Mavzu: Mustaqillikdan so’ng bolalar musiqa san’atining rivojlanishi


Download 30.23 Kb.
bet3/6
Sana20.11.2023
Hajmi30.23 Kb.
#1788015
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mus.sung mus mad 2 Vahid

Ibrohim Hamroyev (1916.25.12, Buxoro — 1999.17.1, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasi (A.F. Kozlovskiy sinfi; 1945)ni tugatgan. 1939-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog (1977-yildan dotsent). Toshkent musiqa bilim yurti direktori (1950-57). Operalar ("Oyjamol", 1969; "ChoʻL chaq-mogʻi", 1973), musiqatkdrama va komediyalar ("Shoir-nitxg orzusi", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Bir gʻuncha ochilguncha"), vokal-simfonik asarlar ("Oʻzbekiston xotin-qizlari" kantatasi va boshqalar), orkestr joʻrligida chang uchun, fortepi-ano joʻrligida rubob uchun konsertlar, qoʻshiqlar ("Tinglang meni, say-yoralar", "Oʻzbekistonim mening" va boshqalar), shuningdek, bolalar uchun musi-qali spektakllar, xorlar muallifi. Musiqa oʻquv yurtlari uchun darslik va metodik qoʻllanmalar yozgan (2 qismli "Solfejio", T., 1971, 1978 va boshqalar). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1959, 1970).


Iste'dodli kompozitor Muhammadjon Abdusharipovich Otajonov san'atkorlar oilasida 1959 yil 16 sentyabrda Urganch shahrida tug'ildi. Uning otasi kompozitor Abdusharip Otajonov va onasi Bekajon Rahimova o'g'illari Muhammadjonni bolaligidan musiqaga bo'lgan qobiliyatini sezib, uning tarbiyasiga katta e'tibor berdilar. U boshlang'ich musiqa savodini otasidan o'rgandi. Otaniyozov nomidagi musiqa (hozirgi “san'at”) maktabida fortepiano bo'yicha o'qidi. Yettinchi sinfni bitirgach, 1973 yili M. Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida fortepiano mutaxassisligidan ta'lim ola boshladi. Uchinchi kursda o'qib yurgan paytida Respublika musiqa o'quv yurtlariaro pianinochilar tanlovida qatnashib, 3-darajali diplomga sazovor bo'ldi. 1976-1977 o'quv yilida M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining tayyorlov bo'limida bir yil o'qidi va 1977-1982 yillarda fortepiano fakultetining asosiy bosqichida N.B.Gienkoda saboq oldi. Yosh sozanda konservatoriyada o'qib yurgan paytlarda musiqa bastalashga ham qiziqdi. Shu sababli u 1982 yil konservatoriyaning kompozitorlik fakultetining ikkinchi kursiga qabul qilindi. Harbiy xizmatdan qaytgach, uzilib qolgan o'qishini davom ettirdi. 1989 yil Muhammadjon konservatoriyani ikkinchi marotaba bitirdi. 1989 yildan buyon A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining o'zbek xalq cholg'ulari orkestri dirijyorligi kafedrasida konsertmeyster, o'qtiuvchi va O’zbekiston radiosi Yoshlar kanalida musiqa muharriri lavozimlarida ishlab kelmoqda. M.Otajonov 1985 va 1987 yillarda o'tkazilgan yosh-kompozitorlar ko'rik-tanlovida ikkinchi darajali mukofotga sazovor bo'ldi. 1989 yilda esa diplom ishi sifatida fortepiano va simfonik orkestr uchun uch qismli konsertini o'z ijrosida taqdim etgan.M.Otajonov turli janrlarda milliy asosda musiqiy asarlar yaratib, Musiqa jamoatchiligini xushnud qilib kelmoqda. Chang va xalq cholg'ulari orkestr uchun ikkinchi konsert, xalq cholg'ulari orkestri uchun uch qismli syuita, fortepiano duet, fortepiano va simfonik orkestr uchun uchinchi konsert shular jumlasidandir. Kompozitorning ijodidagi asosiy yetakchi obrazlar musiqa tilining xalqchil intonatsiyalari bilan boyitganligi tufayli bu asarlar zamonaviy ruh bilan tinglovchi qalbini turli holatlarga soladi, to'lqinlantiradi va go'zallik olamiga chorlaydi. M.Otajonov o'zbek xalqining sevimli musiqali drama va komediya janrlarida ham ijod qilib kelmoqda. U quyidagi sahna asarlariga musiqa bastaladi: 1991 musiqali drama “Har kimki vafo qilsa...” (H.Muhammad pyesasi), 1992 yil tragikomediya “Chirog'ini kim yoqadi” (Yu.Chijik pyesasi, Yugoslaviya), 1994 yil musiqali drama “Dilbar yuraklar” (S.Soliyev va X.Rasul pyesalari), 1999 yil musiqali drama “Ogahiy” (K. Avaz pyesasi). Bu asarlar Ogahiy nomidagi Urganch musiqali drama va komediya teatrida sahna yuzini ko'rgan. Kompozitorning cholg'u asboblar uchun yozgan asarlari bilan bu sahna asarlari musiqasi o'rtasida uzviy bog'lanish bor. Jonajon Vatanimiz mustaqillika erishgandan buyon M.Otajonovning ijodiy yo'nalishida ham burilish ro'y berdi. U turli mavzularda bir talay jozibali qo'shiqlar yaratib, xonandalar repertuarini boyitib kelmoqda. Bular orasida “Shirin xotira” va “Sog'indim” (S.Rustam so'zlari), “Yashnagan o'lkamga boq” (O.Odilxonov so'zi), “O'ynasin” (N.Narzullayev), “To'y bo'lsin” (xalq so'zi), “Qalam qosh (Z.Obidov so'zi), “Qarashlaring” (O.Erkin so'zi), “Mazali” va “Yulduzim”, “ Shunday qo'shiq kuylasam”, “Asrolmadim” (M.Otajonov so'zlari), “Meni tushun” (A.Ko'chimov so'zi), “Qizgina” (P.Mo'min so'zi), “Bahorim keldi” (Shamsiya so'zi), “Intilib yashayman (T.Niyozov so'zi), “Setor” (B.Mashrab g'azali), “Jaloliddin”, “Urganchim” (O.Matchon so'zlari) bor. M.Otajonov bolalar uchun o'nlab xor qo'shiqlarini yaratdi. Shu jumladan “Assalom”, “Beozor musicha”, “Chumchuq”, “Onajon” va boshqalar. Buxoro shahrida o'tkazilgan Respublika bolalar xor jamoalarining ko'rik-tanlovida, O'zbekiston xalq artisti Sh. Yormatov rahbarligida 5000 bolalar qo'shma xori ijrosida “O'zbekistonim” (Qambar ota so'zi) va “Navro'zjon” (Z.Mo'minov so'zi) M.Otajonovning qo'shiqlari ikkinchi darajali sovringa sazovor bo'ldi. 1998 yil M.Otajonov “Gunoh” nomli telefilmga musiqa bastaladi.

Download 30.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling