Mavzu: muzeyshunoslik faniga kirish
Tarixiy shaharlarimizning tarixiy ahamiyati
Download 176.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-MUZEYSHUNOSLIK
Tarixiy shaharlarimizning tarixiy ahamiyati.
O’rta Osiyo davlatlari ko’p yillar davomida yirik davlatlarning mustamlakalari bo’lib keldi. Mo’g’ullar, arablar, ruslar tomonidan bosib olingan va uzluksiz ravishda talangan. O’rta Osiyo xalqlarining iktisodiyoti, madaniyati, adabiyot, san’ati o’zgalar tomonidan oyoq osti qilindi. Milliy madaniyatmiz, urf-odatlarimiz taraqqiyotiga chet el boskinchilari to’g’anoq bo’ldi. Sho’rolar xukmronligi davrida O’rta Osiyo madaniyati taraqqiyotiga g’ov solindi. Dinga qarshi xujum, dinsizlik bayrog’i ostida juda ko’p masjid, madrasalar buzib tashlandi, ko’plab adabiyotlarimiz kuydirib tashlandi. Majburan lotin, rus alifbosiga o’tildi, xalqni ruslashtirish, davlat tili idora ishlari rus tilida olib borilib, milliy tillar orqaga surib qo’yildi. Mustamlakachilik davrida O’rta Osiyoda madaniyat, san’at, adabiyot, fan-texnika sekin o’sdi. Milliy madaniyat boyliklarimiz, tarixiy yodgorliklarimiz ochko’zlarcha talandi, olib ketildi. Ana shunday talanchilik muzeylarimizning ochilishi, rivojlanishiga salbiy ta’sir kildi. O’rta Osiyodagi dastlabki muzeylar ham, xuddi Evropa, Osiyo muzeylari kabi kutubxonalar, kiroatxonalar bilan birgalikda, ular bilan uzviy bog’liqlikda paydo bo’la boshladi va rivojlandi. O’rta Osiyoda, Turkiston o’lkalarida kitoblar to’plash, yodgorliklar yig’ish, binolar qurishga e’tibor berish, masjid, madrasa, qasrlar, saroylar qurilishiga zeb berish, madaniyatimiz urf-odatlarimizni asrash avaylashga e’tibor juda kuchli edi. Zargarlar, miskarlar etikdo’z, kosiblar, xunarmandlarning maxsulotlari nafis, nozik, chiroyli, go’zal edi. Masjid, madrasalardagi bezaklar, buyoklar asrlar buyi o’zgarmay yashnab kelmoqda. Muzeylarning o’sishi Evropaga nisbatan sekin bo’ldi. Arablar davrida yozuv taraqqiy etdi. U islom dinini singdirdi. Islom diniga kadar O’rta Osiyoda otashparastlik dini, zorastirizm dini xukmronlik qilardi. Bu dinni ko’proq sarik tuyali qabilalar dini deb ham atashadi. Islom dini mahalliy xalqqa ma’qul tusha boshladi. O’rta Osiyodagi xalqlarning o’z madaniyatlari bo’lib, bu madaniyat juda boy hisoblanadi. 1867 yil Turkiston general gubernatorligi tuzilib, Toshkentdan turib butun O’rta Osiyoni boshqardi. Toshkent Turkiston poytaxti bo’lib koldi. 1873 yil Toshkentda general gubernatorlikka bino qurildi. 1876 yilda O’rta Osiyoda Toshkent o’lkashunoslik muzeyining ochilishi, O’rta Osiyo madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. Toshkentda 1873 -76 yillarda xalq kutubxonasi ochildi. To’rt tomondan juda ko’p kitoblar to’planadi. 1924 yil bu kutubxona O’zbekiston Davlat xalq kutubxonasi bo’ldi. 1948 yil kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berildi. 1872-73 yillarda Turkiston jamoatchiligi Toshkentda muzey ochish tashabbusi bilan chikdi. 1876 yil bu maksadga erishilib, Toshkentda birinchi kutubxona qoshida muzey ochildi. 1877 yil 1 yanvarda muzeyning 1500 eksponatlari, ishlab chiqarish qurollari, qishloq xo’jalik maxsulotlari, eski tanga pullar, medallar turejadi. Muzeyda Turkiston tabiatshunoslik jamiyati rahbarlik kildi. Birinchi muzey direktori «Turkistanskaya vedomost» gazetasining redaktori Maev bo’ldi. Muzey 1878 yilgacha Maevning kvartirasida joylashdi. Shu davrda muzeyda 4 ta bo’lim ishlay boshladi. Texnik etnografiya bo’limi. Tabiatshunoslik bo’limi. Arxeologiya bo’limi. Qishloq xo’jalik bo’limi. Muzeyda ko’plab milliy muzika asboblari turadi. 1888 yil Turkiston muzeyi to’g’risida ustav tayyorlandi. Birinchi bo’lib ustavda muzeyning vazifalari, jamiyatdagi roli o’rni va ahamiyati tasvirlandi. Turkiston general-gubernatorlari muzeylar ustidan xohlagancha rahbarlik qila boshladilar. Turkiston general-gubernatori Chernyaev (1882-1884) Toshkent muzeyini 1883 yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirdi va o’zi rahbarlik qila boshladi. Natijada muzeydagi qimmatbaho buyumlar talon taroj qilina boshlandi. 1884 yil muzey eksponatlari 3000 tadan, 1886 yil 40000 ga oshdi. Lekin ular ichidagi eng kimmatbaholari Rossiyaga olib ketilgan edi. 1898 yil 16 iyulda maxsus komitet tuzilib, muzey komitet ixtiyoriga olindi. 1904 yil 27 oktyabrda maxsus komitet tugatildi. Muzey yana general-gubernatorlik ixtiyoriga o’tdi. 1885 yil Turkiston tarixchi-arxeologlar jamiyati tuzilib, muzeyga yordamlashdilar. 1899 yil jamiyat muzey bilan kushildi. 1899 yil Farg’ona muzeyi ochildi. Muzeylarda turli vistavkalar tashkil qila boshlandi. 1876 yil fevralida Qo’qon xonligi tugatilib, markaz Qo’qon bo’ldi. Yangi Marg’ilon nomi bilan Yormazor, Charmgar, Chili qishloqlari o’rniga shahar qurila boshladi. 1910 yil shaharga Farg’ona vodiysini bosib olinishda nom chiqargan Skobelev nomi berildi. 1924 yil shaharga Farg’ona nomi berildi. 1899 yil Yangi Marg’ilon (xozirgi Farg’ona)da Farg’ona viloyat muzeyi ochildi. Muzey qoshida 853 dona kitobga ega bo’lgan kutubxona ishlay boshladi. Dastlabki muzey va kutubxonalar birgalikda ishlay boshladilar. 1914 yilga kelib kitoblar soni 4000 dan oshdi. 1921 yil 22 mayda Turkiston XKS maorif XK koshida, muzey ishlari buyicha komitet rahbarlik kildi. Turkiston A.R.XKS 1921 yil iyunda Samarqand tarixiy yodgorliklarini ta’mirlash to’g’risida qaror qabul qildi. XKS ta’mirlanishi shart bo’lgan yodgorliklarni ro’yxatga oldi. 1920 yilda Farg’ona viloyat markazi Qo’qon bo’ldi. 1924 yil Skobelev shahri Farg’ona deb ataldi. 1920 yil Qo’qonda Farg’ona viloyat o’lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi. 1922 yil 1 oktyabrdan boshlab shu muzey Qo’qon shahar muzeyiga aylandi va mahalliy byudjet hisobiga utdi. Muzeylar faoliyati haqida 1920-24 yillarda jurnallar chiqa boshladi. 1931-1940 yillar muzeyshunoslik jurnali chikdi. 1937 yil O’lkashunoslik va muzeyshunoslik ilmiy-tekshirish instituti tashkil qilinib, muzeylar faoliyati keng va chuqur o’rganila boshlandi. Chabrov «O’rta Osiyoda muzeylar faoliyatining tarixi» kitobi O’zbekiston muzeylar tarixini ham beradi. O’zbekiston fanlar akademiyasi qoshidagi «O’zbekiston xalqlar tarixi muzeyi» 1951 yildan boshlab ko’plab muzeylar haqida kitoblar, maqolalar yozib chiqara boshladilar. 1925 yil Qo’qondagi Xudoyorxon Urdasi muzey ixtiyoriga beriladigan bo’ldi. 1927 yil qo’qonda Farg’ona viloyat O’lkashunoslik muzeyi ochilishi madaniy hayotda katta voqea bo’ldi. Endi qo’qonliklar o’z muzeylariga ega bo’ldilar. Buxoro xalq ta’limi vazirligining 1923 qarori bilan Buxoro muzeyi ochildi. 1924 yil O’rta Osiyoda milliy chegaralanish o’tkazilib, Buxoro xalq respublikasi Zarafshon viloyati bo’lib, O’zbekiston sostaviga qo’shildi. Milliy chegaralanish davrida Buxoro muzeyi yopildi. 1925-27 yillarda yana muzey ochishga tayyorgarlik boshlandi. 1920 yil Xorazm xalq ta’limi vazirligining qarori bilan 1920 yil Xivada Xorazm tarixiy muzeyi ochildi. Bu muzey Nurullo boyning xovlisida ochildi. Milliy chegaralanish davrida muzey ishlamay qo’ydi. 1926 yil 1 yanvarda Toshkentning eski shaharida o’zbek muzeyi ochildi. Tarixiy arxitektura yodgorliklari masjid, madrasalar ro’yxatga Olina boshlandi. 1918 yil iyunida Toshkent ommaviy kutubxonadan Toshkent shahar muzeyi ajralib chikdi. Yana ayrim muzeylar kutubxona ixtiyorida edi. Turkiston general-gubernatorligining binosi Toshkent muzeyi ixtiyoriga berildi. 1919 yil 29 avgustda Turkiston xalq muzeyining qonunlari va dasturi tuzilib, muzeylar oldiga ta’lim-tarbiyaviy, ilmiy tekshirish ishlarini kuchaytirish vazifalari kuyildi. 1922 yil muzeyda Etnografiya bo’limii tashkil qilindi. 1924 yil «Turkiston xalqlar muzeyi» O’rta Osiyoning asosiy muzeyiga aylandi. 1924-30 yillar O’zbekiston poytaxti Samarqand edi. 1917 yil tuzilgan Samarqand shahar muzeyi 1920 yildan boshlab viloyat muzeyiga aylandi va boyib rivojlanib bordi. 1924 yilga kelib Samarqand viloyat muzeyining eksponatlari 1000 ga yaqinlashdi. 1920 yil 28 martda Namangan shahar muzeyi ochildi. Turkiston AR XKS 1922 yil 13 avgust qarori bilan ayrim binolar muzeylar ixtiyoriga berildi. 1923 yil 1 iyul muzey xodimlarining mikdori, maoshlari belgilandi. 1930 yil O’zbekiston poytaxti yana Toshkent bo’ldi. 1917 yil Turkistonda 13 ta muzey bor edi. 1940 yil O’zbekistonda muzeylar soni 17 ta bo’ldi. Toshkentda 5 ta muzey ishlay boshladi. O’zbekiston muzeylarida 108 ta ilmiy xodim ishlardi. Turkistondagi birinchi muzeylardan 1918 yil Toshkentda Turkiston badiiy muzeyi ochildi. Bu erda knyaz K.Romanovning san’at maxsulotlari, rasmlar, xaykallar turadi. O’rta Osiyodagi qator davlatlarda O’zbekistonda, Turkmanistonda, Tojikistonda, Qirg’izistonda turli tuman muzeylar xalqka xizmat kilmoqda. Ayniqsa tarixiy o’lkashunoslik muzeylari faol ishlamoqda. Shaharlarning obodonlashtirishda A.Temurning xizmati juda katta bo’ldi. 1996 yil 24 oktyabrda A.Temurning 660 yillik yubileyida Toshkentda xalqaro ilmiy konferentsiya bo’ldi. Bu konferentsiyada I.Karimov shunday dedi: «Amir Temur va uning avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonakohlar, saroylar, bozorlar, ko’priklar, yo’llar, bekatlar, hammomlar, kanallar, qal’alar va boshqa qator imoratlar, inshoatlarning son-sanog’i yo’q» degan so’zlarni aytadi. 1993 yil avgustda Toshkentda A.Temur xaykalini ochilish marosimida I.Karimov shunday deydi: «A.Temur zamonida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko’p an’analari takomilga etdi» O’zbekistonning jahonda munosib o’rinni egallashi xalqimizning ma’naviy saviyasiga bog’liqdir. Demak, yangi jamiyat kqrmoq uchun tarixni, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklashimiz kerak. Buning uchun muzeylarimizni eksponatlarga boy, go’zal, chiroyli estetik zavk beradigan qilib qayta qurishimiz kerak. Sobiq SSSR xalqlarning etnografiya davlat muzeyda barcha xalqlar, millatlar qatorida «O’zbeklar» bo’limi ham ekspozitsiyalarimizning boyligi, go’zalligi, xalqimiz san’ati, maishiy hayot obrazlarimizning yuqoriligi, madaniyatimizning yuksakligini yaqqol ko’rsatdi. «Ocherki istorii muzeynogo dela v SSSR» Moskva izd. «Sov. Rossiya» 1971 god, str. 94. 1939 yil yozuvchi va shoirlar tashabbusi bilan Qo’qonda Soxibzoda Xazrat madrasasining bir chetida Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning xujra muzeyi ochildi. Shoir umrining oxirigacha shu xujrada yashab ijod etdi. Mukimiyning shu uy-muzeyi Bekvachcha (xozirgi Muqimiy) kchasida 78-uy, hisoblanadi. Qo’qon o’lkashunoslik muzeyining filiali edi. 1959-61 yildan boshlab, ushbu muzey Toshkent Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston adabiyot muzeyining filialiga aylantirildi. O’rta Osiyodagi, jumladan O’zbekistondagi muzeylar paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini uch davrga bo’lsa bo’ladi. Rus chorizm davrida muzeylarning shakllanib kelishi va rivojlanishi davri (1860-1917) Sovetlar xukmronligi davri (1918-1990 yillar) muzeylar faoliyati. Mustaqil O’zbekiston muzeylarining taraqqiyot davri. 1991 yildan xozirgacha. Muzey turlari quyidagilar: Tarixiy etnografik. Tarixiy arxeologik. Tarixiy o’lkashunoslik. 1966 tashkil etilgan Nukusdagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi Nukusning eng ko’zga ko’ringan muzeyi hisoblanadi. Nukusning 70 yilligiga atab (2003 yil) ko’rgazma tashkil qilindi. Bu ko’rgazmada 90000 dan ko’proq eksponatlar namoyish qilindi: Nukus shahri maydoni 200 kv.km, aholisi 261.459 kishnii tashkil etadi. Termiz shahrida arxeologiya muzeyi tashkil qilindi. Dalvarzintepadan juda ko’p yodgoliklar bu erda namoyish qilinmokda. Mo’g’ul bosqinchilari O’rta Osiyoga bostirib kelgunlariga qadar, X asrda Somoniylar xukmronligi davrida Buxoroda ko’plab kitoblar, kitobxonalar mavjudligini Ibn Sino yozib koldirdi. Termizning 2500 yillik yubileyi munosabati bilan Termizda «Arxeologiya» muzeyi 2002 yil avgustda ochildi. Muzey maydoni 4122 kv.km ni tashkil qiladi. I.Karimov muzey faxriy mehmonlari kitobiga: «Muzey O’zbekiston zaminida dunyodagi har qaysi insonga o’z yurtining tarixidan faxrlanishi, g’ururlanishiga, O’zbekistonimiz buyuk kelajagiga ishonch qozonishga beqiyos xizmat qilajak» degan so’zlari bizlar uchun qadrlidir. YuNESKO BMT ning ta’lim, fan va madaniyat bo’limi 1946 yil tuzilishi bilanoq, 1947 yil Parijda Xalqaro Muzeylar faoliyatini boshqarish markazi Xalqaro Muzeylar Sovetini tuzdi. Sovetning oliy organi General Assambleya har 3 oyda yig’ilib, jahon muzeylariga taalluqli muammolarni echadi. Shunday qilib jahon miqyosida barcha muzeylarga rahbarlik qilishi, ular faoliyatini 1 markazdan turib boshqarish, nazorat qilish yana yaxshilandi. Xalqaro tajribalar almashish yo’lga quyildi. 1948 yilda YuNESKO «muzey» jurnali chiqara boshladi. Shunday qilib jahon miqyosida ham tarix ko’zgusi bo’limini muzeylarga bo’lgan e’tibor yanayam oshdi. O’zbekiston ham o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng YuNESKO tashkilotiga rasmiy ravishda a’zo bo’ldi. Xulosa qilib aytganda O’zbekistonda muzeylar XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Dastlabki muzeylar yirik-yirik shaharlarda, keyinchalik esa o’rtacha, kichikroq shaharlarda ham muzeylar tashkil topdi. Sovetlar davrida muzeylar kommunistiq partiya yo’l yo’rig’idan yurdi. Faqat sovetlarni maqtash, ko’klarga ko’tarish, kommunizm qurishga qaratilgan edi. 1991 yil O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng esa muzeylarga katta e’tibor berildi. Chorizm, sovetlar davrida olib ketilgan qimmatbaho eksponatlar qaytarib olib kelina boshlandi. O’zbekiston tarixi mutlaqo o’zgardi. Chunki sovetlar davrida tarix fanida soxtaliklar juda ko’p edi soxtalik tarix muzeylarida ham o’z ifodasini topgan edi. Tarix fanidagi soxtaliklar olib tashlanib, sifat o’zgarishlar bo’lishi kerak. Muzeylarda milliy ulkalarni bosib olish tarixi, «sotsializm» quramiz degan kurash aniq tasvirlanishi kerak. Ana shundagina muzeylar o’zini vazifasini xalol, to’g’ri, aniq bajrgan bo’ladi. Xalqimiz esa o’zini tarixini chuqur bilishi kerak. Mustaqillik tufayli bu maksadlarga asta-sekin erishib kelmoqdamiz. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling