Mavzu: Mustaqillik sharofatida xalq og'zaki ijodining davlat maqomiga erishuvi
Download 69.47 Kb.
|
MT3
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Mavzu: Mustaqillik sharofatida xalq og'zaki ijodining davlat maqomiga erishuviMilliy istiqlol xalq og‘zaki ijodi namunalarini barcha hududlar bo‘yicha izchil to‘plash va bir tizimga solish borasidagi ishlarni jadallashtirib yubordi. Sobiq sho‘rolar mafkurasining tazyiqi tufayli yozib olinishi mushkul bo‘lgan ayrim janrlar, jumladan, marosim folklorining ko‘plab namunalari to‘plandi.O‘zbekistonning qadimiy folklor va an’anaviy ijrochiligi saqlanib qolgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ekspeditsiyalar uyushtirildi.Nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini keng ko‘lamda to‘plash va xatlovga olish maqsadida 2012 yil 9-18 aprel kunlari Farg‘ona vodiysida o‘tgan ekspeditsiya davomida o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining “o‘lan”, “lapar”, “yor-yor”, “alla”, “kelin salom”, “kelin o‘tirsin”, “terma-qo‘shiq”, “ashula”,“bayt-g‘azal”, “yig‘i-yo‘qlov qo‘shiqlari”, “rivoyat”, “afsona”, “topishmoq”, “maqol”, “duo-olqish”, “yo ramazon”, “aytishuv”, “kinna aytimlari”, “zikr aytimlari”, “askiya”, “qiziqchilik (kulgi-hikoya)”, “latifa”, tabiat hodisalari bilan bog‘liq xalq qarashlari, mifologik tasavvurlar, xalq kalendariga oid materiallar, ob-havo o‘zgarishlariga oid ta’birlar to‘plandi.Xalqimizning qadimiy dehqonchilik madaniyati bilan aloqador marosimlar zamirida shakllanib, o‘zida serhosillik g‘oyasi hamda tabiatning ko‘klamgi uyg‘onishini tarannum etuvchi “Arg‘uvon guli” nomli an’anaviy bahoriy udum va “Sumbula sayli” folklori yozib olindi.Istiqlol sharofati tufayli xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini to‘plash, sistemalashtirish, ommaviy va akademik nashrlarini amalga oshirish hamda keng ko‘lamli fundamental tadqiqotlar yaratish borasida yirik ishlarni amalga oshirib kelayotgan O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Folklor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosni o‘zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob’ektlaridan biri maqomi berildi.Folklor arxivi mamlakatimizning yetakchi ilmiy fondlaridan biri bo‘lib, unda saqlanayotgan materiallar o‘zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning yaratilishi uchun manba bo‘ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin xalq og‘zaki ijodi namunalarini nashr etish ishlari ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o‘sdi.Har bir xalqning milliy o‘zligi, avvalo, uning urf-odatlari va marosimlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mustaqillik yillarida marosim folklorining janrlar tarkibi, genezisi va badiiy xususiyatlari, ayniqsa, ilgari kam o‘rganilgan janrlarni tadqiq etish tamoyili kuchaydi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!Download 69.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling