Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati. Reja: Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 159.77 Kb.
bet8/10
Sana23.04.2023
Hajmi159.77 Kb.
#1388612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning tu

Morenalar. Muzlik xarakati natijasida yig’ilgan yotqiziqlar morenalar deb ataladi. Bu yotqiziqlar saralanmagan bo’lib, ular tarkibida gildan tortib katta hajmli jinslargacha bo’ladi.
Firn havzasidagi firnning usti doim toza va oppoq; uning ustiga yon-atrofidagi qoyalardan toshlar to’kilib tursada, yangitdan yog’ayotgan qor uni qoplab qoladi. Muzliklar boshlanishda ancha toza bo’ladilar, ammo keyinchalik ularning ustida morenalar to’planib, o’zining oq rangini yo’qotadi.
Muzlik vodiy bo’ylab pastga tushgan sari vodiyning yonbag’ridagi qorlar tobora ozayib boradi va undagi qoyatoshlar ochilib qoladi. Bu qoyalardan goho-goho muzlik ustiga tosh parchalari qulab tushadi. Qulab tushgan tosh parchalarini siljiyotgan muzlik o’zi bilan olib ketadi, uning o’rniga muzlikning toza qismi siljib keladi. Ular ham o’z navbatida tosh parchalar blan qoplanadi. SHu yo’sunda muzlikning chekkalarida mayda va yirik tosh parchalardan iborat uzun jo’yaksimon tizmalar vujudga keladi. Ularning balandligi va kengligi tog’ yonbag’irlarining balandligi hamda morenalarning qanday mahsulotlardan iboratligiga bog’liq. Bu xildagi jo’yaklar chekka morenalar deb ataladi. Vodiyning yoni qanchalik nishab bo’lsa, shuncha ko’p jins bo’laklari muz ustiga qulab tushadi.
Ko’p muzliklar murakkab tuzilgan bo’ladi. Ular alohi-da firn havzalari-dan oqib chiqqan bir necha kichik muzliklarning qo’shilishi-dan hosil bo’ladi. Ikkita muzlikning qo’shilishidan bitta kattaroq muzlik vu-judga kelgach, ular-ning bir-biriga yondosh tarafdagi chekka morenalari ham qo’shilib yangi, murakkab muzlikning o’rta qismida qoladi. Bunday morenalarga o’rta morenalar nomi berilgan. Murakkab muzlik qancha ko’p mayda muzliklarning qo’shilishidan payda bo’lsa, u shu qadar ko’p o’rta morenalarga ega bo’ladi.
Muzlikning yuzida yotgan barcha morenalar ustki morenalar deb ataladi. Undan tashqari muzliklarda ichki morenalar ham mavjud bo’ladi. Muzlik yorilib, darzlik hosil bo’lganda ustki morenalarning bir qismi darzlikning ichiga kirib qoldi va ichki morenalarni tashkil etadi. Undan tashqari, firnning orasida qolib qor bilan qo’milgan toshlar ham muzlikka qo’shilib, uning ichida qolib ketadi. Vodiy ichidan surilayotgan og’ir muz massasi oqar suvdek vodiyning osti va yonlarini yemiradi, ajralib qolgan tosh parchalarini olib ketadi. Bularga darzliklar ichiga tushib qolgan toshlar ham muzlagan holatda qo’shilib, umumiy muzlikning harakatida ishtirok etadi. Ularning bir qismi vodiy tubidagi chuqurliklarni to’ldirib, to’xtab qoladi. Agar muzlik erib ketsa, uning izini shu belgilar orqali tiklash mumkin. SHu xilda to’plangan materiallar tub (ostki) morenalar deb ataladi.
Tub morenalar ustki va ichki morenalardan olib ketayotgan jins bo’-laklarining o’zaro, vodiyning tagiga va yoniga ishqalanib, silliqlanib bori-shi bilan farq qiladi.
Tub morenalarni tashkil qiluvchi yirik toshlarning silliqlangan sirtida tirnash chiziqlarini ko’rish mumkin. Ba’zan ularning chuqurligi ancha katta bo’ladi. Bu chiziqlar muzda qotib qolgan toshning ikkinchi o’tkir qirrasi bilan tirnashi orqali vujudga keladi. Bunday tirnash chiziqlari muz yamoqlari deyiladi.
Tog’larda muzliklar doimiy qor chizig’i chegarasidan ancha pastga tushib boradi. Bunday sharoitda muzlik ham sekin-sekin eriydi. U qancha pastga tushsa erish tezligi shuncha kuchayadi. Oxiri u kichrayib, batamom yo’qolib ketadi.
Muz erigandan keyin undagi mavjud jins bo’laklari to’planib qoladi. Bu uyumlar oxirgi morena deyiladi.
Firn havzasidagi eski qor qatlamlari ketma-ket hosil bo’lib turgan yangi qor qatlamlarining siqishi ostida firnga aylanadi va zichlashib yupqalashadi. Qatlamlangan firn qatlamli muzga aylanadi. Muzning katlamli tuzilishi ko’pincha uning yoriqlari orasidan ko’rinib turadi.
Agar muzlikning sirtida ustki morenalar mo’l bo’lsa, uning «tili», ya’ni pastki qismi shu morenalar tagida ko’milib qoladi. Bunday vaktda chekka va o’rta morenalarning qushiluvidan hosil bo’lgan, mayda va yirik toshlarning betartib to’dalarini ko’rgan kishi ularning ostida muz borligini hayoliga ham keltirmaydi. Faqat vodiyning yuqorirog’iga borgandan keyingina unda-munda toshlar tagidagi muzni ko’rib qoladi.
Agarda muz qalin, ustki morenalar siyrak bo’lsa, muz jarligini va uning etagida yorilib parchalangan muz bo’laklarini ko’ramiz; jarlikning tagida kattagina suv oqimi, ba’zan esa butun bir daryo oqib turadi. Muzlikning ustidan erigan suvlar yoriqlar bo’ylab uning ichiga oqib tushadi.
Ulardan vujudga kelgan daryocha chiroylikkina muz o’ng’uridan katta tezlikda sharqirab oqib chiqadi. Huddi shu yerning o’zida, ya’ni o’ng’urning oldida erigan muzdan chiqqan va yuqoridan tushgan morenalar tudalashib yotadi.
Muzlik ostidan oqib chiqadigan daryochaning suvi odatda loyqa bo’ladi, chunki u o’zi bilan muzning erishidan hosil bo’lgan mayda qum-chang va gillarni tashqariga olib chiqadi. Undan tashqari, suv ichki va tub morenalardan bo’shagan katta-katta g’o’latoshlarni ham yumalatib chiqadi. Muzlikning ichidan tashqariga chiqib olgan suv oqimi to’planib yotgan oxirgi morenalarni ham yuvib, undan ham ko’p narsalarni kuchi yetgancha oqizib ketadi.
Daryochaning kuchi keskin o’zgarib turadi. Qishda muz erimaydi, suv ham oz, kuz va bahor paytlarida erish ozgina kuchayib, daryochada suv ancha ko’payadi; yozda muz erishi avj olgan paytlarda esa, suvi ko’payib ketadi. Muzlik oxiridan ma’lum masofagacha, ba’zan birnecha kilometrgacha, ancha joy suv olib kelib yotqizgan qum, shag’al va g’o’latoshlar bilan qoplangan bo’ladi. Bunday yotqiziqlar flyuvioglyatsial yotqiziqlar deb ataladi. Muz erishidan hosil bo’lgan suv oqimlari yon, ustki va ichki morenalarni yuvib, ko’chirib yotqizadi. Bunda turli o’lchamdagi aralashgan materiallar hosil bo’ladi va ular tillitlar deb ataladi.

Download 159.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling