavishli sozlarga organ va uning tur­lari kiradi. Tilchali cholg‘u asboblarning bo‘linmalari, ya’ni pnevmatik klavishli sozlarga fisgarmoniya, bayan, akkordeon kabilar, chertib chalinadigan sozlarga changqo‘biz va uning turlari, urib cha­linadigan sozlarga fleksatonlar kiradi. Teri qoplamali urib chalinadigan cholg‘u as­boblarning guruhchalariga sozlanadigan, ya’ni litavralar, sozlanmaydigan, ya’ni nog‘ora, doyra, baraban, tamburin kabilar cholg‘u asboblari kiradi. Plastinkali cholg‘u asboblar­ning guruhchalariga urib chalinadigan rezonatorsiz sozlarga, ya’ni ksilofon kabilar, urib chalinadigan rezonatorli soz­larga, ya’ni ovoz beradigan plastinkalari ostida ma’lum hajmdagi rezonatorlar-trubkalar, bo‘sh idishlar va o‘rnatilgan metallofon, marimba, vib­rafon kabilar, klavishli urib chalinadi­gan sozlarga, ya’ni chelesta, fortepiano kabilar kiradi. Idiofonlarning guruhchalariga sozlanadigan orkestr kolokoli, qo‘ng‘iroqchalar, gong kabilar, so­zlanmaydigan, ya’ni tarelkalar, tam-tam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mis lagan, zang kabi cholg‘u asboblari kiradi.

Download 36.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling