To’rtlamchi davr muzliklarning vujudga kelishi sabablari. Yevropa materigida to’rtlamchi davrda iqlimning bir necha marta o’zgarganligi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Tadqiqot natijalariga qaraganda, muzliklarning vujudga kelishiga sayyoramiz miqyosida iqlimning o’zgarishi, vulkanlarning ko’proq harakatga kelishi, atmosferadagi kimyoviy elementlar tarkibining o’zgarishi, qutblarning o’zgarishi va boshqalar sababchi ekan. Neogenning oxiri - to’rtlamchi davr boshlarida Yevropa iqlimi nihoyatda sovib ketadi. Alp va Kavkaz tog’lari muz bilan qoplanadi. Muz faqat baland tog’li o’lkalarnigina emas, balki tekisliklarni ham egallaydi. O’simlik qoldiqlarining topilishi bu muz bosish davrlari orasida uzoq vaqt iliq iqlim davom etganini ko’rsatadi.
Abadiy muzloq yerlar. Kontinentlardagi muz haqida gapirar ekanmiz, doimiy muzloqlik hodisasi haqida ham qisqacha aytib o’tish zarur. Yer sharining deyarli 1/4 qismida o’rtacha yillik harorat manfiy (0°dan past) bo’lagani uchun yer yuzasining tuproq qoplami o’n, yuz va hatto ming yillar davomida muzlab (to’nglab) yotadi. Yer po’stining bunday to’nglab yotgan qismlari doimiy muzloqlar yoki ko’p yillik muzlab yotgan yerlar deyiladi. Ularning qalinligi SHimoliy Sibir pasttekisligida 1,5 km gacha boradi. SHuning uchun ham bu hududda qurilish inshootlari, temir yo’llar, binolar qurishda keng ko’lamli murakkab muxandislik geologiya ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.
Muzliklarni geologik relefni o’zgarishi.
Muzliklarning tog’ jinslarini yemirish hodisasi ekzaratsiya (lotincha - haydayman) deb ataladi. Ekzaratsiyani muz eroziyasi deb ham atashadi. Tog’ vodiylaridan yoki materik qiyaligidan pastga tomon harakatlanganda muzlikning qanday yemirish kuchiga ega ekanligini tushunish qiyin emas, albatta.
Muzlik atrofidagi haroratning keskin o’zgarishi, chunonchi, kunduzi isib, kechasi sovib ketishi natijasida tog’ jinslari yemiriladi. Bu jarayon sovuqdan nurash deb ataladi. Muz ustidagi suv muz yoriqlaridan o’tib, uning ichiga tushib muzlaydi. Muz hajmi kengayadi va muz ostidagi tub jinslar yemiriladi. Bu muzosti nurashi deb ataladi. Muzlik massasining bosimi (1 kub.m.muz - 920 kg) ham juda katta yemirish ishlarini bajaradi. U huddi omochga uxshab yerni haydagandek o’yib ketadi. Tog’ jinslarini tegirmondan chiqqan undek maydalab yuboradi. Muz hosil qilgan vodiy trog deb ataladi. Troglarning silliq, qattiq, qavariq shakli rigel deb, botik, shakli esa haydash vannasi deb yuritiladi. Ularda ko’pincha ko’llar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |