Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


Vazifalar. Qanday bilim va ko‘nikmalar egallanadi? Bu bilimlardan qanday foydalanish mumkin. Metodlar


Download 321.13 Kb.
bet15/31
Sana02.06.2024
Hajmi321.13 Kb.
#1833836
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Mavzu “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolala

Vazifalar.
Qanday bilim va ko‘nikmalar egallanadi?
Bu bilimlardan qanday foydalanish mumkin.
Metodlar.
Qaysi metodlar asosida ishni tashkil etishni aniqlang?
Baho.
O‘zlashtirish qanday baholanadi?
Vaqt taqsimlash:
Turli xil ko‘rinishdagi faoliyatlar o‘rtasidagi vaqt qanday taqsimlanadi?
Guruhlarga ajratish:
Bolalar qay tarzda guruhlarga taqsimlanadilar?
Mashg‘ulot jarayoni.
Tashkilish bosqichi:
Bolalarni mashg‘ulot maqsadlariga o‘z munosabatini bildirishga dastlabki bilimlaridan foydalanishga qanday o‘rgatiladi?
Asosiy bosqichi.
Bolalar tarzda matn mazmunini yoki yangi mashg‘ulotning mazmunini singdirib oldilar.
Matnni ( mavzuni) anglash qanday nazorat qilinadi?
Mustahkamlash bosqichi.
Bolalar olgan bilimlarini qanday qo‘llashdi?
Yangi bilimlarni qanday qabul qilishdi?
Javobsiz qolgan savollarga javob izlash, masalani yechishga qanday o‘rgatiladi?
Xulosalash:
Mashg‘ulot ohirida qanday xulosalarga kelindi?
Mashg‘ulot tugaganidan so‘ng:
Mashg‘ulotning kelajak maqsadlari qanday bo‘lishi mumkin? Muammo yechimi har tomonlama to‘liq yechimini topish kerakmi?
5-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limida maxsus korreksion mashg‘ulotlarni mohiyati
Korreksion — pedagogik ish deganda ko‘rishda nuksoni bo‘lgan bolalarning bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va xarakat kobiliyatlari kamchiliklarini tugatish, kompensasiya jarayonlari rivojiga karatilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ma’lumki, kurish kobiliyati buzilganda bolalar rivojlanishida kator ikkilamchi buzilishlar yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (idrok, tasavvur, ko‘rgazmali obrazli tafakkur) sustlashadi, jismoniy rivojlanish va xarakat funksiyalari rivojida o‘zgarishlar ro‘y beradi (tezlik, aniklik, kordinasiya, xarakat surati, xarakat aktlari o‘lchamligi va b. buziladi), ijtimoiy tajriba egallash cheklanadi.
Ko‘r va ko‘zi ojizlar orasida anomal rivojlanishning murakkab shaklllari mavjud bo‘lgan turli bolalar guruxlari uchraydi: nutkida nuksonli bolalar, xarakat soxasi, eshitish, idrok etish pasaygan bolalar va boshka. Bular ta’lim va tarbiya jarayonida korreksiyaning individual vositalari ko‘llanishini talab kiladi.
Korreksion — pedagogik ish koidalarini asoslashda, zamonaviy tiflopedagogika mutaxassislari maxsus yo‘naltirilgan o‘kuv tarbiya ish ta’sirida o‘zgarish, korreksiya, kompensator kayta kurilishlarga uchraidigan bolalardagi birlamchi va ikkilamchi buzilishlar, ko‘rishda nuksoni bo‘lgan (KNB) bolalar ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishi konuniyatli nisbati xakidagi konsepsiyadan kelib chikadilar. Bunda ko‘rishda chukur nuksoni bo‘lgan bolalar rnvojlanishidagi umumiy konuniyat va spetsifik xususiyatlarni xisobga olgan differensasiyalangan yondoshuv muxim axamiyat kasb etadi.
Ko‘r va ko‘zi ojizlarda kompensator jarayonlar va rivojlanishdagi ikkilamchi buzilishlar korrekpiyasi xakida gap borar ekan, ta’kidlash joizki, dastavval buzilgan funksiyalar korreksiyasi va kompensasiyasi tiklovchi davolashning yangi soxasi sifatida, ijtimoiy tibbiyotning mustakil soxasi sifatida tushunilgan. Keyinchalik oydinlashib koldiki, kompensasiyalovchi mexanizmlarni shakllantirish jaroxatlangan organni faollashtirish yoki bosha organ bo‘lgan ommalashtirishdan ko‘ra ko‘prok ko‘r va kuzi ojiz shaxsini ijtimoiy shartlangan faoliyat yo‘nalishida maksadli shakllantirish bilan boglik.
KNB ta’lim va tarbiyasi nazariyasi va amaliyot kengayishi tadkikotlarini buzilgan funksiyalarini kompensasiyalash, korreksiyalash va tiklash xakidagi klassik tasavvurlarni kayta ko‘rib chikishga undadi. Kompensasiya xakidagi klassik tasavvurlarda nukson yuzaga kelganda organizm kayta ko‘rinishining avtomatik xarakteri takidlanar edi. Isbot tarikasida xayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar keltirilar edi. Kompensasiya tabiatiga yangi psixologik — pedagogik nuktai nazar yuzaga kelishi kompensator tuzilmalar avtomatligi va insonnning ruxiy faoliyatiga biologizatorlik yondoshuvlarini mexanik ko‘chirish tamoyillaridan voz kechishga olib keldi.
Insonda kompensator kayta kurishlar nafakat biologik vikariat, balki ijtimoii moslashuvda xam yuzaga keladiki, u ongli va maksadli ta’limni takozo etadi. Ilgari psixolog va pedagoglar asosan KNB lar ruxiyatiningfenomenologik ko‘rinishlari va ba’zan ularning vokelikka stixiyali moslashuvining ajabtovur misollarini kayd etilgan bo‘lsa, keyinchalik ularni xayot va ijtimoii foydali faoliyat talablariga muvofik xarakatlarning yangi adekvat usullariga faol o‘rgatish bo‘yicha tadkikotlar kilindi.
Buzilgan funksiyalarni kompensasiyalash va korreksiyalash, anomal bola rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi rolini o‘rganish masalalari bo‘yicha dastlabki nazariy soidalar L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, M.i.Zemsova, Y.A.Kuligin, AL Litvak, V.I.Lubovskiy, I.K.Marchulis, L.I.Sognuevalar tomonidan ishlangan.
Ma’lumki, KNB bolalar rivojlanishi biologik va ijtimoii omillar birligi bilan shartlangan. Shu sabab ular rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’siri va ularning o‘zaro munosabatini anik tasavvur etish lozim. Ko‘rish patologiyasi mavjud bolalar rivojlanishi funksiyalar buzilishining klinik shakllari, xarakteri va ogirligi, eshitish, xarakat va ko‘rish analizatorlari saklanganligi, ruxiy faoliyat oliy shakllari va umuman shaxsning rivojlanishi darajasi, kaysi yoshda ko‘rish kobiliyati yo‘kotilgan, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari boglik.
Ta’lim va tarbiya bilan boglik bo‘lgan bola rivojlanishidagi ijtimoiy omillar rolini ta’kidlaymiz. Bola o‘z xayotini ilk kunlaridanok uni o‘rab turgan ijtimoii muxit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muxit bola rivojida muxim shart va manba sanaladi. KNB bolalarda murakkab psixik jarayonlar rivojlanishi korreksion yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga boglik bo‘lib u kompensasiya jarayonlari rivoji bilish faoliyati kamchiliklarini tugatish, KNB bolalar shaxsi tiklanishidagi potensial imkoniyatlarni izlashni ko‘zda tutadi.
Korreksion ish mazmuni va didaktik usullar differensasiyalash, bola yoshiga moslash, o‘kuv materialini idrok etish va makonda oriyentasiyalanish xususiyatlari asosiga kuriladi.
Bolalik yoshida kompensasiya imkoniyatlarini baxolashda nafakat
shakilanib bo‘lgan kompensasiya mexanizmlari, balki shakllanishi va tiklanish boskichida turgan mexanizmlar, L.S.Vigotskiy tabiriga "bola rivojlanishining eng yakin zonasi" xam xisobga olinadi. Bu zonani xisobga olish kompensasiya jarayonlarini boshkarish, KNB larda buzilgan va yetarligi rivojlanmagan funksiyalarni korreksiyalash va tiklashda muxim axamiyat kasb etadi.
Kompensasiya jarayonlari asta-sekinlik bilan rivojlanadi va funksiyalar sistemali kurilishi aloxida tarkibi va o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadigan rivojlanishning ma’lum boskichlariga ega. Kator mualliflar tadkikotlarida bola antogenetik rivojlanishining turli boskichlarida kompensasiya jarayonlari shakllanishining turli senzetiv davrlari xam mavjud. Bu ta’lim va tarbiyani bola rivojlanishining turli yoki boskichlarida tashkil etish uchun muxim axamiyat kasb etadi.
Bolalarni xar tomonlama klinik va psixologik pedagogik o‘rganish, ularning bilim va amaliy shakllari taxlili ko‘rsatadiki, ta’lim va tarbiya jarayonida mazmun, metodlar va differensasiyalangan yondoshuv bilan boglik xolda rivojlanishdagi nuksonlar kompensasiyalanadi va korreksiyalanadi deb xisoblashga asos bor.
Ulcham va proporsiyalarni o‘rganishga namuna va so‘z tasvirlashda modellash va konstruksiyalash, o‘lchash amaliyoti, mikro va makromakon sharoitlarida oriyentirlanish malakasi rivojlanish muxim rol o‘ynaydi.
Bilim va makollarni egallash bolalar lug‘at boyligini oshirish va ularning spetsifik xarakter dagi so‘zlarnpng konkret ma’nsoini tushunishini nazarda tutadi, nutq bilish, o‘zl,1shtirish, faoliyat bilan bog‘liq ijtimoiy tajribani yetkazish vositasi sanaladi. So‘z o‘zida real voqelikning obektlari va xossalarini pfodalash, umumlashtirish, ajratish funksiyalarini birlashtiradi. Bilim va malakalar shakillanshi davrida faoliyatning turli kurinishlarini z\ allashda nutqning roli ayniqsa katta. Nutq-hislar, idrok, tasavvur va boshqa bilim jarayonlari bilan doimiy birgalikda rivojlanadi va boyidi.
«Faqat tanish predmetlar va tanish xossa yoki munosabatlar bilan fikrlash mumkin: demak, fikrlash uchun oldindan predmetlarni bir-biridan farqlash, ularni tanish vakeyin predmetlar xossalari va o‘zaro munosabatlarni farqlash malakasi berilagn bo‘lishi kerak, bu esa dastlab xissiyot tomonidan beriladi», - deb yozadi I.M.Sechenov, hissiy bilim cheklanganda KNB larda so‘z ifodalari formalizmi, nuts verbalizmi, ya’ni so‘zlarning katta zahirasi na predmetlar obrazlari yetarli bo‘lmagan zahirasi va predmetlar obrazlari yetarli bo‘lmagan zahirasi o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga keladi.
Ko‘rlar nutqida eng ko‘p verbalizmi makon xossalari va predmetlar munosabatlarini ifodalovchi so‘z ifodadalari kuzatiladi. Predmetlar shakli, o‘lchami, olisligi, harakatini belgilovchi so‘z ifodalar ularda bu tushunchalar mazmunini anglashdan oldin paydo bo‘ladi. Shy sabab ular ko‘radigan bolalardan ko‘proq So‘zlarni predmetli vaziyatlarda qo‘llashga qiynaladilar. Bu predmetlar makon belgilarini o‘rganish, turli xil tasvirlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi, garchi bu hollarda zarur so‘zalr ular lug‘at boyligida mavjud va boshqa nutqiy vaziyatlarda ko‘llansa ham.
KNBlar predmetlar beliglarini ifodalovchi logik kategoriyalarini yetarlicha anglamaydilar va ularni konkret mazmun bilan qiyoslashga qiynaladilar. Ular predmet shakli, material kattalikni ifodalovchi sifatlarni tasniflashda sog‘lom bolalrdan ko‘proq xato qiladilar. Tushunchalar mazmunini to‘la anglolmaslik bilimlar formaligina olib keladi. Bola so‘zni to‘g‘ri ko‘llaganida xam bu hali u haqda to‘la tasavvurga ega degani emas.
Ilmiy ma’lumotlar nutqning bolalar bilish faoliyatiga o‘zgartiruvchi ta’siri haqida dalolat beradi. To‘g‘ri shakillangan nutq bolalarning xassiy tajribasini tashkil etadi. Bilimning birinchi manbai idrok, lekin uni tiklash uchun rag‘batchi rolini so‘z bajaradi.
Zamonaviy tiflopedagogika KNBlar uchun xarakterli bo‘lgan nutq verbalizmi va so‘z ifodalar formalizmi korreksiya ishi asosida sezilarli miqdorda tuzatilishi mumkin degan xulosaga kelagn. Bunga xissiy va amaliy tajribani kengaytirish, shakillangan tasavvur va ularga moye so‘z ifodalarini tobora kengkommunikativ aloqa va munosabatlar tuzumiga kiritish bilan :->rishish mumkin. So‘z ma’nolarini tushunishini aniqlashtirish va chukurlashtirish ham muhim ahamiyatga ega.

Download 321.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling