Mavzu: Mustaqillik me`mori. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, Islom Karimov. Mavzuning qisqacha ta`rifi


Download 1.97 Mb.
bet3/5
Sana04.12.2020
Hajmi1.97 Mb.
#158558
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xotira darsi. Absatova Guzal (2)


O’qituvchi:Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. 
Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. 
Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan. Millati - o`zbek. Oliy ma'lumotli, O`rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo`jaligi institutlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo`lib ishladi.

1966 yilda O`zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o`tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling