Mavzu: Mustaqilik deklaratsiyasi Reja; Mustaqilik dekloratsiyasi haqida Mustaqilik deklaratsiyasning qabun qilinshi


O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega


Download 18.08 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi18.08 Kb.
#1635007
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix 2

O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.
11-modda.O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy valyutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
12-modda.O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda.O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.
14-modda.O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valyuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarini, ayirboshlanadigan valyutani sotadi va sotib oladi.
15-modda.O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqarida ham O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.
16-modda.O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.

Download 18.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling