Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


Maqsad, vazifa va sababni anglash: muayyan bilimlarni egallash: shaxsda maxsus qobiliyat, qo‘nikma va sifatlarni shakllantirish: ularni maxsus tatbiq eta olish


Download 321.13 Kb.
bet17/31
Sana02.06.2024
Hajmi321.13 Kb.
#1833836
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
Mavzu “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolala

Maqsad, vazifa va sababni anglash: muayyan bilimlarni egallash: shaxsda maxsus qobiliyat, qo‘nikma va sifatlarni shakllantirish: ularni maxsus tatbiq eta olish.
Milliy dasturga tayanuvchi vatanimiz pedagogikasida bolalarni tarbiyalash birinchi holda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Shaxsning erkin rivojlanishi: gumanizm shaxsning mutloq qadriyatligini tan olish: demokratiya bolalar va tinglovchilar, muallimlar va bolalarning o‘zaro munosabatda tengligi: fuqaroviylik ijtimoiy sohada o‘z o‘rnini va qadr qimmatini anglash xalq pedagogikasi an’analari, sharqning ulug‘ mutafakkirlari g‘oyalari asosida olib borish. Milliy umumbashariy va boshqa meyorlar hamda qadriyatlar ustuvorligi.
Biz bolalarni tarbiyalash tizimini tashkiliy mazmuni asoslarini o‘zgartirish va takomillashtirishga imkon beruvchi quyidagi ustivor talablarni ajratib ko‘rsatamiz: psixologik, pedagogik; nazariy pedagogik; huquqiy pedagogik.
Bolalarning tarbiyalashni metodologik talablariga quyidagilar kiradi; shaxsni shakllantirish, rivojlantirish va tarbiyalashga doir talablari hamda qoidalari; tarbiyaning zamonaviy mafkura; tarbiyani jamiyatimizga xos g‘oyaviy tamoyillar, ko‘rsatmalar, yuksak ahloq, ijobiy manfaat va extiyojlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi vatanparvar fuqaroni shakllantirishga yo‘naltirirish; tarbiyalanuvchilarni fuqarolarni, ahloqiy, kasbiy, hayotiy jixatdan o‘zini-o‘zi anglashga yo‘naltirish zaruriyati; mustaqil O‘zbekiston Respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarni muvofiq hayotiy tarbiyalashga extiyojini hisobga olish.
Bolalarni tarbiyalashning psixologik, pedagogik talablari quyidagilarni hisobga olishni nazarda tutadi.
Shaxs rivojlanishi qonuniyatlari;
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari;
bolalarning individual o‘ziga xosliklari;
tarbiyalanuvchilarning shaxsiga e’tiborini kuchaytirish;
- shaxsni oliy ijtimoiy qadriyat darajasida rivojlanayotgan inson sifatida tan olish;
- tarbiyaning maxsus ijtimoiy yo‘naltirilganligi;
- hayot voqealigi bilan aloqalar mamlakat ijtimoiy sohasi va iqtisodiyotiga, kasbning ijtimoiy ahamiyati;
- shaxsni, uning tarbiyasini ijtimoiylashtirish;
- ijtimoiy tajriba o‘tkazish;
- muayyan ijtimoiy muxitda, jamityada hayotning voqealikning yangi tomonlarini fe’l- atvorning yangi, yanada takomillashgan shakllari bilan egallash;
- ijtimoiy faollik tajribasi, ijtimoiy sifatlarni xosil qilishda uni faollashtirish;
- shaxsning maqsadli sifatlarini shakllantirishni rag‘batlantiradigan ko‘pqirrali, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatini uyushtirish;
- ta’lim oluvchining ijtimoiy ahamiyatli fe’l-atvorini rag‘batlantirish;
- ijtimoiy yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, ishlar, topshiriqlar, amallar, tadbirlar vositasida ijtimoiy tarbiyalash;
- ijtimoiy tarbiyada tarbiyalanuvchilar va tarbiyasilar hamkorligi;
- ijtimoiy tarbiyaviy jarayonda shaxslararo munosabatlari, o‘zaro tarbiyalanuvchilar.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi maqsad va vazifalari pedagogikaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Tarbiyani umumiy vazifasi maxsus vazifa bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan, birlamchi, ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf etish bilan birga olib boriladi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasida ko‘rinadigan salbiy holatlar quyidagilar:
- yumshoq tarbiyaga muxtoj sifatlari;
- o‘yin, o‘qish, mehnat faoliyati cheklanganligi;
- begonalar bilan muloqotga kirishdagi qiyinchiliklar;
- o‘z o‘ziga xizmat qila olmasligi (yoki ulardagi kamchiliklar);
- madaniy, ma’naviy bilimlarning sayozligi (yo‘qligi) kabi lardir;

  • ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalarni yosh va yakka xususiyatlarni hisobga olib yuqorida zikr qilingan kamchiliklarni bartaraf etishdir.


Download 321.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling