Mavzu: muzeyshunoslik faniga kirish


Mavzu: O’rta Osiyoda muzeylarning tashkil topishi va rivojlanishi


Download 176.5 Kb.
bet14/16
Sana09.06.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1471728
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
portal.guldu.uz-MUZEYSHUNOSLIK

Mavzu: O’rta Osiyoda muzeylarning tashkil topishi va rivojlanishi.
Reja:

  1. O’rta Osiyoning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. O’rta Osiyo shaharlarida muzeylarning shakllanib borishi.

1999 yil 15 aprel Respublika Prezidentining «2005 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida» farmoni imzolandi. Ushbu farmonda millatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga ko’maklashishi hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo’shilish O’zbekistonning madaniy-tarixiy va ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga targ’ib qilish, shuningdek sayyohlarga xizmat ko’rsatish sifatini jahon andozalari darajasiga etkazish maksadida qator vazifalarni bajarish qo’yildi. 1) O’z.Res.Prezidentining farmonlari. T4.302 bet.


Turizm sayohat jahonda keng tarkalgan dam olish turlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
1898 yil birinchi xalqaro turistiq tashkilot bo’lib hisoblanadi.
1992 yil 27-iyulda O’zbekturizm kompaniyasini tuzish to’g’risida Prezident Farmoni.
1995 yil 2-iyun Ipak yo’lini tiklash va O’zbekistonda turizmni rivojlantirish to’g’risida Prezident farmoni. Prezident farmonlari 4t.21-bet. 1997 yil. O’zbekiston Jahon turistlar jamiyatiga kirdi.
1999 yil 15-aprel 2005 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston turizmni rivojlangan davlat dasturi to’g’risida Prezident farmoni. (Prezident farmonlari 4t.302-bet).
1999 yil 30-iyun «O’zbekistonda turizm cohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida». (Prezident farmonlari 4t.316-bet).

YuNESKO BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo’limi 1946 yil tuzilishi bilanok, 1947 yildayok Parijda Xalqaro Muzeylar faoliyatini boshqarish markazi Xalqaro Muzeylar Sovetini tuzdi. Sovetning Oliy organi General Assambleya har 3 yilda turejaib, jahon muzeylariga taallukli muammolarni echadi. Shunday qilib jahon miqyosida barcha muzeylarga rahbarlik qilish, ular faoliyatini boshqarish, nazorat qilish yana yaxshilandi. Xalqaro tajribalar almashish yo’lga kuyildi.


1948 yil YuNESKO Parijda «Muzey» jurnalini chiqardi.
Oldingi ma’ruzalarda ochiq osmon ostidagi shahar muzeylari haqida gapirdik.
Yana Amerika qit’asidagi, Evropadagi eng qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy shahar-muzeylarni tasviri, tarixi haqida gapirdik. Endi o’zimizdagi Markaziy Osiyo, O’rta Osiyo, O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, ularni ochik osmon ostidagi muzeylarga aylanib borayotganini ko’rishimiz mumkin.
Tarixiy yodgorliklar boy va zamonaviy arxitekturamadaniy-maishiy imoratlar, boglar, keng yo’llar, alleyalar ochilgan, kino, teatr, bibliotekalar, muzeylar, stadionlar qurilgan obodonlashtirilgan, toza-ozoda shaharlarni ziyorat qilishning o’zi insonga rohat bag’ishlaydi, kishini ruhini kutaradi, insonnni quvontiradi, rohat bag’ishlaydi. Ana shunday shaharlarni ochik osmon ostidagi muzeylar desa bo’ladi. Bunday ekologik toza, qadimgi va hamisha navqiron shaharlar O’zbekistonda juda ko’p. Bunday shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Farg’ona, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlardir.
1992 yil 16-iyulda «O’zbekiston Respublikasining bayram kunlari haqida» qonuni e’lon qilindi. Qonun 3 iyul 1992 yil qabul qilingan bo’lib, quyidagi kunlar bayram kunlari bo’lib hisoblanadi.
1-yanvar - Yangi yil.
8-mart - Ayollar bayrami.
21-mart - Navro’z bayrami.
9-may - Xotira va kadrlash kuni.
1-iyun- Bolalar kuni.
1-sentyabr - Mustaqillik bayrami.
Ro’za xayitning 1-kuni.
Qurbon xayitning 1-kuni.
1992 yil 27 iyulda «O’zbekturizm» milliy kompaniyasini tuzishi to’g’risida Prezident farmoni qabul qilindi. Tarixiy shaharlarimizga sayohatchilarni keng ko’lamda qabul qilish yo’lga qo’yildi. «O’zbekturizm» chet ellik sayohatchilarni O’zbekistonning boy tarixiy yodgorliklari bilan tanishtirishi va o’rgatishi kerak.
1994 yil 3 oktyabr Toshkentda 6 oktyabr Samarqandda xalqaro turistiq tashkilot ishtiroqida «Buyuk ipak yo’li» bo’ylab sayohatlar o’tkazish to’g’risida yig’ilishlar o’tkazildi. Ko’p joylarni ta’mirlash, qulayliklar tayyorlash yo’lga quyildi.
1995 yil 2 iyun O’zbekiston Prezidentining «Buyuk ipak yo’lini tiklashda O’zbekistonning ishtirokini avj oldirish va xalqaro turizmni rivojlantirish borasida chora-tadbilar to’g’risida» gi farmoni xalqaro turizmni rivojlantirish tadbilarini ko’rsatib berdi. Farmonlar 4t.21-bet.
«O’zbekturizm» milliy kompaniyasi, «O’zsayohatinvestbank» faoliyatini kuchaytirish yo’lga kuyildi. Chet el turistlari uchun ayniqsa sharoitlarni yaxshilash, jahon standartlari darajasiga kutarish kuyildi: Toshkent, Xiva, Samarqand, Buxoro kabi taraxiy shaharlarni yodgorliklarini ta’mirlash, asrash, ularni namoyon qilishga e’tibor kuchaydi.
1995 yil oktyabr, noyabr Parijda BMT ning fan, texnika, san’at bo’limi YuNESKO o’zining 28 sessiyasida 1996 yil Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileyini nishonlash to’g’risida qaror qabul kildi. Shu munosabat bilan tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash va ushbu shaharlarni rekonstruktsiya qilish ishlari yana qizib ketdi.
1997 yil oktyabrdan Buxoro va Xivaning 2500 yillik yubileyi keng nishonlandi.1997 yil Buxoro 2500 yoshda. 1997 yil 19-oktyabr Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda tabrik so’zida I.A.Karimov shunday dedi: «Buxoro quvvati dini islom deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda bugungi sharq mintaqasida musulmon dunyosining mo’’tabar markazlaridan biri bo’lishidan e’tirofdir» K.6t.368-bet.
«Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’targan Shiroq, Spitamen, Maxmud Tarobiy, Temur xotun (To’maris), Malika Kabaj xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir» (Karimov. 6t.369-bet).
«Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Argoniy, Axmad Donish, Abdurouf Fitrat, Fayzulla Xo’jaev va boshqalar shu kabi buyuk zotlar etishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilmu fan, ma’rifat va ijod beshigi bo’lib qolaveradi» (Karimov.6.370-bet).
Buxoro Arki (kishki saroy) shahar satxidan 15-20 metr balandlikda maydoni 34,675 kv.m, uzunligi 780 metr bo’lib hisoblanadi. Arkda xon va uning oilasi, yaqinlari yashagan, mirshablar yashagan, xazina, boyliklar saqlangan, katta jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan.
Arablar xujumi davrida 1140-1207 va 1220 yillarda Ark katta zarar ko’rdi, buzildi, talandi.
1920 yil Amir Olimxon Afg’onistonga qochgandi. Arkka o’t qo’yildi. 4-5 kun Ark yondi, kuydirildi. Xozir Buxoro Arkida tarixiy o’lkashunoslik muzeyi ishlamokda.
Ismoil Somoniy maqbarasi 874 yil Buxoroni olgan Somoniy avlodining asoschisi bo’lib Ismoil Somoniy bo’lib, u otasi 1. Axmad Ibn Asad uchun qurdirdi. Keyin 2. Ismoil Somoniyning o’zi ham. 3. Nabirasi ham shu mavzaleyda dafn qilindi. Mavzaley 1934 yil ta’mirlandi.
Machiti Kalon yoki Juma machit 1514 yil qurib tugatildi. 127 metr uzunligi, kengligi 78 metr. Juma namozlarida 10000 odam namoz o’qiydi.
Machiti Kalon qarshisida shayx Abdullo Ismon 1530-1536 yillarda qurdirgan Miri Arab madrasasi xozir ham diniy maktab sifatida ishlamokda. 10-15 yil oldin shu maktab direktori Xojikul Mavlonqulovning jiyani qo’qonlik Asadbek edi. Raxmatlik o’tib ketdi.
Labi Xovuz Ansambli 17-asr. Ko’kaldosh madrasasi 1568-69 yillar. Nodira Devonbegi madrasasi 1622 yil. Bu 3 ta katta imorat, katta xovuzni 3 tomonida joylashgan. Kulbobo Ko’kaldosh madrasasi 160 xujrali, machit, darsxonalarga ega. Labi Xovuz ansamblining oxiri qurilishi Katta Xovuzning o’zidir. Uning uzunligi 45,5 metr, eni 36 metr. Xovuz xozir ham ishlamokda. Xovuz qirg’og’ida Nasriddin Afandining eshak ustidagi bronza xaykali ochildi. Labi Xovuz rohatgox joylardan biri.
Buxoroda xozir 3 ta oq (Tim) usti berk do’konlar bor, ruscha ko’pol bor. 1 - ko’pol - Toki zargaron, 36 ta zargarlar do’koni, bozori, sudxo’rlar joylashgan. Ko’pollar yozda salqin, qishda issiq savdo kosibchilik uchun qulay. Bu erda 2 ko’pol yonida Toki Telpakfurushon 2 ko’pol yonida Tim Abdullaxon 1577 yil shayboniylar davrida qurilgan. Bu erda shoyi, sherst matolar sotilgan. Bosh kiyimlar sotilgan. Bu erda hamom Bozori kord, pichoqchilar bozori ham shu erda 3 ko’pol Toki Sarrofon yonidan Shoxrux arig’i o’tadi. Ariq xozir betonlashtirilgan, pastlikda bu erda Sudxo’rlar o’tirgan. S.Ayniyning «Sudxo’rning o’limi», Zardo’zlar, popovchilar bo’lgan. Bu erda hamom Sarrofon xozir ham ishlamoqda. Hammomlar yarim podval yani yarim er ostida qilib qurilgan.
«Sitorai Moxa Xosa» Yulduz va Oyga o’xshash Rossiyada qurilishlarni o’rganib Buxoroga qaytgan usta Xodja Xofiz boshchiligida «Sitorai Moxa Xosa» qurildi. Bu erda qabulxona «oq uy» oxirgi imoratlar 1912-14 yillarda qurilgan. Zallar, devorlar naqshi, zallarning bittasi yil fasllariga qarab devorlari o’zgartirildi. Bu erda usta Shirin Murodov ishlagan.
«Sitorai Moxi Xosa» bog’lari ichida xonning harami, xovuz, yonida 2 xovuzli ayvonli katta uy. Shu erdan turib xon qizlar cho’milishini tomosha qilgan. Xozir Sitorai Moxi Xosa muzey va sanatoriya.
Buxoro shahri qalin devor bilan o’ralgan. 11 ta darvozasi bo’lgan. Tarixchi Norshoxiy, Belozuriy, Taboriy ibn Miskoviy, shoir Rudakiy, Daqiqiy, tabib Abu Ali ibn Sinolar bu erli bo’ladilar. Toki Telpak-furushon oldin Toki kitob furushon bo’lgan.
16 asrda Buxoroni poytaxt qilgan, 1920 yil sentyabr Buxoro Sovet Xalq respublikasi tuzildi. 1924 yil Buxoro O’zbekistonga qo’shildi.
Ismoil Somoniy dadasiga atab 892-893 yil Maqbara qurdirdi.
Arslonxon davrida 1124 yil 47 metr balandlikdagi Minorai Kalon qurildi. 105 zinapoya, osti-diametri 9 metr, tepasi 6 metr. Labi Xovuz (42*36 m) chuqurligi 5 metr. Xovuz atrofida Kul bobo madrasasi. Ko’kaldosh madrasasi, Devonbegi madrasasi kiradi.
Ulug’bek madrasasi 1471 yil tepasida «Ilmga intilish har bir muslim va muslimaning burchidir».
Rudakiy:
E, Buxoro, hamisha xurram bo`l,
Sen uchun shox mehmonga kelur,
Shox oy, osmoni Buxorodur,
Oy sochib nur osmonga kelur.
Ark Saroy 6-20 asr. Qal’a devori 16 asr. Darvoz. Somoniylar maqbarasi 9-10 asr. Mag’oki Attaron ansambli - 12-20 asr. Minorai Kalon 1127 yil, Masjidi Kalon 1517 yil, Miri arab madrasasi. Gurxona 1535-36 yillar, Buyanqullixon maqbarasi 1358 yil.chashmai Ayyub 1380 yil. Ulug’bek madrasasi. Daxliz gumbazi 1417-1585 yil. Abdullaxon Timi 16 asr. Toki zargaron 15 asr. Xoja Zayniddin xonaqasi 16 asr. Madari Xon madrasasi 1566-67 yil. Abdullaxon madrasasi 1688-1690 yil. Fayzi obod xonaqasi 1598-99 yil. Labi Xovuz. Nodir Devonbegi xonaqasi 17 asr.
Ko’kaldosh madrasasi 1568-1569 yil. Nodir Devonbegi xonaqasi 17 asr. Chorbakr Ansambli 1560-69 yil. Abdulazizxon madrasasi 1654 yil. Abdulazizxon masjidi 1915-17 yil. Baloi Xavz masjidi 1654 yil. Chor minor 1807 yil. Sitorai Moxi Xosa 1918 yil. Oq xona Amir Olimxon madrasasi 20 asr.
Buxoro oblast Vobkent tumani. Minora 1196-1198 yil. Buxoro oblast Karmana. Mirsaid Baxrom maqbarasi 10-11 asr. Kosim Shayx xonaqasi 16 asr. Abdullaxon madrasasi 1588-90 yil. Abdullaxon Timi (k kompol) 1577 yil. Gumbaz diametri 10 m. bahoviddin Naqshbandiy majmuasi 16 asr.
Buxoro shahri 2002 yil aprelida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo’yicha «Shaharlar tinchlik uchun YuNESKO mukofotiga» sazovor bo’ldi. Mukofot Marokashda YuNESKO bosh direktori Kongiro Mashuro tomonidan topshirildi. («XS», 2002 yil 10 aprel). Bu mukofot 2 yilda 1 marta dunyoning 5 mintaqasidan 5 ta shaharga beriladi. Mukofot 1996 yil ta’sis etilgan. Buxoro 1991 yil YuNESKO ning jahon merosi ruyxatiga kiritildi. 1997 yil Buxoroning 2500 yilligini YuNESKO nishonladi.
Buxorodagi 2 maktab YuNESKO ning Birlashgan maktablar dasturi a’zosi sanaladi. Xo’ja Abdulxoliq G’ijduvoniyning yana «Xo’jayi jahon» jahonning xo’jasi deganlar. Shu xo’janing muridlaridan hisoblanganlar.
Burxoniddin Abdulaziz II tashabbusi bilan Vobkent tumanida balandligi 44 metr, pastki aylanasi 8 metr, yuqori aylanasi 3 metrli minora 1196-1198 yillarda qurilgan.
1997 yil YuNESKO ning O’zbekistondagi vakolatxonasi Frantsiyaning karavon Saroy asosotsiyasi va Bryussel shaharsozlik va me’morchilik xalqaro markazi bilan kelishilgan xolda Buxoro tarixiy yodgorliklarini ta’mirlashga qaror kildilar. Buyuk ipak yo’li Buxorodan Venetsiyaga olib boradigan yo’l ekanligi tarixdan ma’lum. 2002 yil oktyabrda I.Karimov Buxoro viloyatida, G’ijduvon tumanida bo’lib, Abduxoliq G’ijduvoniy masjidida ziyoratda bo’lib, ta’mirlash ishlarini ko’rdilar. Abduxoliq G’ijduvoyniyning 2003 yil 900 yil yubileyga tayyorgarlik borishini ko’rdilar. Shu erdagi M.Ulug’bek madrasasi ham ta’mirlanmoqda.
YuNESKO ning 31-sessiyasi, tasavvuf ilmining namoyondasi, Naqshbandiya tariqatining asoschilaridan biri Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 900 yil xalqaro tarixiy sanalar qatoriga kiritildi. G’ijduvon(G’ishtli devor) so’zidan.
O’zbekiston Prezidentining «2005 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to’g’risida»gi farmoni turizmni kuchaytirdi. 2002 yil 14-15 oktyabr I.Karimov Buxoro. Qashqadaryo, Samarqanda bo’lib, tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ishlarini ko’rdi. 1993 yil Buxoroda Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yillik yubileyi nishonlangan edi.
I.Karimov Imom Ismoil al Buxoriy. Imom Maturudiy maqbaralarini, Bahovuddin Nakshbandiy va Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy yodgorliklarini ko’rdi, maslahatlar berdi.
1997 yil O’zbekiston jahon turizm tashkilotiga a’zo bo’ldi. 2002 yil oktyabrda tashkilotning Buxoroda «Ipak yo’li» mavzusiga bag’ishlangan 4-majlisi bo’ldi.
1997 yil 20 oktyabrda Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zida I.Karimov shunday dedi:
«Bugun milliy ozodlik uchun kurashimiz tarixidan so’z ketar ekan, birinchilar qatorida buyuk Xorazm o’g’lonlaridan Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonlarimizning nomlarini zikr etamiz».
«Bugun o’rganaldigan algebra, algoritm kabi kashfiyotlarga asos solgan Muhammad Muso al Xorazmiy bu go’zal voha nomini dunyoga mashhur etgan...Abu Rayxon Beruniy mana shu muqaddas zaminda tug’ilgan» Xorazmning Zamaxshariydek alloma shu erlik. 1000 yil muqaddam ma’mun Akademiyasi Xorazmda tashkil topgan.
«Xorazm va Xiva zaminida yashagan Paxlavon Maxmud, Sulton Vays, Nasriddin Rabg’o’ziy,Sulaymon Bokirg’oniy, Bahovuddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abdulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug’anniy, Chokar, Sheroziy, Xojixon, Balo baxshi kabi o’nlab va yuzlab allomalar. Shoirlar va san’atkorlar nomini biz bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko’taramiz. Xorazm shoxlaridan Otsiz, Tokish, El Arslon, Sulton Muhammad, Xiva xonlaridan Abdulg’oziy Bahodirxon, Muhammad Raximxon (Feruz) va boshqalarning fozil insonlar, ma’rifatligi va etuk siymolar bo’lganlarini eslab o’tishimiz joizdur.
Abdullaxon madrasasi 1855 yil. Amir To’ra madrasasi 1870 yil.
Yubileyga tayyorgarlik bilan shaharda obodonlashtirish, qayta qurish (rekonstruktsiya) ishlari kuchaydi.
17 asrda Xorazm shahri poytaxtga aylandi. 1873 yil Xivani ruslar bosib oldi. Xivada 1.Olloqulixon madrasasi.
2. Said Alouddin maqbarasi, Ziyoratxona. Daxmadan iborat. 16 asr.
3. Arkda yozgi machit, qishki machit, zarbxona. Ishxona, otxona.
4. Paxlavon Maxmud maqbarasi
Xalq kaxramoni, shoir P. Maxmud maqbarasi devorlarida uning she’rlari yozilgan.
1811 yilda Xiva xonligiqoraqolpoqlarni o’ziga qo’shib oldi.
1873 yilda Qoraqolpoqlar, Turkiston Sirdaryoga qo’shildi.
1918 yil aprelqoraqolpoq erlari Turkiston ASSR sostaviga qo’shildi.
1924 yil 14 oktyabrda KK Avt obl ajratib, 1925 yil 19 fevralda To’rtko’lda sovetlar birinchi quriltoyi bo’ldi.
1932 yil 20 mart QQ Avt obl Avtonom Respublikaga aylandi.
1936 yil O’zbekistonga qo’shildi.
Ichon qal’a devorlari, darvozalar 18-19-asrlar
Ko’hna ark, Yozgi masjid 18-asr Masjidi jome’ 12-19 asr
Sayyid Alouddin sag’anasi 14 asr
Bog’bonli masjid 15 asr
Oq masjid 19 asr
Paxlavon Maxmud kompleksi 19 asr
Paxlavon Maxmud maqbarasi 1810 yil
Muhammad Raximxon sag’anasi 1810 yil
Qutlug’ Murod inoq madrasasi 1804 - 12 yil
Olloqulixon madrasasi 1834 - 1835 yillar
Olloqulixon timi 1834 - 1835 yillar
Tosh xovli saroy 1831 - 41 yillar
Ishratxona, haram
Polvon darvoza ansambili 1832 - 1835 yillar
Toshdarvoza 19 asr
Bog’cha darvoza 19 asr
Masjidi jome’ minorasi 18 asr
Kalta minor 1785 yil
Islom xo’ja minorasi 1908 yil
Polvonkori minorasi 20 asr
Nurillaboy saroyi 1906-1912 yillar
Dafanok saroyi 1914-1915 yillar
Chodra muzofati (xovli) 19 asr
Xorazm markazi xivada Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi 1999 yil 5 noyabrda tantanali nishonlandi. I. Karimov nutq so’zlab Jaloliddin Manguberdi faoliyatidan gapirdi: «Jaloliddin Manguberdi - ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va Davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o’chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir. Jaloliddin Manguberdi - boru yo’g’i o’ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida el - yurt uchun, xalq ozodligi uchun so’nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug’ ajdodimizdir».
Muhammad Xorazmshox Chingizxonga taslim bo’lishni afzal ko’rgan bir paytda Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi o’n bir yil mutassil jang kildi.
«Sulton Jaloliddin Manguberdi o’z elining baxtu saodati uchun hayot momot janglarida jon fido etdi». «Oradan bir asr o’tib Sohibkiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni bosqinchilardan xalos qilib markazlashgan qudratli davlat barpo etdi».
«Sulton Jaloliddin Manguberdi siymosi nafaqat Xorazm, balki bizning ozodligimizga, istiqlolimizga tajovuz qilmoqchi bo’lgan har kanday yovuz kuchga qarshi tik turib kurashishga, mardona zarba berishga qodirligimizning tasdig’i va timsolidir».
«Biz bugun yurtimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasini xurmatlab, muazzam yodgorlik majmuini bunyod etdik. Ko’rib to’rganingizdek, bu ulug’vor xaykal timoslida mard va jasur sarkarda, zo’r iroda, beqiyos matonat sohibi bo’lgan buyuk insonning so’nmas shijoati mujassam topgan».
«Ishonchim komilki Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasorati yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligi ko’z korachig’idek asrab kelayotgan dovyurak askarlarimiz, el - yurt posbonlari, jasur o’g’lonlarimiz siymosida davom etaveradi».

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling