Mavzu: musobaqa davrlarida sportchilarni ruhiy tayyorgarligini oshirish
Sportchilarni mashg‘ulot va musobaqalarda
Download 51.88 Kb.
|
MUSOBAQA DAVRLARIDA SPORTCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH
Sportchilarni mashg‘ulot va musobaqalarda irodaviy tayyorlashning psixologik jihatlari.
Sportchilarda iroda bu – o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni еngib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonidir. Sportchida irodaviy harakatni o‘z ichiga oladigan motivlar hozir va o‘tmishda o‘rin olgan tashqi ta’sirlar natijasi tariqasida, sportchining psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. Iroda asosini sportchining harakatlanishiga sabab bo‘ladigan ehtiyojlarni tashkil etadi. Harakatga undovchi sabab motiv deb aytiladi. Sport psixologiyasida motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o‘zaro mustahkam bog‘langan, lekin bir-biriga to‘la mos kelmaydigan mustaqil uchta turi tushuniladi. Birinchidan, sportchining ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo‘ladigan motivlardir. Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, nima uchun aynan shunisi tanlanganligini izohlab beradi. Bu sportchi shaxs yo‘nalishini tashkil etadi. Uchinchidan, motivlashtirish sportchini ahloqi va faoliyatini o‘zi boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar bilan birga eng asosiysi iroda muhim sanaladi. Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarni еngishga qaratilgan ongli tuzilma va sportchini o‘z-o‘zini boshqarish sifatida eng avvalo o‘ziga, o‘z hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil sportda sportchi uchun turlicha bo‘lib, irodasi kuchli va irodasi kuchsizga bo‘linadi. Irodasi sustlikning namoyon bo‘lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodaning ijobiy fazilatlari juda xilma-xil va ko‘pdir. Qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o‘zini o‘zi tuta bilish va h.k. Irodaning mustaqilligi murabbiyning fikrini, uning maslahatlarini hisobga olishda ushbu fikrlar va maslahatlarga nisbatan ma’lum tanqidiylikni nazarda tutadi. Qat’iylik kabi mustaqillik asosan, irodaviy harakatni nazorat qilishning ichki to‘xtab qolishini aniqlaydi. Irodaning mustaqilligi o‘jarlikka, tanbeh berishga qarama-qarshi bo‘ladi. Irodaviy sifatni baholash kuchli va kuchsiz o‘lchov bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo‘lmasa ham, muhim ahamiyatga ega. Sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalash usullari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o‘z ichiga oladi: Irodaviy sifatlarni tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, sportchi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa sportchining irodasi izdan chiqaveradi. Har doim uzoqqa mo‘ljallangan maqsadni o‘z oldiga qo‘yishga odatlanish kerak. Qilayotgan ishini tugatib yana nima bilan shug‘ullanish rejasiga ega bo‘lish kerak. Irodaviy tayyorlash – sportchini psixologik tayyorlash mazmuniga kiradi va sport trenirovkasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Iroda sportchining shunday harakatidirki, bu harakat oldindan biror maqsad qo‘yib va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo‘r berish demakdir. Iroda maqsadga erishishdan qiyinchiliklarni, turli to‘siqlarni sportchidan ko‘pmi-ozmi talab etuvchi jismoniy va ruhiy ko‘chish harakatlarini еngishida namoyon bo‘ladi. Hozirgi paytda sportchilarning g‘alaba uchun kurashishlarida iroda omillari katta ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali sportchilarda jismoniy texnik, taktik, tayyorgarliklar yuqori darajali bo‘ladi. Irodaviy tayyorgarlik mazmunida sportchi shaxsiy irodasining ayrim tomoni sifatida: maqsadga intilish, intizomlilik, ishonch, tashabbuskorlik, mardlik mustaqillik, qat’iyatlilik, matonat, dadillik, o‘zini tuta bilish, chidamlilik kiradi. Yuqorida aytilgan irodaviy sifatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Irodaviy harakat sportchilarda tayyorgarlik jarayonida maqsadga erishishlariga qaratilgan har xil to‘siq va qiyinchiliklarni bartaraf qilishni talab qiladigan harakatdir. Download 51.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling