Mavzu: Mustaqillikdan so’ng bolalar musiqa san’atining rivojlanishi
Download 30.23 Kb.
|
Mus.sung mus mad 2 Vahid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab o‘quvchilariga kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalish mahorati o‘rgatiladi
XI. Yakunlovchi qoidalar
77. Bolalar musiqa va san’at maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Ularning xalqaro hamkorligi shartnomalar asosida xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin. 78. Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi. 79. Bolalar musiqa va san’at maktabida uning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 80. Bolalar musiqa va san’at maktabini qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilikka muvofiq o‘quv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi. (80-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Tugatilgan bolalar musiqa va san’at maktabining muassisi o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘tkazish mas’uliyatini oladi. 81. Bolalar musiqa va san’at maktabi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonunchilikka hamda bolalar musiqa va san’at maktabi ustaviga muvofiq foydalaniladi. (81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Maktab o‘quvchilariga kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalish mahorati o‘rgatiladi Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun 205 mlrd so‘m ajratiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat sharhi «O‘zbekiston 24»da efirga uzatildi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilariga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. Musiqa fani o‘qituvchilarining milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi. Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg‘u» shiori ostida «cholg‘u ijrochiligi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi. Maktablarni notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2022−2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd so‘m ajratiladi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun milliy musiqa cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar tashkil etish uchun 2022 yilning o‘zida 92 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholg‘u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O‘zbekistonga olib kirilishiga 2025-yil 25-yanvargacha etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shartligini aytib o‘tgan edi. Ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish; bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash; farzandiga o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; farzandining ta’lim olishiga ko‘maklashish va uzrli sabablarsiz o‘quv mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishini ta’minlash; o‘qish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish; Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling