Mavzu: musobaqa davrlarida sportchilarni ruhiy tayyorgarligini oshirish


Sportda psixodiagnostika metodikalar va uni


Download 51.88 Kb.
bet8/9
Sana02.04.2023
Hajmi51.88 Kb.
#1322021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSOBAQA DAVRLARIDA SPORTCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH

Sportda psixodiagnostika metodikalar va uni samaradorligi.

Psixologik-pedagogik tashxisdan ma’lumki, jismoniy tarbiya inson psixik jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki markaziy nerv sistemasi va inson tayanch harakat a’zolari orasida aloqa mavjud. Bu tana va ruhning birligi miyaning funksiyasi va strukturasi bilan belgilanadi. Sklet muskulaturada maxsus nerv hujayralar joylashgan bo‘lib, muskul harakatida teskari aloqa prinsipi bo‘yicha undovchi impulslarni miyaga jo‘natadi.


Sport psixologi E. Jokelning aniqlashicha, keksa gimnastlar, ya’ni butun hayoti davomida sport bilan shug‘ullanganlar, sport bilan shug‘ullanmaganlarga qaraganda 10 – 20 yilga yosh ko‘rinishlari aniqlangan.
Psixofiziolog olimlarning aniqlashlaricha, o‘ng qo‘lini doimiy mashq qilgan sportchida nerv jarayonlarining doimiy irradiatsiyasi oqibatida miyada chap qo‘l mashqlarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, chap qo‘lning mashq qilishi yaxshilangan. Markaziy nerv sistemasi jarayonlarining irradatsiyasi (tarqalishi) tufayli chap qo‘lga o‘tkazilgan tajriba xotirada mustahkamlangan va haqiqiy mashqday idrok qilingan.
Aqliy faoliyat va motor faolligi orasida ham aloqa mavjud. Bir tomondan, maxsus nerv hujayralari impulslar bosh miya po‘stlog‘i funksiyasini qo‘zg‘aydi; ikkinchi tomondan, motor faolligiga inson ongi, masalan, hayol yordamida ta’sir qilishi mumkin.
Motor apparatning bunday hayoliy harakati sportda ma’lum. Futbol o‘yinini tomosha qilayotgan tomoshabinlar o‘yinchilar harakatini fikran idrok qiladilar. Avtomobil yo‘lovchilar ba’zi vaziyatlarda yo‘q tormozni bosadilar.
Karpenter effektining amaliy ahamiyati katta. Doimiy sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar ba’zi qiyin vaziyatlarda tananing bo‘shashishi harakatini ko‘z oldiga keltirib bo‘shashishlari yoki autogen mashqlardan foydalanishlari mumkin.
Shunday qilib, sport faolligi va motor faollik inson sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qiladi, uning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilaydi.
Sog‘liqni saqlash va mustahkamlash uchun sport bilan shug‘ullanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.


Xulosa


sportchilarning musobaqadan oldin va musobaqa jarayoniga paydo bo‘layotgan emotsional bezovtalanishi, tashvishlanishi to‘g‘risida suhbatlar olib borish, sportchilarga maslahat berish. Sportchining vahimaga berilmasdan musobaqada g‘alaba qilish yo‘l-so‘riqlarini berish. Masalan, sportning quroldan va kamondan nishonga otish turlarida kuchli hayajonlanish kuzatiladi. Musobaqa qancha ko‘p uzoq davom etsa, sportchidagi hayajonlanish ortib boraveradi. Sport turlarining xarakterli tomoni shundan iboratki, raqibning yuqori ko‘rsatkichlari ham sportchidagi hayajonlanishni pasaytirmaydi, sportchining o‘z natijalarini boshqa bir sportchi g‘alabasiga taqqoslashi uchun hissiyotni, hayajonlanishni oshirib yuboradi. Sportning figurali uchish va badiiy gimnastika turlari har bir harakat sportchilarda ham jonli va artistik qobiliyatda bajarishni talab qiladi. Bu sportchilarda sportchi musobaqaga yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, katta kuchlanish orqali bajariladigan har bir harakat aniq holda ifodali bajariladi, sportchining ruhiy hayajonlanish darajasi harakat boshlanishidan tamom bo‘lguniga qadar undagi emotsional to‘lqinlanish bilan bir xil kechadi. harakatni kuch bilan bajaradigan og‘ir atletika, yadro va diska uloqtirishda sportchidan chidamlilik talab qilinadi. Sportchining qanday kuch bilan emotsional va reaksiya qilishiga qarab, undagi ayni bir xil kuch bilan ta’sir qiluvchi taassurotlar va ichki taassurotlar haqida xulosa chiqaramiz. Bu xususiyatlarning yorqin namoyon bo‘lishi emotsional va ta’sirlanuvchanlikni oshiradi. Biz sportchining sport faoliyati jarayonida qanday faol darajali tashqi olamga, jumladan, tomoshabinlarga, raqibiga, aqliy faoliyat turlariga, qiziqishlariga, sport musobaqasi davrida maqsadni amalga oshirishda tashqi hamda ichki qarshiliklarni qanday faollik bilan еngishiga qarab xulosa chiqaramiz. Biz bu haqida xulosa chiqarishda sportchining faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligi, ya’ni tasodifiy hodisalar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar yoki uning kayfiyatiga qarab ish olib borishimiz taqazo etiladi.

Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling