Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida musiqiy-ritimik harakatlarda tovush kayfiyati haqidagi tassurotlarni shakllantirish


Download 86.09 Kb.
bet4/5
Sana11.10.2023
Hajmi86.09 Kb.
#1698503
1   2   3   4   5
Bog'liq
musiqiy-ritimik harakatlarda tovush kayfiyati haqidagi tassurotlarni shakllantirish

Harakatli mashqlar.

  1. Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar va tovushlar balandligi yoki cholg‘ular tembrlarini aniqlashga harakat qiladilar. Javoblarni bolalar harakatli belgilar yordamida ko‘rsatadilar. Masalan, past tovushlarga oyoqlar «raqs tushadi», baland tovushlarga - qo‘l bilaklari, doyra jarangiga bolalar doirasida ijroga taxlid qilib ko‘rsatadilar.

  2. o‘rta registrdagi tovush eshitilsa, bolalar ko‘krak balandligida chapak chaladilar, baland registrdagi tovush chalinsa - boshlari o‘zra chapak chaladilar.

  3. Ijodkorlikka qaratilgan mashq uch qismli asardagi registrlarni taqqoslashda qo‘llar yuqori registrga «raqs tushadilar», o‘rta registrda esa -tanani harakatlantiradilar va hokazo. Bunday bir o‘quvchining harakatlariga ikkinchi o‘quvchi oddiy cholg‘uda ritmik jo‘r bo‘lishi ham mumkin. Sinfga esa bu ijodiy vazifaning bajarilishini baholash topshiriladi.

Musiqa tempi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

  1. O‘qituvchi chalayotgan yoki kuylayotgan turli tempdagi musiqiy asar ostida yurish yoki yugurish yoki sakrash;

  2. Hayvonlar harakatiga taqlid sekin harakatlanuvchi fil, tashbaqa, tez haraktlanuvchi - tulki, quyon, it misolida.

Bunday va bunga o‘xshash musiqiy-ritmik harakatlar yordamida o‘qituvchi bir qator musiqiy tasavvurlar va bilimlar doirasini, ya’ni dinamika, musiqa shakli, musiqiy jumla, tovush yo‘nalishi tarkib toptirishi boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish ishlarining samaradorligini oshiradi.
1.Yurish va yugurish turli tempdagi ijro. P.I.Chaykovskiyning «Yog‘och soldatchalar marshi» bundayy mashqlarda juda qo‘l keladi.
2.Ijro etilayotgan musiqiy qiyofaga xos ravishda harakatlanish.
3.Bir o‘quvchi bolalarga tanish bo‘lgan harakatlanuvchi mashqlarni boshqarib turadi, qolganlar esa bajaradi.
4.Hayvonlarga taqlidiy harakatlar sekin-fillar, toshbaqalar, ayiq, tez - quyon, kuchuk misolida.
5.Musiqaning tezlashishi yoki sekinlashishi ostida harakatlarni o‘zgartirida yurishdan yugurishga, yugurishdan sakrashga kabilar.
6.Musiqaning tezlashishi va to‘xtashiga improvizatsiya, masalan avtomobil, parovoz, arg‘imchoqlar misolida.
O‘quvchilarga ular tinglanayotgan va kuylayotgan musiqiy asarlari mazmuni va ko‘rinishiga mos keladigan raqs va musiqiy-ritmik harakatlarni tanlash, topish va mustaqil ijro etish taklif etilsa, bunday vazifalar ularda ijodkorlik qobiliyatlarini faolashtiradi, badiiy didni rivojlantiradi. Bu vazifalarni osonlashtirish maqsadida mazmuni va harakat ketma-ketligini namoyon qiluvchi qo‘shiq va dasturiy musiqa asari qo‘llaniladi. Sh.Najmiddinovning «Bolalar va g‘ozlar», T.Toshmatovning «Ayiqpolvonlar bog‘chasi», o‘zbek xalq folklori «Boychechak», T.Xusayinlining «Jo‘jalarim», A.Mansurovning «Piyoda askarlar kutigi», P.Chaykovskiyning «Yog‘och soldatchalar marshi» asarlarini keltirish mumkin. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda harakatlarni topadilar. Ijro paytida o‘qituvchi bolalarga harakatlarda ifodaviylikka erishish, ularni yaxshiroq bajarish yo‘llarni ko‘rsatib boradi. Musiqiy qo‘llanma tanlar ekan, musiqa o‘qituvchisi qaysi asarda tayyor kompozitsiyasini qo‘llash mum-kin, qaysi asarni esa bolalarning o‘zlari ijod qilib, harakat va raqs bo‘laklarini topishlari uchun muljallash kerakligini aniqlaydi. Bolalarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonida ularda tashabbuskorlikni, qiziquvchanlikni qo‘llab-kuvvatlab, rag‘batlantirib borish muhimdir.
Musiqiy dinamika haqidagi taassurotlarpi shakllantirish.

  1. Musiqa ostida dinamikani ko‘rsata olish R ga - oyoq uchida yurish, R ga - tovonda yurish, R/R ga - dinamikaga xos kichik, o‘rta, katta qadamlar bilan yurish.

  2. Raqsda dinamikaning o‘zgarishini qo‘llar, bosh, yelka va xokazolar bilan ko‘rsata olish. Masalan, kaft-bilakni aylantirish, tirsak-qo‘llarni aylantirish.

  3. Musiqa ostida krishchendo va diminuendoga qarab harakat bajarish o‘quvchilar doira shaklida turib oladilar, agar tovush sekin-asta pasaya borsa, doira torayadi, balandlasa kengayadi.

  4. Gullar raqsini improvizatsiya qilish orqali bolalar musiqadagi dinamik o‘zgarishlarni ko‘rsatadilar, ya’ni gul o‘sadi, ochiladi, so‘liydi yoki quyoshga talpinadi, shamoldan to‘satdan sinadi misolida.

Musiqiy-ritmik harakatlarda tovush qayfiyati haqidagi
taassurotlarni shakllantirish

  1. Bolalar juft bo‘lib turadi, har bir bolada bittadan yumshoq koptok bor. Stakkato ijroga bolalar koptokni yerga yoki polga uradilar, mayin, ohista kuyga u qo‘ldan bu qo‘lga o‘tkazadilar. Bunday R.Shumanning «Jasur chavandoz» quyidan foydalanishimiz mumkin.

  2. O‘qituvchi katta koptokni olib – stakkatoga koptokni polga uradi, legatoga esa koptokni havoda yarim doira yoki to‘lqinsimon harakat qilib qo‘llarida harakatlantiradi. Keyin esa bolalarga stakkato kuyga koptok misol sakraydilar, legatoga qo‘llarini havoda u tomondan bu tomonga «shamolda esayotgan navdalar» harakatini bajaradilar.

3.Mayin ohista kuy ostida bolalar juft bo‘lib doirada aylanadilar. Qisqa yorqin kuyni tinglashlari bilanoq qo‘llarini qo‘yib yuboradilar va toki legato kuy ijro etilmagunicha turgan joylarida yengil sakraydilar.
Musiqiy-ritmik harakatlarda taassurotni shakllantirish.

  1. Bolalar doira bo‘lib qo‘llarini ushlab yuradilar, har bir musiqiy jumlaga yo‘nalishlarini o‘zgartiradilar. Bu vazifa birinchi o‘qituvchi bilan birgalikda qo‘shiq kuylash ostida o‘tkaziladi, keyin esa musiqa ostida o‘qituvchining yordamisiz bajariladi.

  2. Bolalar doira bo‘lib o‘tiradilar. Chiqarilgan bir o‘quvchi doira ichida koptok bilan musiqaga mos ravishda harakatlanadi. Musiqiy jumla yakunida u keyingi bolaga koptokni beradi va o‘yin shunday davom etadi.

  3. O‘quvchi tinglayotgan musiqaning musiqiy jumlasini hayolan qo‘llari orqali doskaga chizadi. O‘quvchining harakatlari asar tempiga, mazmuniga mos bo‘lishi muhim o‘rin egallaydi.



Download 86.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling