Mavzu: Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari Reja


Download 289.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.01.2023
Hajmi289.51 Kb.
#1134749
1   2   3   4
Bog'liq
sohada qollanilish 7mavzu

Nutqning tо‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni 
tо‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik 
va grammatik meyorlari talablariga mos keladigan nutq tо‘g‘ri nutqdir. Nutqning 
talaffuz madaniyati til materiallarini tо‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. 
Bunga sо‘z va iboralarning tо‘g‘ri diksiyasi, sо‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va 
pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda 
mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: Semiz papkali 
kishi keldi, Onasiz bola о‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap 
bо‘lagiga 
tushishiga 
kо‘ra 
turli 
ma’nolarni 
anglatishi 
mumkin. 
Madaniy nutqda sо‘zlarning tо‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. 
Ayrim sо‘zlarni eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi bir-
biriga yaqin sо‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida x tovushi 
о‘rnida h ni (shoh-shox), u tovushi о‘rnida о‘ (ulkan-о‘lkan) ni, ruscha 
о‘zlashmalardagi о‘ tovushi о‘rnida o (kollej) ni talaffuz qilish g‘ayri meyoriydir. 
Intonatsiya tufayli sо‘zlarning ma’no ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Odatda, 
intonatsiya nutq sо‘zlanib turgan vaziyatda yuzaga keladi va u nutqiy talabga kо‘ra 
har xil kо‘rinishda bо‘ladi. Masalan: keling sо‘zi ohangiga kо‘ra samimiyat, 
norozilik, masxaralash kabi qator ma’nolarni ifodalashi mumkin. Bahor sо‘zi gap 
intonatsiyasi 
bilan 
aytilmasa 
sо‘zligicha 
turaveradi, 
ammo 
tegishli 
intonatsion modelga muvofiq aytilsa darak, sо‘roq undov gaplarga aylanadi. Tо‘g‘ri 


nutq tuzish uchun fikrni har tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z 
variantlarini topa bilish, ularni о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy 
ma’nosini tushunmaslik uni xato qо‘llashga olib keladi. Masalan: G‘ofir 
Solihboyning qiroli edi
Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini 
olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy 
nozikliklarini tо‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik 
vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri 
shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash 
muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi 
tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib 
qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda, 
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap 
askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi? Unda fakultetlarning 
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. - 
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari 
qatnashdi. 
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika” 
kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq 
bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu 
aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq 
kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har 
tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy 
noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi: 
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga 
tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning 
tortmasi bо‘lmaydi). 
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rning о‘limi asarini о‘qidi. 
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab 
chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy 
bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan 
almashtirish kerak). 
4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi 
natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami 
keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi. 
5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini 
kashf 
etdi. 


6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar bilan 
sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam sinonimlari 
bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa pishiq va 
chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi 
2. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida. 
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida 
2.Nutqda biror sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik. 
3.Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida. 
Aniqlik sifati badiiy nutqda о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘ladi, chunki badiiy 
asar badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda bо‘lganligi 
uchun sо‘z ma’nosidagi siljishlar, kо‘chishlar kо‘p kuzatiladi. Sо‘z va u ifodalagan 
predmet о‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda kо‘pincha ochiq va tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Badiiy nutq о‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy maqsadiga 
erishish uchun sо‘zning turlicha qо‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil 
ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda sо‘zlar о‘z va 
hatto kо‘chma ma’nolaridan tashqari о‘ziga xos yangidan-yangi ma’no qirralarini 
kashf etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin: 
Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener 
esa burungi kular yuzini ham nо‘qtalab oldi. Bu gapdagi g‘ururining kaltaklanishi 
va kular yuzini nо‘qtalamoq birikmalaridagi ajratilgan sо‘zlar kasb etgan ma’no 
nozikliklari bilan matnga aniqlik, ta’sirchanlik baxsh etgan (g‘ururni azobli darajada 
poymol qilish, keskin va tamoman tо‘xtatmoq). Demak, nutqning aniqligi sо‘zning 
tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qо‘llanishi, sо‘zning voqelikdagi о‘zi 
ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan 
kommunikativ sifatdir. 
Hurmatli byuro a’zolari! Men Bashirjon akani uzoq yillardan beri bilaman. U 
kishi juda g‘alati, о‘ziga xos odam. Adabiyotchilar tili bilan aytsak, о‘ziga xos bir 
tip. Bashirjon о‘tirgan yerida qimirlab qо‘ydi. U tip sо‘zini tif deb tushunib: 
Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!-deb qichqirmoqchi ham bо‘ldi. 
(N.Aminov. Yelvizak) 
Kompost- 
kompot 
paronimiyasidagi 
kompost 
gо‘ngdan 
achitib 
tayyorlanadigan о‘g‘itni, kompot esa mevalarni qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni 
ifodalovchi sо‘zlar bо‘lib, quyidagi parchada ular asosida juda chiroyli kulgu 
chiqarilgan: Marhamat,-dedim-da, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya о‘qishga 
tushib ketdim, -о‘rtoqlar, kompost juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan 
tayyorlashadi. Mevalarning xili qancha kо‘p bо‘lsa, u shuncha shirin bо‘ladi. 
Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni о‘rik, shaftoli qoqi va olchaning 
qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz... 


Gapimni 
tugatmasimdan 
о‘tirgan 
odamlar 
sharaqlab 
kulib 
yuborishdi.(X.Tо‘xtaboyev, 
Sariq 
devni 
minib). 
Gippokrat kasal kо‘rayotganda, undan: “Siz kim tomondasiz? Men tomondami yoki 
kasal tomondami?”-deb sо‘rarkan. Shunda kasal:”Albatta, siz tomondaman-da” 
desa, Gippokrat unga qarab: “Men tomon bо‘lsangiz, biz ikkovlon kasalni yengamiz. 
Agar kasal tomonda bо‘lsangiz, men yakkalanib qolaman-da”, der ekan. 
Demak, aniq nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, 
tildagi sо‘z ma’nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan 
qarash hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va 
almashtirib bо‘lmaydigan aniq sо‘zni topish mumkin. 
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, 

Download 289.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling