Mavzu: Musiqiy san’at, o’zbek professional musiqasi og’zaki an’analarining shakllanishi, xalq musiqiy ijodi, saroy musiqasi Reja


Kvantitativ, barmoq ulchamdagi ritm uslubining xususiyatlari


Download 23.1 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi23.1 Kb.
#193393
1   2   3   4   5
Bog'liq
musiqiy sanat o'zbek professianal og'zaki ananalarining shaklanishi maruza

Kvantitativ, barmoq ulchamdagi ritm uslubining xususiyatlari. Turoq tushunchasi. Qadimgi ritmik qoliplarning aniqlash usullari. Aruz vazniga aloqador bo’lgan musiqa vaznlari. Aruz asarining ashula kuylarida aks etirilishi. An’anaviy musiqaning kuy-ohang va shakl jihatlari og’zaki an’anadagi musiqada kuychan uslublarning yetakchiligi, bularda kuy tuzilishi va shakl masalalarining bir-biriga yuqori darajada bog’liq bo’lgan. An’anaviy musiqa ijodida aynan musiqiy qonunlar bilan birga badiiy bo’lmagan omillar mavjudligi va ularning musiqiy shakl rivojlanishi jarayonida namoyon bulishi. An’anaviy musiqaning kuy turlari. Og’zaki an’anadagi musiqaning shakl bo’laklari haqida ma’lumotlar uzluksiz davom etib kelayapdi. Kuy bo’laklarining bir-biriga qo’shilish usullari, shakl rivojlanish yo’llari va kompozitsion ko’rinishlar. Aytim shakllari va ularga oid tushunchalar. An’anaviy musiqada band va band-naqarot shakllarining o’rni va xilma- xilligi. An’anaviy aytim musiqaning ba’zi janr va uslublarining shakl jihatlari. Og’zaki an’anadagi musiqa shakllarining tarixiy o’zgarishlar haqida ma’lumotlar. An’anaviy musiqaning turkum shakllari. CHolg’u musiqa shakllarida takroriylik va o’zgaruvchanlik omillari. Davriya shakli va uning rivojlangan turlari. qo’shuv shakllar. Murakkab cholg’u shakllar. An’anaviy musiqa ijodida janr va uslublar tizimi An’anaviy musiqa namunalarining mavzuiy, ijroviy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa tasniflash mezonlari. Badiiy mazmun jihatidan an’anaviy musiqa epik, lirik va dramatik turlarga ajralgan. Bularning she’riyat, o’yin-raqs kabi badiiy turlari bilan o’zaro munosabatlari hikoyaviy musiqa turlari ohang, ritmik, shakl xususiyatlari. Lirik musiqa turiga mansub bo’lgan qo’shiq, raqsbop qo’shiq va kuy turlari. Ularning ohang, ritmik, shakl xususiyatlari. Dramatik musiqa turlarining xususiyatlari hamda asosiy janrlari. Musiqa turlarining aralashuvi haqida: hikoyaviy-lirik, hikoyaviy-tomoshaviy, tomoshaviy-lirik va boshka ko’rinishlar mavjud bo’lgan. An’anaviy musiqa namunalarining funktsional vazifalari hamda shakli o’zgaruvchanligi. Bu omilning janr tizimi uchun ahamiyati musiqiy sheva va uslub tushunchalarid mahalliy musiqa shevalarini bir-biridan ajratish mezonlaridir. Musiqiy dialektlari bilan milliy musiqa an’analarining o’zaro munosabatlari. An’anaviy musiqa uslublar tizimi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy musiqa uslublari haqida an’anaviy musiqada tarixiy uslublar musiqa uslublarining tasniflash mezonlari, o’rganishdagi ilmiy usullardan iborat.

Xalq ijodining bir qator qadimiy namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi, arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻy fikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻriqxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folklor etnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir

3 Alisher Navoiy (1441-1501) fikricha ,, Musiqa va sheriyat azal azaldan o’zaro uyg’unlikda rivojlanib kelgan” deb takidlagan. Bunga g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning ijodiy faoliyati yorqin misol bo’ladi. Chunki bu inson kabi nazm va navoni teran anglagan alloma kuzatilmaydi. Navoiy ijodi turkiy adabiyotining eng yuksak cho’qqisidir. Navoiy kabi mutakaffir nazaridan musiqa aslo chetda bo’lishi mumkin emas edi. Alisher Navoiy ijodini o’rganuvchilarning ko’pchiligi bu ulug’ zotni she’riyatdan keyin musiqa va ilmi musiqada tengsiz bir siymo bo’lgan deb takidlashgan. Ba’zi musiqashunoslar jumladan Zaynulobidin Xusayniy ishora bilan ul zotning tahalusslari Navoiy ( Navo-bulbulning gulga ya’ni yoriga navo qilishi) bo’lishiga ham musiqaga yaqinliklaridan deb yozadilar. Alisher Navoiyning ,,Mezonul-avzon’’ (vaznlar o’lchovi) risolasi she’r o’lchovlarini asoslab beruvchi mukammal asardir . Unda musiqa nazaryasi bilan bog’liq bo’lgan qator holarlar mavjud. Yozma manbalardan ma’lumki musiqa va sheriyatning nazariy asoslari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Aruz ilmi esa musiqaning vazn usul qoidalari asosisa yuzaga kelgan . Jumladan Navoiyning ko’rsatishicha she’r vaznlari sabab
Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling