Foxitiy-yovvoyi kabutar, Saqiyl-to’ti, Ramal jul (tovus) qushi navosidan, Gaxvogiy-go’dak sadosidan, Bulujiy-misgarlar damining tovushidan kelib chiqqanligi to’g’risidagi chiroyli gaplar ham muxlis va shinavandalar orasida maroq bilan hangoma qilingan»-deyilgan. Darvesh Alining musiqiy risolasi ilmi, nazariy yo’nalishi Kavkabiynikidan farqli ravishda musiqiy ilmlarga qaratilganligining yana bir isboti shundaki, mazkur bobda oldin amaliy bilimlar sarhisob etilib, mumtoz 17 usul mundarijasi keltirilgandan so’ng, nazariy tushuncha yani niqra, zarb, bo’g’in, bahrlar qo’shimcha o’rnida beriladi. Bu bo’lak foyda (ya’ni “qo’shimcha”) deb, nomlanadigan alohida sarlavha bilan ajratiladi. Darvish Ali Changiy o’z ilmiy risolasida Kavkabiyning fikrlarini ham bayon qilib o’tadi. Ma’lumki Kavkabiy 12 maqomni 12 falak burjlaridan taralganini aytadi. Bular: falak burjlari Rost-Hamal
Do'stlaringiz bilan baham: |