Mavzu: muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mundarija


Download 1.32 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1618276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH-

Muzeylar menejmenti tushunchasi
Muzeylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Britaniya Kengashi va Goldsmiths universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda muzey menejmenti bo‘yicha uzoq muddatli dasturni ishga tushirdi. 2018-yil 17-21-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida besh kunlik kurs bilan ochildi. Kurs O‘zbekistondagi muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Kurs dasturi Buyuk Britaniyadagi muzey ishi tajribasi asosida ishlab chiqilgan. U muzey menejmenti, loyihalarni boshqarish, marketing va kommunikatsiya sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Kurs ma’ruzachilarining fikriga ko‘ra, material barcha nazariy formati bilan “ishchi” va amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi.1
Kurs ishtirokchilari O‘zbekiston muzeylari va idoraviy muassasalari mutaxassislari. Ular orasida: Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi (Qoraqalpog‘iston), Oybek uy-muzeyi O‘zbekiston Respublikasi davlat san’at muzeyi, shuningdek, O‘zbekiston madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillari bor. “Muzey menejmenti” dasturining birinchi kursi spikerlari madaniyat va muzey ishi sohasining yetakchi mutaxassislari bo‘lishdi. Silvia Lahav (Sylvia Lahav) - Goldsmiths universitetining ijodiy va madaniy tadbirkorlik bo‘limi o‘qituvchisi (Buyuk Britaniya). Muzey menejmenti sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. Fransiya, Italiya, Portugaliya, Slovakiya va Sloveniyada ma’ruzalar o‘qigan. Londonning Teyt Britaniya galereysi, Teyt Modern, Milliy Galereya, Milliy Portret Galereyasi va The V&A kabi yirik beshta muzeyidagi yigirma yildan ortiq tajribasiga asoslanib, “San’at muzeyida ta’lim, talqin va kommunikatsiya” mavzusi bo‘yicha kurslar olib boradi. U Bem Shou nomidagi san’at maktabining (San’at universiteti) tasviriy san’at sohasi bo‘yicha diplomiga ega. Virjiniya Button, Falmut san’at maktabi direktori. Buyuk Britaniya. Teyt Britaniya galereyasi sobiq kuratori (Tate Britain). Tajribali akademik rahbar va menejer, san’atshunos, yozuvchi, kurator, o‘qituvchi va maslahatchi. Uning mutaxassisligi va qiziqishlari sohasi: zamonaviy san’at, kuratorlik, badiiy ta’lim, mahalliy va global mintaqaviy tadqiqotlar. Virjiniya muzey menejmenti kursiga kuratorlik jihatini qo‘shadi, shuningdek, yirik madaniy tadbirlarni boshqarish va o‘tkazish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Kurs ma’ruzachilarining O‘zbekistondagi muzey muhiti bilan dastlabki tanishuvi mamlakatimizda muzey va galereyalar faoliyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi, ularning turizmni rivojlantirishdagi o‘rni borligini ko‘rsatdi. 2019-yilning fevral oyida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Britaniya Kengashi va Goldsmiths universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan muzey menejmenti bo‘yicha uzoq muddatli dasturning ikkinchi bosqichini boshladi. Muzeylarni boshqarish dasturining uchinchi bosqichi 2019-yil may oyida bo‘lib o‘tadi. O‘quv dasturi Buyuk Britaniyadagi muzey ishi tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistondagi muzey ishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 2
Ta’kidlash joizki, kurs ma’ruzachilarining O‘zbekistondagi muzey muhiti bilan dastlabki tanishuvi mamlakatimizda muzey va galereyalar faoliyatini rivojlantirish, turizmni rivojlantirishdagi o‘rni uchun katta imkoniyatlar mavjudligini aniqladi. O‘quv dasturi muzey menejmenti, loyihalarni boshqarish, shuningdek, marketing va kommunikatsiya sohasidagi xalqaro amaliyotni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. O‘rganiladigan asosiy mavzular: Muzeylarga tashrif buyurish sabablari; Tashrif buyuruvchilarning umidlari; Tomoshabinlarni idrok etishni rivojlantirish; Potensial auditoriya va strategiya yaratishni tushunish va aniqlash; Kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, tadbirlar, talqin, marketing, aloqa. O‘quv kursining bir qismi sifatida o‘qituvchilar joriy amaliy tadqiqotlar asosida taqdimot qiladilar. Shuningdek, kelajakda talabalar o‘z ishlarida amaliyotda qo‘llashlari mumkin bo‘lgan individual va guruh mashqlari o‘tkaziladi. Ikkinchi kurs ma’ruzachilari madaniyat va muzeylar sohasidagi yetakchi mutaxassislar bo‘ldi. Ulardan biri Ijodiy va madaniy tadbirkorlik instituti (Goldsmiths universiteti (London)) direktori Jerald Lidston edi. Doktor Jerald Lidston San’at ma’muriyati va madaniyat siyosati magistrlik dasturini ishlab chiquvchisi hamda Ijodiy va madaniy tadbirkorlik va Madaniy siyosat, aloqalar va diplomatiya bo‘yicha magistrlik dasturlarining hammuallifidir.
O‘n ikki yildan ortiq vaqt davomida u Vyetnamda Ford jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida Xanoy madaniyat universitetida san’at menejmenti kursini yaratish ustida ishlagan. Vyetnam madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun milliy medal bilan taqdirlangan. U Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Slovakiyada sanʼat menejmenti boʻyicha oʻquv tizimini yaratish boʻyicha toʻrt yillik loyihasi boʻlgan Britaniya “Nou-xau” jamgʻarmasi direktori boʻlgan. Yana bir ma’ruzachi Jerri Morris bo‘ldi, u 35 yil davomida Buyuk Britaniya madaniyatida ishlagan, Teyt galereyasi, Milliy galereya, Britaniya muzeyi, Chikago san’at instituti va boshqa ko‘plab tashkilotlar uchun maqsadli auditoriya loyihalarini taqdim etgan. Jerri Buyuk Britaniya va xorijdagi muzeylar va galereyalar uchun auditoriyani yo‘naltirish bo‘yicha taniqli mutaxassis bo‘lib, bozor segmentatsiyasi, diversifikatsiya va maqsadlilik kabi sohalarda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.3
Kursda O‘zbekiston muzeylari va idoraviy muassasalari mutaxassislari: O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi (Qoraqalpog‘iston), O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi “San’at va madaniyatni rivojlantirish” jamg‘armasi va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ishtirok etdilar. Zamon va zamonaviy muzeylar yangi tipdagi rahbarni talab qiladi. Muzey madaniy merosimizni asrab-avaylash, ommalashtirish va kelajak avlodlarga yetkazish vazifasini o‘z zimmasiga olgan madaniyat muassasadir. Bu holat muzeylar rahbariyatidan doimo tarix, arxeologiya, san’atshunoslik, etnologiya va madaniyatshunoslik bo‘yicha aniq kasbiy bilimlarni talab qiladi.
Ammo muzeyni to‘liq boshqarish uchun ikkinchi oliy ta’lim - iqtisodiyot, menejment, marketing, sotsiologiya va turizmning asosiy fanlari siklini o‘rganishni qamrab olishi kerak. Tomoshabinlarni o‘rganish usullari, tashrif buyuruvchilarning ham, muzeylarning ham ehtiyojlarini qondirish, o‘z kolleksiyalarini qanday qilib eng foydali tarzda taqdim etish va kreativ g‘oyalarni mavjud muhitga etkazish bo‘yicha yangi qarashlar va usullarni tadbiq etish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish - muzey faoliyatini jamoatchilik uchun yanada jozibador bo‘lishi uchun tashkil etishning bir necha yo‘lidan foydalanish juda zarur. Turizmning davlat iqtisodiyoti va madaniy salohiyatida ortib borayotgan roli jahon andozalaridan namuna olish, yaxshi natija berganlarini muzeylarimizga olib kirishni talab qilmoqda. 4
Mamlakatimizda muzeylar man’aviy merosni asrab-avaylash, madaniy amaliyotlar sohasida yorqin va nostandart yechimlarni taklif qilish, turistlarni jalb qilish va oʻz aholisi tomonidan talab qilinadigan omilga aylanishi mumkin. An’anaviy muzey qadriyatlarining ijtimoiy o‘zgarishi va faoliyat yo‘riqnomalari sharoitida O‘zbekiston muzeyi boshqaruvchisi birinchi navbatda strateg bo‘lishi kerak. Zamonaviy moliyaviy, resurs va bozor muammolari undan muzeyning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan aniq strategiya va siyosatini ishlab chiqishni, uning maqsadlarini muvofiqlashtirishni, kuchli va zaif tomonlarini aniqlashni, tahdid va istiqbollarni baholashni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishning asosiy vazifasi muzeyning uzoq muddatli raqobatbardoshligini va barqaror mavqeini ta’minlashdan iborat. Muzey biznesida strategik rejalashtirish ajralib turadi, u o‘zgaruvchan dunyoda uning mavqeini o‘rganish, uning missiyasini shakllantirish, strategik maqsad va vazifalarni aniqlash asosida muzeyni rivojlantirishning optimal variantini aniqlash bilan bog‘liq.
Muzeylar quyidagi xizmatlarni taklif qiladi: ko‘rgazmalarga ekskursiyalar, ma’ruzalar, tasviriy san’at haqida video tomosha qilish, sayohat ko‘rgazmalari va ma’ruzalar, muzey zallarida foto va video suratga olish, bolalar va o‘smir tomoshabinlari uchun muzey o‘quv dasturlari, taqdimotlar, tadqiqotchilar uchun ilmiy va amaliy konferensiyalar, seminarlar, madaniy-ommaviy tadbirlar. Muzey darslari va ma’ruzalar maktab auditoriyasi bilan ishlashning eng istiqbolli shakllaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan ma’lum bir o‘quv rejasiga muvofiq bilimlarni olish yoki maktab sinfida olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Qo‘shimcha muzey xizmatlari tashrif buyuruvchilarning talabini qondirish uchun xodimlar tomonidan taqdim etiladigan va muzeyning qo‘shimcha sa’y-harakatlarini talab qiladigan har qanday boshqa xizmatlar: muzey kolleksiyalaridan foydalanish, ilmiy maslahatlar, ommaviy axborot vositalariga (televideniye, bosmaxona), san’at tarixiga ma’lumotnomalarni yetkazib berish va qiymat ekspertizasi, restavratsiya ishlari, auksionlar, ijodiy kechalar va taqdimotlar tashkil etish, bolalar va o‘smirlar uchun odob va madaniyat yakshanbalik maktablari, bozorning boshqa ishtirokchilariga yakka tartibdagi binolarni ijaraga berish va boshqalardir.5
Muzey ishidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar umuman muzey xizmatlari sifatini sezilarli darajada kengaytirish va sifat jihatidan yaxshilash hamda aholi, xususan, muzey xizmatlariga yangi ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashni yangicha tashkil eta oladigan, ayniqsa, ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi. Bugungi kunda muzey menejmentining muammosi uning tashrif buyuruvchilari (xaridorlari, iste’molchilari) va uning potensial hamkorlari (mijozlar, homiylar)ni bilishdir.
Shu bilan birga, bu muzeyning barcha faoliyati faqat jamoatchilikning bildirilgan istaklariga javob beradi degani emas. Binobarin, bugungi kunda muzey xizmati mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha vositalar arsenalidan foydalanishlari kerak: bilim, professional muloqot qobiliyatlari, potensial auditoriyani xabardor qilishga va muzey taklifini reklama qilishga qaratilgan san’at turlarini. Asosiysi, aholining bir qismi o‘rtasida muzey “eskirgan”, “zerikarli” va “zamonaviy emas” madaniyat muassasasi degan qat’iy g‘oyalar bilan bog‘liq turli xil noto‘g‘ri qarashlarni oʻzgarttirish va sohaga samarali goʻyalarni tadbiq etish zarur. Chunki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz mamlakatimizda maʼnaviy tarbiya tizimining yangi strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarishimiz kerak. 6
Darhaqiqat, muzey insonlar va davlatning madaniy, tabiiy va ilmiy meroslarini avloddan avlodga yetkazuvchi benazir vosita sifatida alohida mas’uliyatga ega va benuqson ish olib boruvchi tashkilotlardir.
Sо‘nggi davrda an’anaviy muzey tiliga ikkita yangi tushuncha kirib keldi, ular muzeylar menejmenti va muzeylar marketingi.
Muzeylar menejmentining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Muzeylar xodimlar apparatini samarali mehnatga rag‘batlantirish;
2.Muzeylar faoliyatida samarali natijalarga erishish va о‘sha muzey xizmatlariga bо‘lgan talabni oshirish borasida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, turdosh muzeylarning о‘zaro hamkorligini ta’minlashga erishish;
A. Har bir muzeyda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanish hajmini keskin oshirish borasidagi tadbirlar:

Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bо‘lib qolmasdan, ular bizni о‘tmish sayohatiga chorlovchi yо‘lchi yulduz hamdir. О‘zbekiston muzeylari 130 yillik tarixga ega. Mamlakat miqyosida muntazam faoliyat yuritayotgan 1200 dan ziyod turli yо‘nalish va soha muzeylari tashrif buyuruvchilarni mamnun qilib kelmoqda. Muzeylar ma’nan boyib, muntazam kengayib boradi. “О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorga kо‘ra, Muzeylar renovatsiya dasturini joriy etishning asosiy maqsadlari quyidagicha:

  • muzeylar byudjetining kamida 30 foizini tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali, shuningdek, muzeylar byudjetining kamida 15 foizini xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga bosqichma-bosqich о‘tishni nazarda tutuvchi о‘zini о‘zi ta’minlash prinsipiga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy etish;

  • muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali kо‘rsatiladigan xizmatlarning interaktivligini oshirish, shu jumladan, «smart»-texnologiyalarni (axborot dо‘konchalari, 3D vizualizatsiya va gologramma, QR-kodlar, chet tillaridagi elektron gidlar va hokazolarni) joriy etish; – aholi, eng avvalo, yosh avlod uchun mо‘ljallangan, internet tarmog‘idan foydalangan holda, muzeylarning faoliyatiga innovatsion axborot texnologiyalari keng joriy etish va muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini kо‘rish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish, kо‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish;

  • xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiq muzeylarning rahbar lavozimlariga ochiq tanlov asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish;

  • О‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish va tanitish maqsadida muzeylarning ijtimoiy makonga tо‘liq integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • muzeylarda imkoniyatlari cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarga xizmat kо‘rsatish va qulaylik yaratishning inklyuziv uslublaridan keng foydalanish;

  • muzeylarda akademik tadqiqotlarni, shu jumladan, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish orqali mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda rivojlantirish.

Shuningdek, Renovatsiya dasturi О‘zbekiston amaliy san’at muzeyida (Toshkent shahri), I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi. 7
Renovatsiya dasturi Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori zimmasiga Renovatsiya dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning о‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Muzey menejmentining asosiy maqsadi degani bu mazkur muzeyning intellektual resurslaridan, imkoniyatlaridan samarali foydalanish asoslaridir. Muzeyning barqaror ishlashi ana shu resurslarning о‘z о‘rnida va meyorida ishlatishdan iborat. Muzey obrо‘si va barqaror ishi uchun birinchi navbatda ishchan, bir-birining vazifasini mukammal bajara oladigan, har bir eksponat, surat yoki boshqa osori-atiqalarning barcha tafsilotini biladigan bilimdon kadrlar jamoasi kerak. Jamoaning birgalikdagi harakatini, samarali natijalarga erishishi uchun bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydigan xodimlar jamoasini esa zamonaviy menejerlar hal qiladi. Tadbirkor va ishchan menejerning asosiy va muhim vazifasibarcha xodimlarni jamoa ishining natijadorligi yо‘lida ruhlantira olishdir. Xodimlarning mehnat, majburiyatlar taqsimoti esa menejerning uddaburronligi va uzoqni kо‘ra bilishidan dalolat beradi. 8
Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish siyosati ham juda ustuvor vazifalardan biri.Bunga quyidagilar asos bо‘ladi:

Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

Kolleksiyalarni boshqarish :


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling