Mavzu: musobaqa davrlarida sportchilarni ruhiy tayyorgarligini oshirish
Download 51.88 Kb.
|
MUSOBAQA DAVRLARIDA SPORTCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH
Sport faoliyatidagi bir-biridan farq qiluvchi ikkita asosiy qiyinchiliklari
Sport faoliyatidagi bir-biridan farq qiluvchi ikkita asosiy qiyinchiliklar mavjud: 1. Ob’ektiv; 2. Sub’ektiv qiyinchiliklar. Ob’ektiv qiyinchiliklar: ma’lum sport turi uchun spesifik to‘siqlarni еngishni shart qilib qo‘yadi va bu sportchi ayni sport turini egallay olmaydi. Bu to‘siqlar hamma sportchilar uchun bir xildir. Sub’ektiv qiyinchiliklarga asosan sportchidagi ma’lum sport turining xususiyatiga trenirovka shartiga, sport musobaqasiga bo‘ladigan sportchining shaxsiy munosabatlari kiradi. Qiyinchiliklarni bartaraf qilish metodikasi, irodaviy sifatlarni tarbiyalashdan iborat bo‘ladi: ishontirish, ibrat ko‘rsatish metodi orqali. Har xil sharoitda trenerovka va musobaqalar o‘tkazish, musobaqa kurashlarida tajribalar to‘plash, o‘z -o‘ziga buyruq berish orqali irodaviy sifatlari shakllanadi. Sportchida irodaviy g‘oyaviy sifatlarning yaqqol ko‘rinadigan sharoit- sport musobaqasidir. Chunki musobaqada sportchining barcha qobiliyati va sifatlari namoyon bo‘ladi. Bu esa sportchini irodaviy g‘oyaviy jihatdan tarbiyalash uchun butun bir real imkondir. Shu asosida trener hamda sportchi shaxsidan o‘zi irodasidagi еtishmovchiliklarni tuzatish chorlarini belgilay oladi. Sportchi irodaviy еtukligi qator musobaqalarda yutuqlari va ko‘pchilik tasdig‘i bilan xarakterlanadi. Ma’lumki sportchi sport jarayonida o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yadi. Bu maqsad va vazifalar irodaviy sifatlarni tarbiyalashning sharoitidir. Lekin shuni ham aytish kerakki, bu maqsad va vazifalar qanchalik ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lsa, bularni sportchi qanchali aniqroq anglagan bo‘lsa shunchalik yaxshi natija keltira oladi. Masalan: oldingi tajribangizdagi misollardan ma’lumki, ko‘pincha sportchilar musobaqa jarayonida qattiq jarohatlansada kurashni davom ettirib rekordlar keltirgan. Bu ulardagi iroda va ijtimoiy g‘oyaviylikni qanchalik yuksakligidan dalolatdir. Lekin sport maydonida aksincha holatlar ham uchrab turishi mumkin. Masalan: ba’zi sportchilar o‘z sportchi shaxsiy ustunligini nazarda tutib musobaqada ishtirok etadilar. Bu esa ko‘pincha individualizm, maqtanchoqlik, o‘z sportchi shaxsini oshiqcha ko‘tarib yuborish kabi salbiy sifatlarni shakllanishiga olib keladi. Demak sport jarayonida ijobiy sifatlar bilan birgalikda salbiy sifatlar ham namoyon bo‘lib turadi. Salbiy sifatlarning paydo bo‘lib turishining asosiy sababi sportchini birinchidan jismoniy, texnikaviy va taktikaviy еtuk emasligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning irodaviy va g‘oyaviy tomondan еtarli tayyorlanmaganligidadir. Shu sababali trener sporchining bu ikki muhim tomoniga alohida e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Musobaqalarda sportchilarning imkoniyatlarini aniqlash va belgilab olishda ularni irodaviy sifatlarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ham psixodiagnostikaning eng zaruriy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Sportchining start oldidagi psixik holatiga asoslangan holda musobaqadan oldingi prognozlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Musobaqalardan oldingi diagnostika birinchi navbatda boshqaruv vositalarini yoki startoldi emotsional, irodaviy holatlarini o‘z-o‘zini tartibga solish vositalarini zamonaviy tarzda qo‘llay bilish uchun zarurdir. Psixodiagnostika maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun u albatta sport murabbiyiga va sportchiga bag‘ishlangan ayrim sport turlari bo‘yicha yoki musobaqalar jarayonida qo‘llanish uchun tavsiya etilgan psixologik- pedagogik tavsiyalarga muvofiq kelishi kerak. Hozirgi zamon jahon sporti uchun xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida sportchini natijalarga erishishida mashg‘ulot va musobaqalardagi qiyinchiliklarga bardosh berish bilan birga irodalarini mustahkamlash, qiyinchiliklardan chiqa olish, o‘zini qo‘lga olish va xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni shakllantirish lozim. Sportchining irodaviy hususiyatlari kerakli darajada rivojlanmagan bo‘lsa, hatto jismoniy va texnik jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan sportchining imkoniyatlari baland bo‘lganda ham musobaqada g‘alabaga erisha olmasligi mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sportchining irodaviy jihatdan psixologik tayyorgarligi xuddi uning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi kabi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Sportchining irodaviy psixologik tayyorgarligi, sportdagi ta’lim tarbiya jarayonining muayyan bir qismidir. U muayyan sport turidan kelib chiqqan holda sportchi shaxsining psixik funksiyalarini hamda xususiyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan. Sportdagi irodaviylik ulardagi jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik jarayonida sportchining harakat faolligining barcha ko‘rinishlari ularni ongli ravishda boshqarish asosida rivojlantirilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi. Bu esa psixologik tayyorgarlik jarayonida, aynan mana shu boshqaruv mexanizmlari rivojlanadi, ya’ni sportchining ongli harakat tizimini belgilab beradi. Download 51.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling