Mavzu: mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning imlosi imlosimlosi I imlosi mlosi


Download 204.46 Kb.
bet3/3
Sana24.01.2023
Hajmi204.46 Kb.
#1116521
1   2   3
Bog'liq
Pdf(5-mavzu)

Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi. Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari, boshqa sohalarda bo‘lganidek, iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi, iqtisodiyotni o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda hayotimizning asosini tashkil etgan tom ma‘nodagi iqtisodiyot ro‘yobga chiqdi. Bunday ekstralisoniy omillar iqtisodiyotning o‘ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.


Iqtisodiyot terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari:
1. Iqtisodiyot terminologiyasining XX asrning boshlarigacha bo‗lgan davri. savdogar, sarmoya, davlat, baho, qiymat, manfaat, foyda.
2. Iqtisodiyot terminologiyasining XX asrning 20-90-yillardagi taraqqiyoti.
Veksel, blanka, reyskurant, kredit, tovar.
3. Iqtisodiyot terminologiyasining istiqloldan keyingi davrdagi taraqqiyoti.
Makler, marketing, menejment, bankomat.

O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning ilmiy yoki badiiy asarlarida ko‘plab asli o‘zbekcha (ko‘pi umumturkiy) iqtisodiy terminlar ishlatilgan.


Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo‗llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‗z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha-savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‗; bay‘ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda-daromad; boj- xiroj; dastmoya-farmoya-naqd-pul-naqdina;narx-baho; nafaqa- maosh-xarajatva boshqalar

Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi.Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta‘siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kyengayishiga ham ta‘sir ko‘rsatdi. 1950-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Bu davr iqtisod fani bilimdonlarining iqtisod fanini tartibga solish borasidagi ishlarini kuchaytirish, o‘zbek tili so‘z yasash vositalarining faollashuvi, yangi-yangi terminlar yasalishi va iste‘molga kirib kelishi bilan Xarakterlanadi. Albatta, bu rivojlanish jarayonining o‘ziga xos sabablari bor.


Download 204.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling