Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati. Reja: Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar
Mavzu Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzliklarning harakati.
Firn havzasi va tog’ muzligi.
|
G’arbiy Pomirda muzliklarning tarqalishi. |
Muz tog’ relьefining tekis, yassi, qor ko’p yog’adigan joylarida to’plana boradi. Alьp - Kavkaz - Pomir tog’lari mintaqasida O’rta dengiz tipidagi nam iqlim o’lkalardan sharqqa qarab O’rta Osiyo cho’llariga tomon qor chizig’ining ko’tarila borishini yaqqol ko’rish mumkin. Yog’in miqdori ham shu yo’nalishda kamayib boradi.
Muzlikdagi muz yuqori plastiklikka - egilish, cho’zilish bilan birga sinish xususiyatiga egadir. Mo’rtlik xususiyati plastiklik xossasiga qarama - qarshidir. Plastiklik holati qancha kuchli bo’lsa, mo’rtlik shuncha past bo’ladi. Muzning plastiklik xususiyati ularning o’zlariga xos bo’lgan donador kristallik strukturasidan kelib chiqadi.
Muzlik tanasida darzliklar ko’plab uchraydi. Dazliklarning ba’zilari muz harakati davomida vodiy yonbag’riga qadalib qolganligi sababli paydo bo’ladi.
Ko’ndalang va bo’ylama darzliklar ko’pincha vodiyning qiyaligi keskin oshgan joylarda hosil bo’ladi. Bunday joylarda muzning egiluvchanligi ham bardosh beraolmaydi. Muzlik alohida bo’laklarga bo’linib ketadi. Muzlikdagi bunday joylarni «muz sharsharasi» deyiladi. «SHarsharadan» pastda nishablik kamaygan joyda muz bo’laklari yana bir-biri bilan payvandlanib ketadi. Muzlikdagi darzlarning kengligi 1-2 m, chuqurligi 200 m gacha boradi.
Muzliklarning harakati. Muzliklar bir qancha sabablarga ko’ra turlicha tezlikda harakatlanadi. Jumladan muzliklarning harakat tezligi muz tog’i relьefining qiyaligiga, muzning qalinligiga, haroratning o’zgarishiga va boshqalarga (tektonik harakatlar, zilzilalarga) bog’liq. Ularning harakat tezligi sutkasiga 1 m dan 10 m gacha, ba’zan 20 m gacha borishi mumkin. Eng tez harakat qiluvchi muzliklar Grenlandiyada kuzatiladi. Upernivik muzligi sutkasiga 38 m gacha harakatlanadi. Muzlik harakat qilishi natijasida unda bo’ylama yoriqlar hosil bo’ladi. Bu yoriqlar muzlikni bir necha bo’laklarga bo’lib yuboradi. Dengizlarda suzib yuruvchi muzli tog’lar - aysberglar shu usulda paydo bo’ladi.
Muzliklarning ko’chirish faoliyati asosan tog’ muzliklarida o’rganilgan. Muzning harakati uning plastiklik xususiyatiga bog’liq. Muzliklar harakati davomida o’z zaminidagi tog’ jinslarini sindirib maydalaydi, muz ichida qotgan jins bo’laklari bilan tubini tirnaydi, sirpanish yuzasini silliqlaydi; yemirilgan materiallarni o’zi bilan katta masofalarga ko’chiradi. Muzliklar bilan ko’chirilgan materiallar gil zarralaridan tortib, to ulkan o’lchamdagi bo’laklargacha bo’ladi.
Ba’zi alьp muzliklari yiliga 6000 m³ hajmdan ortiq massani ko’chiradi. O’tmishdagi materik muzliklari materiallarni yuzlab va minglab kilometr masofalarga ko’chirgan. Bunday yotqiziqlar Rossiyada va Kanadada keng tarqalgan.
Bo’lakli materiallarni ko’chirishda suzuvchi muzlar – aysberglar ham katta ahamiyatga molik. Aysberglar o’zi bilan ko’p miqdordagi materiallarni past kengliklarga ko’chiradi.
Muzlikning bosib kelishi va chekinishi. Muzlikning oxiri doim bir joyda turmasdan dam pastga (oldinga), dam orqaga (yuqoriga) siljib turadi, chunki iqlimning o’zgarishiga qarab muzning hajmi ham o’zgaradi. Iklimning o’zgarishi ko’p yillar mobaynida yoki kutilmagan sabablarga ko’ra qisqa vaqt ichida ro’y berishi mumkin. Yeg’ingarchilik mo’l bo’lgan yili firn havzalari yangi qor qatlamlari bilan qoplanadi, muzlik o’sib kattalashadi, uning «tili» oldinga qarab siljiyli, ya’ni muzlik bosib keladi.
Qurg’oqchilik yillari muzlikning yoppasiga erishi tufayli muzlik «tili» yuqoriga tortiladi ya’ni muzlik chekinadi.
Muzlikning erish - ablyatsiya (muzning erishi, bug’lanishi) jarayoni asosan muzliklarning old qismida - «tilida» kechadi. Bu hodisa (ablyatsiya) arktika muzliklarida ko’proq uchraydi. Muzliklarning kam yoki ko’p bug’lanishi quyosh radiatsiyasiga va kuruq iliq shamollarning ta’siriga bog’likdir. Muzning ustki qismi bilan birga ichki qismi ham eriydi. Muzniig ustki qismi quyosh nuri, yomg’ir, issiq shamollar ta’sirida eriydi. Muzning ichki qismi muz bosimidan va muzning tog’ jinslariga ishqalanishi natijasida paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi ta’sirida ham eriydi.
Muzlik harakatining sustligidan, firn havzasida bo’lgan qorning ozayib-ko’payishi natijasida muzlik tilining «uzayib-qisqarishiga" faqat bir necha yildan keyingina o’z ta’sirini ko’rsatadi. Insoniyatning tabiatdagi faoliyati mintaqadagi iqlimning ancha vaqtlarga ma’lum tomonga o’zgarib ketishiga sabab bo’ladi. Masalan, o’rmonlarning kesilib ketishi, ko’llarning qurib qolishi qurg’oqchilikka olib keladi. Bu esa muzliklarning yildan-yilga orqaga chekinishiga sabab bo’ladi. Bu hol hozirgi vaqtda SHveytsariyadagi Alьp tog’larida, Kavkaz, Oltoy va Tiyon-SHonda yuz bermoqda.
O’lkaning relьefi, muzlikning dengiz sathidan balandligi va yog’inlarning miqdoriga qarab muzliklar har xil kattalikka va o’ringa ega. Uncha baland bo’lmagan tog’larda doimiy qor chizig’i chegarasidan yuqorida faqat eng yuksak cho’qqilargina chiqib turadi.
Bu yerlarda qor qoplagan joylar kam bo’ladi, firn havzalari esa kichkinadir. SHu sababli bu joylardagi muzlar ham ancha uzoqqa bormasdan firn havzasining etagi yoki tog’ning yonbag’ridayoq tamom bo’ladi. Bulardan birinchisi kar, keyingisi esa osma muzliklar deb ataladi.
Kar muzliklarini tog’ yonbag’irlaridagi yarim doira shaklidagi katta pasqamliklarni to’ldirgan firnlar ta’minlab turadi. Karni afsonaviy pahlavonlar o’tiradigan kreslo deb faraz qilish mumkin. Alohida karlarda joylashgan firn havzalari odatda uncha katta emas va unda hosil bo’lgan muzlik tog’ yonbag’riga zo’rg’a chiqib turadi. Karlar ko’pchilik tog’larda uchraydi. Ba’zi qator joylashgan birnecha karlar qo’shilib bir umumiy firn havzasini hosil qiladi va buning natijasida katta muzlikni ham oziqlantirib turishi mumkin.
Tog’ vodiysi ichida joylashgan muzlik - vodiy muzligi deb ataladi.
Download 159.77 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling