Mavzu: muzeylar va kо‘rgazma zallari faoliyatini tashkil etish va boshqarish mundarija


Download 1.32 Mb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1618276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH-

Muzeyning maqsad va vazifalari.

Rо‘yxatga olish.

Qabul qilish va kataloglar rо‘yxatini shakllantirish.

Amaldagi mulkchilik huquqi va ekspertiza.

Alohida himoyalanadigan nozik eksponatlar.

Baholash va autentifikatsiya (asliga tо‘g‘riligini tekshirish) .

Hisobdan chiqarish va likvidatsion (tugatuvchi) sotuvga qо‘yish.

InventarizatsiY.

Vaqtincha foydalanish.

Saqlanishni tavsiflash.

Hujjatlashtirish.

Kolleksiyalarni ishlatish va boshqa joyga kо‘chirish.

Fotosuratga olish.

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik.

Sug‘urtalash.

Kolleksiyalardan foydalanish uchun ijozat.

Xavfsizlik.

Kо‘rgazmalar va kolleksiyalar ustidan nazorat.

Nazorat qilinadigan iqlimiy muhit.

Maxsus kо‘rgazma materiallar.

Upakovka va transportirovka.

Tadqiqot , destruktiv tahlil.

Xususiy kolleksiyalar.

RestavratsiY.

Muzeylar milliy о‘zlikni anglash, tariximizni yaxshi bilish, tarixiy saboqlardan tо‘g‘ri xulosa chiqarib, bugungi kunlarning qadriga yetishimiz uchun dasturilamal bо‘lib xizmat qiladi, milliy g‘urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unutilgan tariximizni qayta tiklash, ajdodlar hurmatini joyiga qо‘yish, о‘sib kelayotgan barkamol avlodni tarixiy merosimiz, taniqli mutafakkirlarimizning bosib о‘tgan shonli yо‘llaridan xabardor qilish, jahonaro milliy qadriyatlarimizni yanada kengroq namoyish etish uchun haqiqiy hayotiy maktab vazifasini о‘taydi.
Muzeylar tizimini takomillashtirish, xalqimizning hayotida muzeylarning ahamiyati, muzeylarni xalqimiz tarixi va istiqlol uchun kurashning yorqin namunalarini о‘zida aks ettirgan eksponatlar bilan boyitish, nodir qо‘lyozmalar, tarixiy davrlar silsilasidan darak beruvchi noyob topilmalar orqali milliy urfodatlarimizdan boxabar bо‘lish imkoniyatini yaratadi.Shuningdek, muzeylar eksponatlarini boyitib borish, о‘zbek millatiga oid qator osori-atiqalar, nodir topilmalarni jahonga olib chiqish va targ‘ib qilish ham bugungi kun muzeyshunosligining asosiy vazifalaridan biridir.9

Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish.
О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan muzeylar tarixiga nazar soladigan bо‘lsak 1917 yilgacha mamlakatimiz poytaxtida birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bо‘lgan. 1918 yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi О‘zbekiston davlat san’at muzeyi), 1921 yil Eski shahar muzeyi, 1926 yil О‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. 10
1940 yillarda О‘zbekiston san’at muzeyi va Adabiyot muzeyi – Tarix, madaniyat va san’at muzeyiga, Politexnika muzeyi Tabiat muzeyiga qо‘shildi.1945 yil Davlat san’at muzeyi mustaqil muzeyga aylandi. 1972 yil О‘zbekiston kino san’ati muzeyi, 1973 yil О‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash muzeyi, 1975 yil Turkiston harbiy okrugi qо‘shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. 1988 yil Antiqa va zargarlik buyumlari muzeyi ochildi. 60–80-yillarda Habib Abdullayev, Muxtor Ashrafiy, Sergey Borodin, Oybek, Fafur Fulom, О‘rol Tansiqboyev, Abdulla Qahhor uymuzeylari va Yulius Fuchik, Sergey Yesenin muzeylari, Tamaraxonim liboslari doimiy kо‘rgazmasi va boshqalarga asos solindi.
О‘zbekiston muzeylaridan ba’zilarini keltirib о‘tamiz.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling