Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


Download 321.13 Kb.
bet18/31
Sana02.06.2024
Hajmi321.13 Kb.
#1833836
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
Mavzu “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolala

Tarbiya turlari
Tarbiya usullari – tarbiyachi-tarbiyachilarning bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy hulq-atvor ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish yo‘llaridir.
Usullar tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uning bir turi ikkinchisi bilan qo‘shilib ketadi. Har bir usulni alohida, yakka holda qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan: tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan ishlashda, ular uchun yangi bo‘lgan o‘quv mehnatini o‘rgatish ishini bolalarning hulq-atvor qoidalarini, maktabda va uyda kun tartibi aniq bo‘lishi muhimligini, qunt bilan, zo‘r berib mehnat qilish zarurligini o‘qtirishda tushuntirish yo‘lini qo‘llaydi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy ahloqni tarkib toptirish va bolalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish usullari: o‘rgatish, ibrat-namuna, ishontirish, o‘yin-musobaqalar.
Ibrat usuli.
Namuna usuli.
Bolalar tarbiyasida ibrat namunaning ahamiyati kattadir.
Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchilikka asoslanadi. Taqalarning xulq-atvorini, yurish-turushini ongli yoki ixtiyorsiz odatda bolalar o‘zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengko‘rarlari) xulq-atvorini va xatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar.
Ishontirish usuli.
Bu bo‘limga ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda ilmiy dunyoqarash va ishonch-e’tiqodni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi.
Tushuntirish va o‘qtirish.
tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma’naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to‘g‘risida axborot berish asosida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o‘z fuqarolik burchlariga ongli munosabatini shakllantirishga qaratishdan iboratdir.
O‘qtirish.
O‘qtirish biror ahloqiy fazilatni ko‘rishda nuqsoni bor bolalar ongiga singdirish va ular tomonidan o‘qib olishni ta’minlashga asoslanadi. Shuning uchun tarbiyachilar va tarbiyachilar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni, bolalarni tarbiyalaganda va ularga ahloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko‘rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim.
, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar shaxs sifatida kamol topadi. Ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar tarbiyasi:
* estetik tarbiya;
* jismoniy tarbiya;
* mehnat tarbiyasi;
* ma’naviy-ahloqiy tarbiya kiradi.

Download 321.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling