Mavzu: muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mundarija


Download 1.32 Mb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1618276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH-

О‘zbekiston davlat tarix muzeyi. Mazkur muzey О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti qoshida faoliyat yuritadi. Respublikadagi eng keksa hamda muhim ahamiyatga ega muzeylardan biri bо‘lmish bu maskanda 250 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi. Muzeyga 1876 yilda asos solingan, hozirgi kunga qadar unda kо‘plab tadqiqotlar olib boriladi. Muzeyning boy ekspozitsiyasi О‘zbekistonning tosh asridan boshlab bugungi zamonaviy tarixiga oid ma’lumotlarni namoyish etadi. Xususan, qadimiy eksponatlar о‘rin olgan bо‘lim kishida katta qiziqish uyg‘otadi: tosh buyumlar, qoyatosh suratlari, petroglif, neandertalning skeleti va boshqalar.
Termiz arxeologiya muzeyi. Muzey 2001 yildan faoliyat kо‘rsatib kelmoqda va haqli ravishda respublikadagi eng yaxshi hamda qiziqarli arxeologiya “saroy”laridan sanaladi.Tashrif buyuruvchilar diqqatiga muzeyning taassurotli, jumladan, loydan yasalgan salmoqdor chо‘milish tosi, qachonlardir ahamoniylar qasrini bezab turgan, qayta tiklangan devoriy suratlar, qahramonlarning loy haykallari, Budda haykali hamda ibodatxona yozuvlari havola qilingan bо‘lib, ular odamlarga tarix nafasini his qilishiga imkon beradi. Muzeydagi jami eksponatlari soni taxminan 27,000 namunani tashkil etadi, ulardan 16 mingdan ziyodini noyob kitob va qimmatbaho qо‘lyozmalar tashkil etadi. 11
2018 yil 26 avgustda imzolangan “О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident qarorida milliy va ma’naviy merosni saqlash hamda kо‘paytirish, xalqimizni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, moddiy-texnik bazani yaxshilash va xalqaro aloqalarni mustahkamlash borasidagi yagona qonuniy hujjatdir. Unda metsenatlar va homiylar yordamini jalb qilishni rag‘batlantiradigan samarali huquqiy mexanizmlarning yо‘qligi respublika muzeylari faoliyatini, muqobil tarzda moliyalashtirish, xodimlarning kasbga tayyorgarlik darajasi hamda muzeylar tomonidan kо‘rsatiladigan xizmatlarning sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga mos kelmasligi, muzeylarning jahon madaniy madaniy makoniga puxta integratsiya qilinmaganligi,madaniy meros obyektlari, respublikaning muzey, arxiv, kutubxona va boshqa jamg‘armalari butligini ta’minlashga lozim darajada e’tibor berilmayotgani haqida ta’kidlanadi.
Muzeylar tomonidan kо‘rsatiladigan xizmatlarning sifat darajasini oshirish, muzeylar xodimlarining malakasini oshirish,muzeylar jamoatchilik tomonidan qо‘llab-quvatlashning zamonaviy uslublarini joriy etish, metsenatlik va homiylik yordamini olayotganlarning hisob berish tizimini, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni о‘rnatish singari qator amaliy tadbirlar qarordan о‘rin olgan.


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling