Mavzu: Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi


Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi


Download 27.86 Kb.
bet6/7
Sana06.11.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1752767
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va -fayllar.org

3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.


  • 3. Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.

  • Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish haqi¬da gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta'kidlash lozim.

  • Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi. Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi.

  • Ana shu ko'rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga bosh¬qa bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.

  • O'ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo'ya harakatlar xalqning dilini qattiq og'ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan LA. Karimov kishilarning ma'naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinla-shuvi va o'zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an'analari va bayramlarini tiklashga katta e'tibor berdi.

Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezi¬dent Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi.


  • Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezi¬dent Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi.

  • Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan.

  • Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o'tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam joy ola boshladi.

  • Navro'zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma'lum. Ushbu shodiyona - Navro'z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to'xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro'z go'zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida qadrlangan. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro'z rizq-ro'zimiz bo'lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir.

  • Prezident I. Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida eslatilganidek, nutq va ma'ruzalari bilan odam-larning nozik tuyg'ulariga ta'sir etdi, ularni uzoq yillik karaxtlik va g'aflatdan uyg'otdi, flkrlashga, o'z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida qayg'urishga da'vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma'naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o'ziga xos zamin yaratdi.

Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling