Mavzu: Musiqiy san’at, o’zbek professional musiqasi og’zaki an’analarining shakllanishi, xalq musiqiy ijodi, saroy musiqasi Reja


Download 23.1 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi23.1 Kb.
#193393
1   2   3   4   5
Bog'liq
musiqiy sanat o'zbek professianal og'zaki ananalarining shaklanishi maruza

vatad va fosila deyilgan uch hil ruknlardan tuziladi. Musiqa risolalarida ham xuddi shunday. Alisher Navoiy musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini XX asr olimi Abdurauf Fitrat Navoiyning musiqa ilmi o’z atrofiga musiqashunoslarni to’plab g’amxo’rlik qilganini Zahiriddin Muhammad Boburning ,,Boburnoma”sidan mislolar keltirish bilan qayd etadi . Alisher Navoiyning o’zi ham bastakor bo’lgan degan fikrni ilgari suradi: ,, Musiqaning nazariy va amaliyotini yaxshi bilar edi. Bobur Mirzo o’zining mashhur asarida Navoiyning asarlarini sanar ekan ,, yana ilmi musiqada yaxshi nimalar bog’labtur yahshi ,, peshravlari” bordur” deb u zamonining istilohida ashula kuylarga ,, naqsh” ashulasiz kuylarga ,, peshrav” der ekan. Navoiyning usta bir san’atkor bo’lganini ko’rsatadi . Sharoq she’riyatida qadimdan davom etib kelayotgan sozlar mavzusini olaylik. Navoiy asarlarida rud, shohrud, barbat, ud, chang, nay, tanbur sagona, rubob, qo’biz, karnay, egri daf , nog’ora, kus , jaloliy, va boshqa sozlar tilga olinadi. Navoiy asarlarining izohlari va lug’atlari bu jihatidan birmuncha aniqliklarga muhtoj. Masalan: rud, barbat, ud, so’zlarini olaylik, rud va barbat Navoiy zamonida ishlatilgani haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Navoiyasarlarida ular sosoniylar davriga mansub tarihiy sozlar sifatida namoyon bo’ladi. Ta’riflarga ko’ra rud dastasi kalta torli cholg’u, barbat- o’rdaksiyna kalta dastali soz bo’lgan deyiladi. Keyinchalik ud deb nom olgan soz ham umuman shunday shaklda bo’lgan. Alisher Navoiy tutgan oily maqom musiqasidagi chuqur bilim u zotga bo’lgan buyuk musiqiy ustozlar va istedodli musiqiy talabalarning talpinishiga hamda shogird tushushga sabab bo’ldi. Ko’pgina musiqiy risolalar mualliflari o’z asarlarini Navoiyning kutubxonasida va Navoiy tomonidan ta’minlangan holda yozganliklarini takidlaganlar. U ko’p mashhur musiqachilarga yo’l ko’rsatuvchi ustoz , homiy, raxnamolik qilgan .
Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling