Mavzu: Muzokaralar olib borish tartibi. Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va bosqichlari. Jamoa kelishuvlarining mazmuni. Reja


Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning tuzilish tartibi


Download 80.5 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1498331
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish

3. Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning tuzilish tartibi
Jamoa shartnomasi taraflari sifatida bir tomondan - o'z vakillik organi (kasaba uyushmasi qo'mitasi) orqali korxona mehnat jamoasi a'zolari bo'lgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa o'z rahbar orqali korxona ish beruvchisi qatnashadi. Jamoa shartnomasi tarafi sifatida ayrim olingan xodim emas, balki korxona yoki tarkibiy boʻlim (sex, bo'lim va h.k.) mehnat jamoasi yaxlit holda qatnashadi. Xodimlar yoki mehnat jamoasi Jamoa shartnomasi qabul qilinishda bevosita qatnashmaydi va bu vazifa kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan bajariladi.Amaldagi mehnat qonunchiligi normalariga koʻra jamoa shartnomasi ishlab chiqish va qabul qilishning majburiy qoidalari (protsedurasi) nazarda tutilgan. Muzokoralar olib borish jamoa shartnomasi ishlab chiqishdagi dastlabki bosqich sanaladi.Jamoa shartnomasining loyihasi tashkilotning boʻlinmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinishi lozim hamda kelib tushgan takliflar va mulohazalar hisobga olingan holda ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya tomonidan maromiga yetkaziladi.Jamoa shartnomasining maromiga yetkazilgan loyihasi mehnat jamoasining umumiy yigʻilishiga (konferensiyasiga) koʻrib chiqish uchun kiritiladi.Jamoa shartnomasining loyihasi jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish uchun tegishli kasaba uyushmalariga, ularning birlashmalariga, boʻlinmalarga va kasaba uyushmalari qoʻmitalariga taqdim etilishi mumkin.Jamoa shartnomasining maromiga yetkazilgan loyihasi mehnat jamoasining umumiy yigʻilishiga (konferensiyasiga) koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Buning uchun manfaatdor tomon ikkinchi tomonga yozma xabar yuboradi. Tegishli yozma xabar olganidan keyin yetti kun ichida taklifni olgan taraf muzokoralarga kirishi lozim. Xodimlar nomidan ish beruvchi vakili sanaluvchi shaxslar tomonidan muzokaralar olib borishga yo'l qo'yilmaydi. Muzokaralar olib borish jarayonida tomonlar oʻrtasida tortishuv yuz beradigan boʻlsa, bu holda tegishli tortishuv yuzasidan bayonnoma tuziladi va 3 kun ichida kelishtirish komissiyasi tuziladi. Komissiya qarama-qarshiliklarni bartaraf eta olmasa, unday holda nizoni hal etish uchun tomonlar o'zaro kelishib belgilaydigan organga murojaat qilinadi.
Muzokaralar olib borishda bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun qo'shimcha kafolatlar belgilangan boʻlib, ularning oʻrtacha ish haqlari saqlangan holda vazifalarini bajarishdan ozod qilib qo'yiladi. Bo'lajak jamoa shartnomasi qoidalari dan ozod qub qo'yiladi. Boyla haqida aniq muzokaralar olib borishlik uchun tomonlar tenglik asosida zarur vakolatlarga ega bo'lgan komissiya tuzadi. Komissiya mustaqil ravishda ish olib boradi va ish beruvchi uning samarali ishlashi uchun zarur sharoitni yaratib berishga majbur sanaladi. Jamoa shartnomasi tuzishga doir muzokaralarni olib borish tartibi O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 32-moddasida belgilangan. Qonunda muzokaralar chog'ida yuz bergan kelishmovchiliklarni hal etish, yagona xulosaga kelish imkoni boʻlmaganida muammoni hal etish tartiblari belgilab qo'yilgan.
Jamoa shartnomasi, agar mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) hozir boʻlganlarning ellik foizidan koʻprogʻi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, maʼqullangan hisoblanadi. Agar jamoa shartnomasining loyihasi maʼqullanmasa, ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya uni umumiy yigʻilishning (konferensiyaning) takliflari va mulohazalariga muvofiq maromiga yetkazadi hamda oʻn besh kun ichida umumiy yigʻilishda (konferensiyada) koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etadi.Taraflar jamoa shartnomasi loyihasini koʻrib chiqish chogʻida hal qila olmagan ixtiloflarni hal etish boʻyicha nizolar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) maʼqullanganidan keyin taraflarning vakillari uch kun ichida jamoa shartnomasini imzolaydi.Jamoa shartnomasi imzolangan kundan eʼtiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq koʻpi bilan uch yil amal qiladi. Mazkur muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguniga yoki amaldagi jamoa shartnomasini oʻzgartirguniga, toʻldirguniga qadar amal qiladi. Taraflar jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uni uzaytirishi mumkin. Jamoa shartnomasining amal qilishi ish beruvchiga va tashkilotning barcha xodimlariga, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan, tashkilotning alohida boʻlinmasida tuzilgan jamoa shartnomasining amal qilishi esa tegishli boʻlinmaning barcha xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.Jamoa shartnomasining amal qilishi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan ham tatbiq etiladiTashkilot qayta tashkil etilayotganda shu qayta tashkil qilish davrida jamoa shartnomasi oʻzining amal qilishini saqlab qoladi.Tashkilotni qayta tashkil etish yakunlangan paytdan eʼtiboran bir oy ichida jamoaviy muzokaralarning istalgan tarafi amaldagi jamoa shartnomasini qayta koʻrib chiqish yoki oʻz kuchida saqlab qolish toʻgʻrisida taklif kiritishga haqli.Tashkilotning mulkdori oʻzgarganda jamoa shartnomasining amal qilishi olti oy mobaynida saqlab qolinadi. Bu davrda taraflarning yangi jamoa shartnomasini tuzish yoxud amaldagisini saqlab qolish, unga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish haqida muzokaralar boshlashga haqli. Jamoa shartnomasini qayta koʻrib chiqish chogʻida avvalgi jamoa shartnomasida xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlarni saqlab qolish mumkinligi haqidagi va boshqa shartlarni bajarish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi
4 Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi.
Jamoa shartnomasining mazmuni deganda sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadini ko'zlovchi va taraflar kelishib belgilaydigan shartlar (qoidalar) yigʻindisi nazarda tutiladi. Tarkibiy jihatdan bu shartlar uch turga:
a) normativ;
b) majburiy;
v) axborotga oid shartlarga bo'linishi mumkin.
Normativ shartlar - jamoa shartnomasi tomonlari oʻzaro kelishib belgilaydigan va mazkur korxona xodimlari uchun majburiy kuchga ega boʻlgan lokal normativ huquqiy qoidalar hisoblanadi. Jamoa shartnomasining normativ qoidalari huquqiy masalalarning uch guruhini hal qilishga qaratilgan boʻlib, ular: 1) qonun hujjatlarida bu masalani hal qilishning jamoa shartnomasi tuzish tartibi nazarda tutilgan bo'lsa; 2) qonunda nuqsonlar (probela) mavjud bo'lsa va ularni jamoa shartnomasi vositasida hal qilish qonunlarga zid kelmasa; 3) qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini aniqlashtirish zarur bo'lsa va uni jamoa shartnomasi orqali amalga oshirish imkoni bo'lsa.
Mehnat Kodeksi va boshqa mehnat qonunlari jamoa shartnomasi normativ qoidalari bilan qonunchilik oʻrtasidagi nisbatni belgilagan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 4-moddasida aytilishicha: Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlari bilan belgilab qo'yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo'shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlarda, shu jumladan shartnoma yo'sinidagi hujjatlar (Jamoa kelishuvlari, Jamoa sharnomalart, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin». Bu qoidalar qo'shimcha mehnat ta'tili berish, pensiyaga ustamalar qo'shib berish, yo'l-transport xarajatlarini qoplab berish, ovqat pulini to'lash, boshqa qoʻshimcha to'lov va kompensatsiyalardan iborat bo'lishi mumkin.Korxonada mavjud boʻlgan zararli va og'ir ishlar, kasblar ro'yxati, moddly Javobgar shaxslar doirasi, mehnat intizomini qo'pol tarzda buzish tushunchasi va boshqa ko'plab masalalar jamoa shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.Jamoa shartnomasining majburiy shartlari taraflarning u yoki bu masalaga old aniq majburiyatlarini, bu majburiyatlarni ko'p marta takror-takror ijro etilishini o'z ichiga oladi.Jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 67-moddasiga koʻra: Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar boʻyicha oʻzaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
-mehnatga haq to'lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo'shimcha to'lovlar;
-narxlarning oʻzgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko'rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to'lashni tartibga solish mexanizmi;
-xodimlarni ish bilan ta'minlash, qayta o'qitish, ishdan bo'shatib olish shartlari; ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta'tillarining muddati;
-xodimlarning shu jumladan ayollar va 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta'minlash;
-korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirishda xodimlaring manfaatiga rioya qilish;
-ishni ta'lim bilan qo'shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
-ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug'urta;
-jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat koʻrsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish
Jamoa shartnomasiga boshqa shartlar, shu jumladan xodimlar ahvolini qonunlarda belgilanadigan yaxshilashga, qo'shimcha imtiyozlar berishga qaratilgan shartlar kiritilishi mumkin.Jamoa shartnomasining axborotga oid shartlari Mehnat Kodeksidan, boshqa qonun hujjatlaridan olingan normalardan iborat boʻlib, ularning hajmi ko'payib ketishi mumkin emas.
Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar boʻlmasligi kerak:
•xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;
•mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
•majburiy mehnatni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan;
•ichki darajada hal etilishi mumkin boʻlgan masalalardan tashqariga chiqadigan.
Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar boʻlsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab boʻlmaydi.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling