To‘rtinchi vazifa
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati usullarini shakllantirish.
Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi bolalarga maktabda kompensator metodik usullarni mashg‘ulotning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.
Tiflopedagogik va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bog‘liq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlarni bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda eng avvalo faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlarni shakllantiradi.
Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek shakllantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi.
Savol va topshiriqlar
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga qo‘yiladigan hozirgi kun tartibi haqida so‘zlab bering.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalarini izohlang.
Korreksion pedagogik ish xususida to‘xtaling.
Maktabgacha ta’lim muassasa defektologlarni faoliyatini xususida nimalarni bilasiz?
Mashg‘ulot – o‘quv jarayonining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu o‘quv jarayonining shunday birligiki, unda ta’limning tuzilishi tamoyil va metodlari mujassamlashgan. Mashg‘ulot masalasi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish maqsadi bilan belgilanadi.
Mashg‘ulotning ta’limiy vazifalari:
Ta’lim muassasasi dasturi bo‘yicha bolalarni nazariy bilim va amaliy ishlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi.
Bolalarda shaxs sifatlarini tarbiyalash, qiziqishlarini rivojlantirishni, layoqat, mustaqillik va ijodni namoyish qilishni ko‘rib chiqishni o‘z oldiga qo‘yadi. KNB bolalar ta’limida bitta emas, balki bir nechta didaktik masalani hal qiluvchi mashg‘ulot bir muncha samaralidir.
Ushbu mashg‘ulot strukturasi:
1. Mashg‘ulotni tashkil etish;
2. Uy vazifasini tekshirish va bolalarni yangi materialni o‘zlashtirishga o‘rgatish;
3. Avval o‘zlashtirganlarni takrorlash;
4. Yangi bilimlarni bayon etish;
5. Yangi mavzuni mustahkamlash;
6. Mashg‘ulotning yakuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |