Mavzu: Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish. Mustaqil ta’limga mavzularni tanlashning o’ziga hosligi. Maktabgcha ta’limda metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanidan kurs ishi
Mustaqil ishlar va mavzular tanlash
Download 350.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1 maruza mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
2. Mustaqil ishlar va mavzular tanlash
Mustaqil ish - ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, bunda talabalar 1 Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” Т.1997 й . o‘z oldilariga u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yib, faoliyatni rejalashtiradi va uni amalga oshiradi. Mustaqil ish–o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mustaqil ta’limga kuyidagicha ta’rif berildi: mustaqil ta’lim-o‘quv materialini mustaqil uzlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil baja rish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish talabaning o‘qitish vositalari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil ish-o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir. Professor-o‘qituvchining roli talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovasion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil ishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Talabaning roli fanga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning optimal yo‘lini izlab topishga qobiliyatli ijodkor shaxs bo‘lishda aks etadi. Mustaqil ish quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etishga imkon berishi lozim: 1) talabalarda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga doir motivasiyani hosil qilish; 2) ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish; 3) talabalarda umumiy va kasbiy layoqatlarni rivojlantirishga imkon berish; 4) ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z- o‘zini rivojlantirishga qobiyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish. Download 350.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling