O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti. Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo„jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O„zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo„lib, korxonalari mustaqil xo„jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob- uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko„pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to„xtab qoldi. Shu boisdan
O„zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko„rildi.
O„zbekistonda makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo„nalishi, deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |