Mavzu: mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning imlosi imlosimlosi I imlosi mlosi
Download 204.46 Kb.
|
Pdf(5-mavzu)
Terminlarning umumiste'moldagi so`zlardan farqlanadigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagicha: So`zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog`ida qo`llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi. Termin nominativ vazifani bajaradi. Terminning ma'nosi adabiy til me'yorlari doirasida tushunchaga teng bo`ladi. Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo`ladi. So`zning ma'nosi murakkab bo`lib, unda tushuncha qo`shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo`ladi. Terminlar rasmiylashgan so`zlar bo`lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi Termin soha terminlari tizimining bir elementi bo`lib, har doim bir tizim doirasida qo`llaniladiYuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya‘ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya‘ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e‘tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham, keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.Termin kasbiy ma‘no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950- yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi.1984-yilda O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilgan. Download 204.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling