Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy urf-odatlar


Download 90.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2023
Hajmi90.48 Kb.
#1307089
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda



Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy urf-odatlar
qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi
. 
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy 
qadriyatlarimizning bayram sifatida nishonlanishi, Navro‘z umumxalq 
bayrami xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin olganligi,har yili 
vatandoshlarimiz haj va umra safarlarini ado etayotganligi, mustaqillik 
yillarida masjid va madrasalar, qadamjolar ta'mirlandi. 
Tarixdan ma'lumki, X asrning ikkinchi yarmi va XI asr boshlarida 
Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat ko‘rsatgan mashhur Ma'mun 
akademiyasi ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta'sir etgan ilm maskanlaridan 
hisoblangan. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn Iroq singari ilm peshvolari ham 
dastlab shu fan maskanida ulg‘ayib, kamolot bosqichiga ko‘tarilganlar. 
Shuningdek, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksalib, hozirgi 
zamon fanining ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam poydevor 
yaratildi. Xususan matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, 
geodeziya, jo‘g‘rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom 
ma'noda shu davrda qo‘yildi.Shu o‘rinda jahon fani va sivilizasiyasiga 
hissa qo‘shgan Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850), Ahmad 
al-Marvoziy (780-880),Ahmad al-Farg‘oniy (797-865),Abu Nasr Forobiy 
(873-950), Abu Bakr Muhammad Narshahiy (899-959), Abu Abdulloh 
Xorazmiy (vafoti 997y), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Bakr 
al-Xorazmiy (935-993),Abu Ali ibn Sino (980-1037), Ismoil Jurjoniy 
(1042-1136), 
Mahmud 
az-Zamahshariy 
(1075-1149), 
Burhoniddin 
Marg‘inoniy (1123-1197), Mahmud Chag‘miniy (XII-XIII asr boshlari) 
kabi buyuk allomalarimizlarni alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Bu ulug‘ zotlar 
nafaqat ma'lum bir sohaga doir fundamental bilimlar balki, inson kamoloti, 
ma'naviyati, komillik sari intilib yashash eng ezgu fazilatlardan ekanligi 
kabi g‘oyalari bugungi kunda ham ma'naviy yetuk insonni shakllantirishda, 
ma'naviyatni yuksaltirishda juda ahamiyatlidir.Tadqiqotchi-olimlarning 
fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV 
asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy, 
ma'naviy 
yuksalishning 
manbai 
hisoblanib, 
jahonning 
boshqa 
mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan Sharq 
uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi 


tomonidan haqli ravishda tan olingan. 
O‘rta asr Sharq allomalarining qoldirgan boy ma'naviy merosining 
ahamiyati nafaqat mamlakatimizda balki, jahon ilm-fanining rivoji uchun 
ham asos bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir va allomalarimiz qoldirgan merosining 
ahamiyati faqatgina ilm, fan sohasida emas balki, ma'naviyat, tarbiya 
borasidagi konseptual qarashlari o‘zbek xalqining asrlar davomida 
avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan merosi, bebaho xazinasidir. 
Shuningdek, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzolarning nomi 
qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bekning 
esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda 
beqiyos ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi. 
Milliy-ma'naviy tiklanishimiz borasidagi amalga oshirilgan muhim nazariy 
va amaliy ahamiyatgi ega bo‘lgan ishlar qatoriga yana quyidagilarni 
qo‘shish lozim bo‘ladi: 
a) milliy-ma'naviy tiklanishimizning ilmiy nazariy konsepsiyasini ishlab 
chiqilganligi va istiqbolda ma'naviy taraqqiyotimizning XXI asrdagi 
vazifalarini belgilab berilganligi; 
b) milliy-ma'naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan 
Demokratik jamiyatga o‘tish sharoitidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy 
asoslab 
berilganligi 
va 
uning 
faqat 
milliy, 
ijtimoiy-ma'naviy 
tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur 
taraqqiyotida yangi yo‘nalish boshlab berganligini ham ta'kidlash lozim 
bo‘ladi.Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat 
unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish 
bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz maxluqotga xos, ma'naviyatga intilish 
esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat 
odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir. 
Yuqorida aytganimizdek, ma'naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, 
uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.Ma'naviyat ko‘proq inson 
qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma'noda 
ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir 
jonzotda yo‘q.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yoshlarga avvalo 
O‘zbekistonda erkin demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyat barpo 
etilayotgan mavjud sharoitda mustaqil va erkin fikrlay oladigan, barkamol, 
yetuk ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega yoshlarni shakllantirishga alohida 
e'tibor va g‘amxo‘rlikko‘rsatib kelinayotganligi, komil insonni 


shakllantirish masalasi barcha davrlarda ham muhim ijtimoiy vazifa 
sifatida kun tartibiga qo‘yilganligi, xususan, zardushtiylik dinida 
komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat) dan iborat 
ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra yetuklikning bosh 
mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lish kabi g‘oyalar asosida ma'naviy 
dunyoqarashini 
shakllantirish 
zarur 
hisoblanadi.Xullas, 
bugungi 
globallashuv davrida sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganish, 
tadqiq etish barkamol, ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli, bilimli 
yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishda, ularni yot ta'sirlardan 
asrab-avaylashda ulkan ahamiyatga egadir. Buyuk mutafakkirlarimizning 
jahon ilm, fan va taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasini teran anglash, 
olim va mutaxassislarning hamkorligini, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod, 
talaba va yoshlarning o‘zaro ilmiy – ijodiy aloqalarini kengaytirish dolzarb 
va muhim ahamiyatga egadir.Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha 
bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida 
qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari 
qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va 
sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti 
qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab 
masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz 
qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq 
mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, 
jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 
Jamiyat 
ma’naviyatini 
tiklash 
va 
yuksaltirishni 
ta’minlovchi 
ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.Moddiy 
islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish 
mumkin.Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, 
ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni 
baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris 
bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda. 
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga 
oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk 
hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin 
Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, 
Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab 
ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud 


topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, asarlari nashr etildi. 
Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat 
qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy 
yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir 
Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini 
nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar O’zbekistonda, dunyoning 50 dan 
ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron 
yubileyi 
jahon 
miqyosida 
nishonlandi. 
Parijda 
Amir 
Temurga 
bag’ishlangan madaniyat haftaligi, “Temuriylar davrida fan, madaniyat va 
maorifning gullab yashnashi” mavzuida xalqaro konferensiya va 
ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal 
qo’yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan 
bog’liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.1999 yil vatanparvar siymo, xalq 
qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi 
yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va 
Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat 
ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga 
xizmat qilmoqda.Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla 
Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining 
nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. 
Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda 
mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 
“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” 
muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari 
xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo 
etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani 
tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda.Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta 
tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z 
qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni 
bo’lib qoldi.Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta 
bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish 
imkoniyatlariga ega bo’ldilar.

Download 90.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling