Mavzu: Mustaqillik me`mori. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, Islom Karimov. Mavzuning qisqacha ta`rifi
Download 1.97 Mb.
|
Xotira darsi. Absatova Guzal (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod
- Tayanch kompetensiya elementlari : Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- Tashkiliy qism
- Asosiy qism
- Shahriyor Yigirma olti yil uchun Beray shu kichik jonim Yigirma olti yosh muborak Ey, O’zbekistonim. X.Madina
Mavzu:Mustaqillik me`mori. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, Islom Karimov. Mavzuning qisqacha ta`rifi :mustaqillik haqida ma’lumot beriladi, mustaqillikka asos solgan Birinchi prezidentimiz Islom Karimov hayoti haqida o‘rganadilar. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: suhbat, tushuntirish, ko’rsatish Shakl: jamoa, guruhda ishlash Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar. Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi. Maqsadlar: O'quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish. Mustaqillik me’morchisi I.A.Karimov haqida ma’lumotlar berish va milliy g'urur tuyg'ularini uyg'otish. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo,telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Tashkiliy qism: O'quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. Ma'naviyat daqiqasi Vatan ona, Vatan chamandir, Vatan quyosh, Vatan osmondir. Vatan she'rdir, Vatan xayoldir, Vatan tuproq, Vatan iymondir. Asosiy qism: O’quvchilar: R.Ozoda Balqdi adolatning quyoshi Yetib xalqim sabr bardoshi Yo’lga boshlab dono yurtboshim Porlar istiqbolim quyoshi Aziz Yigirma olti yil tarixda Kichik bir sana Yigirma olti yil avval Qildi yurtim tantana Dilafruz Yigirma olti yil ichra Bo’ldi ko’p o’zgarishlar Asrlarga arzigulik Buyuk bir ishlar Shahriyor Yigirma olti yil uchun Beray shu kichik jonim Yigirma olti yosh muborak Ey, O’zbekistonim. X.Madina Ming to’qqiz yuz to’son birinchi Yil birinchi sentabr tongi Mustaqillik abadiy umr o’tkinchi Yangradi elimda istiqlol bongi Samandar Mustaqil yurt uzra hilpirar bayroq Ranglari havo rang yashil va oppoq Qizil ranglari bu tomirdagi qon Gullayver, yashnayver, jon O’zbekiston. Diyora Bordir gerbi,tamg’asi har bir davlatning Gerbingda aks etgan ko’rku savlating Daryo, yerlar paxtazoru , bug’doyzor Mangu yashna erki mustaqil diyor Shohjahon. Konstitutsiya davlatimda bosh qonun Adolatga haqiqatga bosh mezon Huquq burching unda aks etgan ayon Bu muqaddas Vatanda azizdir inson O’qituvchi: -Bugun yoshlarimiz tinch va osoyishta osmon ostida, ota-onasi bag‘rida emin-erkin ulg‘aymoqda. Ular istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, uning qadriga yetish zarurligini, bu yorug‘ va saodatli kunlarimiz, baxtiyor hayotimiz xalqimizning fidoyi insonlari chekkan mashaqqatlar evaziga kelganini bilishi kerak. – Mustaqillikning dastlabki yillarida Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyil qisqa davrda hayotda o‘zini oqlab, dunyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etildi. Ko‘plab davlatlar bu tamoyillardan namuna olishga, uni o‘z siyosatiga targ‘ib etishga intildi. Ta’lim tizimidagi islohotlar, qishloq joylarda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi mamlakatimiz erishgan muvaffaqiyatlarning muhim omillari hisoblanadi.Albatta mustaqilligimiz asoschisi O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Abdug’aniyevichdir.Mohinur: Mana president bobomiz o’gir ahvolda yotganlarida ham biz bolajonlarga o’zining sovg’asini hadya etib ketdilar. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling