Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar Reja Kirish Asosiy qism


Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari


Download 108.28 Kb.
bet5/6
Sana12.03.2023
Hajmi108.28 Kb.
#1263644
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar

4.Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari. Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar haqida gapirar ekanmiz, yuz bergan institutsional o’zgarishlar haqida ham qisqacha to’xtash o’rinlidir. 1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo’nalishlarida salmoqli institutsional o’zgarishlar sodir bo’ldi. Xususan turarjoylar, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi, matlubot jamiyati obyektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi. O’rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni faol boshlab yuborildi. 1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bilan band bo’lgan jismoniy shaxslarni ham hisobga olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam ko’rsatish vazifasini o’z zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joylarda uning hududiy bo’limlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning noyob, o’ziga xos tizimi ish olib bormoqda. Unga davlatning o’zi rahnamo-lik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan deyarli barcha mablag’lardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl-lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda. Mamlakat tovar-xomashyo birjasi o’z faoliyatini ancha kengaytirdi, undagi bitimlar hajmi 1995-yilda 7,7 mlrd. so’mga yetdi. 1995-yilda 8481 obyektni 859,8 mln. so’mga sotgan Respublika ko’chmas mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi. To’plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent 29.11.2022, 23:41 Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuqlari. https://mbaza.uz/anywork/mustaqillik-yillarida-amalga-oshirilgan-iqtisodiy-islohotlarni-yutuq-va-natijalari/ 2/5 aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlataksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Qishloq xo’jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo’lgan xo’jalik tuzilmasi — «O`zqishloqxo’jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash» «O`zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi. Bir so’z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O’zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar o’ziga xos tarzda amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berildi. Bu o’rinda Prezident I. Karimov jahon amaliyotini chuqur o’rgandi, tadbirkorning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’ringa egaligi, aniqrog’i u «zamonasining yangi qahramoni» ekanligini chuqur his qildi. Shu bois Prezident 1994-yil 21-yanvarda «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berdi. Mamlakatda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi yaratildi. U Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror-larini o’z ichiga oluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Xalqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT, YuNIF) tomonidan qayd qilinishicha, korxonalar va tadbirkorlar faoliyatini xususiylash-tirishdan keyingi qo’llab-quvvatlashning O’zbekistonda amal qila-yotgan tizimi, MDH mamlakatlari orasida o’xshashi yo’q ekanligini xalqaro ijtimoiy tashkilotlar mutaxassislari ham tan ola boshladilar. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo’llabquvvatlashning samarali yo’llarini qidirib topa bosh-ladi. 29.11.2022, 23:41 Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuqlari. https://mbaza.uz/anywork/mustaqillik-yillarida-amalga-oshirilgan-iqtisodiy-islohotlarni-yutuq-va-natijalari/ 3/5 Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat Dasturidan tashqari O’zbekistonda xalq xo’jaligining barcha tarmoq-larida, shu jumladan, qishloq xo’jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi. 1994-yili Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi. I. Karimov 1995-yil 4-iyulda bo’lib o’tgan idoralararo Kengash-da tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xususida qonun qabul qilish kerakligini uqtirdi. Shunday Qonun Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi. Ushbu Qonun kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab berdi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi huquqlarini ro’yobga chiqarishga qaratildi. Qishloqda haqiqiy mulkdorlarning shakllanishida fermer va dehqon xo’jaliklarining yana ham rivojlantirilishi alohida ahamiyatga egadir. Respublikada fermer xo’jaliklarining umumiy soni 1992- yildagi 6 mingdan 1998-yilda 23 minggacha oshdi, ushbu xo’jaliklardagi qoramollar soni 42 ming boshdan 168 ming boshga-cha oshdi. Fermer va dehqon xo’jaliklariga ajratilgan qishloq xo’jalik yerlari maydoni oshmoqda. Agar 1995-yilda fermer xo’jaliklari 308 ming gektar yerga ega bo’lsa, 1998-yilda ularga 447 ming gektar yer tegishli bo’lgan, dehqon xo’jaliklari maydoni esa shu davrning ichi-da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan. Bu boradagi islohotlar izchil amalga oshirilishi tufayli hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2006-yilda bu ko’rsatkich 29.11.2022, 23:41 Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuqlari. 4/5 85 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish bo’yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili 75 foizdan iborat bo’ldi. Birgina 2006-yilning o’zida 666 ta shirkat xo’jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo’jaligi tuzildi, ularning yarmidan ko’pi mevasabzavotchilikka ixtisoslashganini ta’kidlash lozim. Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xususiylashtirish jarayoniga katta e’tibor berilganini birgina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko’rish mumkin.

Xulosa
Mustaqillik-bu inson uchun oliy nе'mat. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalq o’z ozodligi, erkiga, o’z taqdirini, o’z hayotini o’zi barpo etish imkoniga ega bo’laoladi. Mustaqillik har qanday xalq, elat va millatning tabiiy, qonuniy ehtiyoji, oliy maqsadidir. Xalq uchun mustaqillikdan ko’ra ortiqroq oliy baxt, quvonch yo’q va bo’lgan ham emas. Mustaqillik har bir inson, har bir millatning hеch narsa bilan chеklanmagan erkinligidir.Mustaqil so’zining luqaviy ma'nosiga e'tibor bеrsak, bu so’z arabcha so’z bo’lib, “qaram emas, erkin” dеgan ma'noni bеradi. Mustaqillik hеch bir joyda oson, ravon, tеp-tеkis qo’lga kiritlgan emas. qaysi davlatda mustaqillik amalga oshar ekan, u o’sha xalqning qoni va muqaddas joni evaziga, qayrat shijoati, matonati, sabru bardoshi orhali amalga oshgan. O’zbеkistonda hamshunday bo’ldi. O’sha taqlikali 90-yillar tarix saqifalariga o’ziga xos voqеalar bilan bitildi. Taqlikali dеyishimizga sabab, birinchidan, Krеmlning qo’lida qo’qirchoqqa aylanib qolgan, mustaqil fikrga ega bo’lmagan, o’z millatimizdan chiqqan munofiqlar butun O’zbеkistonni xonavayron qilishdi. Milliat sha'niga, uning asrlar davomida to’plagan obro’-e'tiboriga, milliy qadriyatlariga doqtushirishdi. Butun o’zbеk xalqini poraxo’r, laganbardor, o’qri va muttahamqilib ko’rsatishdi. Natijada yuzlab tajribali yеtuk rahbarlar qasddan yo’q qilindi. “Paxta ishi” baqonasi bilan makazdan yuborilgan dеsantchilar Ivanov va Gdlyan boshchiligida navbatdagi qataqonlikni boshlab yuborishdi.Ikkinchidan esa o’zlarini millatparvar va vatanparvar qilib ko’rsatayotgan soxta dеmokratlar O’zbеkistonda hampaydo bo’lgan, shundayin hamеtishmovchiliklar tufayli qiynalib qolgan xalqni orasida porakandalikni avj oldirish uchun turli millat va elatlar o’rtasida o’zaroAyrim aqidaparast kimsalar esa islom dinini qimoya qilish niqobi ostida qo’poruvchilik ishlari bilan shuqullanishdi. Xalqbilan qukumat o’rtasiga nifoqsolishga urinishdi. Mana shu sabablar tufayli istiqlolning dastlabki yillari mamlakatda bir qator tartibsizliklar bo’lib o’tdi: 1989 yil Buka va Parkеntda, 1990 yil. O’sh va O’zganda, 1991 yil 8-dеkabr Namanganda, 1991 yil oktyabrb-Oliy Kеngashning XII-sеssiyasida prеzidеntga qukum, 1992 yil Toshkеntda-Talabalar shaharchasida, 1992 yil 16 fеvralida Toshkеntdagi qo’poruvchilik harakatlari ana shular jumlasidandir. Ammo, qanimlar qanchalar harakat qilmasin, o’zbеk xalqi o’zining sabr-toqat fе'lligi, muloqazakorligi tufayli buzqunchi kuchlarning manfur maqsadlari orqasidan ergashmadi.



Download 108.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling