Amaliy mashg‘ulot 1.
Mavzu: Ko’rishida nuqson bo’lgan bolalar ta'limiga yakka va differentsial yondoshish
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tinglovchilarni ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’limiga yakka va farqlangan yondashish mazmuni haqida bilimlarni umumlashtirish
O’quv faoliyatining natijalari:
1. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar
maktab internat ta’limiga yakka va farqlangan yondashish mazmuni haqida bilimlari umumlashadi.
2. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim mazmuni xususida amaliy bilimlari mustahkamlanadi.
Asosiy adabiyotlar
1.Yermakov V.P., Yakunin G.A. Osnovi tiflopedagogiki. M.: Vlados. 2000 y.
Qo`shimcha adabiyotlar
1. R. Mavlonova, O.To’rayeva “Pedagogika” T.: “O’qituvchi” 2008 yil
Guruhda ishlash qoidalari
Tinglovchilar ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktab internatining boshlang’ich sinflarida amaliy vazifalarni bajarish jarayonida quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur:
Uyali telefonlardan foydalanmaslik;
Sinf o’quvchilar kasalliklari haqida baland ovozda tahlil qilmaslik;
Darsni kuzatishda o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatiga e’tibor qaratish;
Amaliy topshiriqni faol bajarish;
Amaliy ish natijalarini daftarda yozma ravishda bayon etish.
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
1.Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’limi tarkibiy qismlarini izohlang?
2.Sinf dars tizimining asoschisi haqida qanday fikrga egasiz?
3.Dars talablarini yoriting.
4.Dars turlari va uning bosqichlarini aytib bering.
5.Darsning samaradorlik omillari haqida nimalarni bilasiz?
10.Ta’limni tashkil etishning boshqa shakllariga ta’rif bering.
Ko’rishida nuqson bo’lgan bolalar ta'limiga differentsial yondoshish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |