Mavzu: Muzokaralar olib borish tartibi. Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va bosqichlari. Jamoa kelishuvlarining mazmuni. Reja
Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni
Download 80.5 Kb.
|
Mustaqil ish
5. Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni
Jamoa kelishuvlari - bu xodimlar vakillik organlari va ish beruvchilar vakillik organlari ishtirokida tuziladigan, sotsial-mehnat munosabatlarini mamlakat, tarmoq yoki mintaqa doirasida tartibga solishga qaratilgan huquqiy-normativ aktdan iborat. Jamoa kelishuvi ham jamoa shartnomasi singari sotsial-sheriklikning huquqiy shakli bo'lsada, ammo uning qoʻllanilish sohasi va xususiyati o'zgachadir. Mehnat Kodeksida aytilganidek, jamoa kelishuvi qoʻllanish doirasiga ko'ra bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) kelishuvlardan iborat boʻlishi mumkin. Jamoa kelishuvi tuzishdan koʻzlanadigan asosiy maqsad mamlakat, tarmoq, mintaqa miqyosida sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishda umumiy tamoyillarni belgilashdan iborat. Jamoa kelishuvi tuzilishida ikki yoki uch tomon (markaziy yoki mahalliy davlat organi) ishtirok etadi.Bosh kelishuv O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organi) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o'rtasida, taraflarning taklifiga ko'ra esa O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi. Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi. Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (boshqa xodimlar vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) oʻrtasida, taraflar taklifi bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan tuziladi. Tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, mehnat shartnomalari va unga haq to'lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi. Mintaqaviy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o'rtasida, taraflarning taklifi bilan esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi. Unda hududning xususiyatlari bilan bogʻliq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo'llari belgilandi.Jamoa kelishuvlari yuzasidan muzokaralar boshlash, uning loyihasini ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish tartiblari jamoa shartnomalari tuzish tartiblariga o'xshashdir. Taraflar tamonidan imzolangan jamoa kelishuvi va uning ilovalari yetti kun muddatida kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek bildirish ro'yxatidan o'tkazish uchun O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlariga yuboriladi.Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi. Jamoa kelishuvlarida: ●mehnatga haq toʻlash, mehnat shartlari va mehnatni muhofaza qilish, mehnat va dam olish rejimi toʻgʻrisidagi; ●mehnatga haq toʻlashni narxlarning oʻzgarishlaridan, inflyatsiya darajasidan, jamoa kelishuvlarida belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda tartibga solish mexanizmi haqidagi; ●eng kam miqdori qonunchilikda nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qoʻshimcha toʻlovlar toʻgʻrisidagi; ●xodimlarning bandligiga, ularni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish haqidagi; ●ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sogʻligʻini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi; ●xodimlarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha maxsus tadbirlar haqidagi; ●davlat tashkilotlarini xususiylashtirish chogʻida xodimlarning manfaatlari hisobga olinishi toʻgʻrisidagi; ●yuqoriroq darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan shaxslar (homilador ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar va boshqalar) uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etayotgan ish beruvchilarga beriladigan imtiyozlar haqidagi; ●ijtimoiy sheriklikni va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga koʻmaklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin. Jamoa kelishuvlarida qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir qoidalar boʻlishi mumkin. Jamoa kelishuvlarida: ●xodimlarning holatini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shuningdek amal qilishi ushbu xodimlarga nisbatan tatbiq etiladigan yuqoriroq darajadagi jamoa kelishuvlariga qaraganda yomonlashtiradigan; ●mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan; ●majburiy mehnatni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan; ●ijtimoiy sheriklikning tegishli darajasida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalardan tashqariga chiqadigan shartlar boʻlmasligi kerak. Agar jamoa kelishuvida yuqorida nazarda tutilgan shartlar boʻlsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa kelishuvi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa kelishuvining umuman haqiqiy emasligiga sabab boʻlmaydi.Jamoa kelishuvlari tamonlar kelishuvi bilan qo'shimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Jamoa kelishuvi taraflar imzolagach kuchga kiradi va tomonlar belgilagan muddat davomida amal qiladi. Jamoa kelishuvining muddati uch yildan ko'p bo'lmasligi kerak. Xulosa Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari bajarilishi lozim. Jamoa shartnomasi va Jamoa kelishuvini bajarish deganda ularning mazmunini tashkil etuvchi vazifalar, shartlarni amalga oshirilishi tushuniladi. Yuridik nuqtai nazardan jamoa shartnomasi va kelishuvlarni bajarilishi xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida ijtimoiy-sherikchilik kayfiyatlari qaror topishi uchun huquqiy muhitni yaratish, sotsial kelishmovchiliklarni bartaraf qilish, bartaraf qilish, ishlovchilar uchun qulay infratuzilmalar yaratilishini ta'minlash, xodimlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali tarzda himoya qilishga qaratiladi.Jamoa shartnomasi tomonlar vakillari imzolagan paytdan kuchga kiradi va unda ko'rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Uning eng ko'p muddati qonunlarda belgilab qo'yilgan emas. Korxona qayta tashkil etilganida qayta tashkil etish davrida jamoa shartnomasi o'z kuchini saqlab koladi va keyinchalik qayta tuzilishi mumkin. Korxona mol-mulkining egasi oʻzgarganda jamoa shartnomasi o'z kuchini olti oy davomida saqlab qoladi. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlarining bajarilishi taraflar vakillari, mehnat jamoasi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tomonidan tekshirib boriladi.Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o'zida ko'rsatilgan muddatlarda undagi majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasiga (umumiy majlis yoki mehnat jamoalari konferensiyasiga) hisobot berib turadi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 34-moddasiga muvofiq jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari disiga muvofiq jamoa shart to'g'risidagi qonunlarni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar tegishli huquqiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling