Mavzu: Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish. Mustaqil ta’limga mavzularni tanlashning o’ziga hosligi. Maktabgcha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi


 Maktabgacha ta’lim fanlaridan kurs ishi (loyihasi)ni


Download 350.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.11.2023
Hajmi350.92 Kb.
#1776880
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 maruza mavzu (1)

2. Maktabgacha ta’lim fanlaridan kurs ishi (loyihasi)ni 
tayyorlash metodikasi 
 
Kurs ishi mavzulari o‘quv rejaga asoslangan holda fan mazmuniga muvofiq 
ravishda ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Mavzular ilmiy, 
dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Kurs ishining sifati mavzuning to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Ya’ni talaba 
u yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga bo‘lgan hohishi 
bilan mavzu tanlashi hamda ushbu muammoni tadqiq etish jarayonida ilmiy
rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin. Biroq ayni vaqtda ilmiy rahbar albatta 
tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va amaliy materiallarni tanlash 
imkoniyatini ham hisobga olishi zarur. 
Kurs ishi-talabaning tanlagan sohasiga mos keluvchi egallagan bilim 
darajasi haqida ma’lumot beruvchi, mustaqil bajariladigan va yozma shaklda ifoda 
etiladigan ijodiy, ilmiy tadqiqot ishidir. Ushbu ish izlanuvchi-tadqiqotchidan (ya’ni, 
talabadan) tadqiqot predmetini chuqur va ijodiy o‘rganish, tanlangan mavzuning 
dolzarbligini asoslash, ko‘rilayotgan muammo holatini tahlil qilish hamda shaxsiy 
xulosa va umumlashmalarni talab etadi. 
Kurs ishini bajarish talabalar uchun eng muhim bo‘lgan mustaqil ishlardan 
biri hisoblanadi. Uni tayyorlashda muvofiq keluvchi huquqiy intizomni o‘rganish 
zarur komponentlardan biridir. Kurs ishini yozmasdan yoki himoya etmasdan turib 
talaba imtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham o‘tkazilmaydi. 
Kurs ishi, odatda, 2-,3- va 4- kurslarda bajariladi. Kurs ishlarining bu kabi bajarilishi 
ilmiy-tadqiqotchilik malakalari, shuningdek, maxsus pedagogika va psixologiya 
sohasida muayyan psixologik-pedagogik muammoni hal qilish malakalarining uzviy 
shakllantirilishini ta’minlash lozim. 
Kurs ishi o‘quv fanini o‘rganishnig yakunlovchi bosqichida bajariladi, uni 
bajarish davomida olingan bilim va malakalardan foydalaniladi. Fan bo‘yicha kurs 
ishi quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 
maxsus fanlar bo‘yicha olingan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni 
tizimlashtirish va mustahkamlash; 
berilgan mavzu doirasida nazariy bilimlarni chuqurlashtirish; ilmiy-
metodik adabiyotlar, ma’lumotnoma, me’yoriy vahuquqiy hujjatlardan tadqiqot
o‘tkazish maqsadida foydalanish malakalarini takomillashtirish; 
nazariy bilimlardan amaliy masalalarni hal qilishda foydalanish 
malakalarini shakllantirish; 
ijodiy tashabbuskorlik, mustaqillik, mas’uliyat va uyushqoqlikni 
rivojlantirish; 


bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik. 
Kurs ishlari mavzulari professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi va 
kafedrada muhokama qilinib, tasdiqlanadi. Kurs ishlari mavzulari o‘quv fanlari 
ishchi dasturlarida tavsiya etilganlarga muvofiq kelishi lozim. 
Kurs ishini yozishdan maqsad talabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir 
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir. 
Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi: 
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni 
aniqlash; 
2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish; 
3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil 
etish; 
4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar 
tasdig‘idan o‘tkazish; 
5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish dara- jasi, 
ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib 
beriladi; 
6) reja masalalari ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng 
qisqa xulosa beriladi
7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda 
belgilangan tartibda xavola (snoska) keltiriladi; 
8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi; 
9) agar ilova qilinadigan illyustrasiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan 
so‘ngberiladi; 
10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda 
yozilgan xolatda); 
11) kurs 
ishining 
adabiyotlar 
ro‘yxati belgilangan
tartibda rasmiylashtirilishi shart; 
12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy 
rahbar titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi; 
13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya 
o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi; 
14) kurs 
ishi 
yozilayotgan o‘quv fanidan 
YaN olinguniga
qadar topshirilishi kerak. 
Kurs ishi yozishda talaba asosan qiyosiy tahlil qilish yo‘llarini, muammolar 
ustida ishlashda bir nechta adabiyotlardan foydalanish va yakuniy xulosalar 
chiqarishni o‘rganishda yordam beradi. 
Talabalarga kurs ishi berishdan asosiy maqsad quyidagilardir: 


- muammoli mavzu yechimini topishda adabiyotlar va statistik ma’lumotlar 
ustida ishlashni o‘rgatadi; 
- muammolar ustida har xil tadqiqotlar olib borishni va ularni tahlilqilishni; 
- muammolar yechimini topishda ilmiy xulosalar va natijalarni chiqarishda 
katta yordam beradi. 

Download 350.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling