3. Kitob va maqolalarga annotasiya yozish.
4. Doklad, referat va nazorat ishi.
Mutaxassislar tayyorlash
tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv- tarbiya
jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqilishlari muhim o‘rin
egallaydi.
Mustaqil ta’limning turlari.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd
qilinadi:
namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar;
rekonstruktiv-variativ;
evristik (qisman, ijodiy);
ijodiy tadqiqot.
Namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar tipik vazifalarni,
turli mashqlarni
namuna asosida yechishdir. Ular materialni o‘zlashtirishga omil bo‘ladi, lekin
talabalarning ijodiy faolligini o‘stirmaydi.
Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat
bilimlarning amaliy
tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni, masala, muammoni
yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Evristik mustaqil ishlar ma’ruza, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar,
seminarlarda qo‘yilgan
ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bog‘liqdir.
Tadqiqiy mustaqil ishlar tadqiqot muammosini ko‘ra olish mala-kasini, uni mustaqil
ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini ishlab
chiqish, uni hal qilishni mo‘ljallaydi.
Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning
yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo‘ladi. Talaba o‘z
faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo‘lgan holda masalaning hal qilinish
yo‘llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo‘ish, jihozlar,
maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi.
Mustaqil ishni tashkil qilishning ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega.
Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha
taqsimlash,uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh
umuman
dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan,
ayniqsa
semestr yakuniga yaqin semestr davomida qoldirgan, bajarmagan ishlarni tezda
bajarishga harakat qilishi ijobiy natija berishi qiyin.
Bu talabaning mehnati
samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning kun
tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bogliq.
Masalan: doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanish har haftada
ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi.