Mavzu: Muzokaralar olib borish tartibi. Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va bosqichlari. Jamoa kelishuvlarining mazmuni. Reja


Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga solinishidagi o'mi


Download 80.5 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1498331
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish

2. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga solinishidagi o'mi
Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan va tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda korxonalardagi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashning, zarur ishlab chiqarish sharoitlari yaratilishini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy vositalaridan biri jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvidir. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlarning ham, ish beruvchilarning ham faolliklarini oshirishga yordam beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasida ta'kidlanganidek, Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi korxonalarda, muayyan kasb xodimlari, tarmoq, hudud xodimlarining mehnatga oid Ijtimoiy-iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnat shartlari va Ijtimoiy kafolatlar belgilashga qaratilgan me'yoriy hujjat hisoblanadi.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga, ulaming ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Mehnat Kodeksining 65-moddasiga ko'ra: Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan oʻz vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat toʻgʻrisidagi huquqiy hujjatdir.
Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida boʻlinmalarida tuzilishi mumkin.Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralar oʻtkazish, ish beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi ushbu alohida boʻlinma rahbariga yoki boshqa shaxsga ushbu Kodeksning 46-moddasiga muvofiq zarur vakolatlar beradi.Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralarni oʻtkazish, jamoa shartnomasini imzolash chogʻida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu boʻlinma xodimlarining vakillariga beriladi.Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi
Jamoa shartnomasi - korxona, uning filiali, vakolatxonasi xodimlari bilan ish beruvchi oʻrtasida tuziladigan va sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiluvchi huquqiy aktdir. Oʻzbekistonda mehnat bozorining vujudga kelishi va mehnat sohasida yangi ijtimoiy aloqalarni paydo boʻlishi munosabati bilan jamoa shartnomasi mohiyati va mazmuni oʻzgarib bormoqda. Hozirgi paytda jamoa shartnomalari xodimlar Praxish beruvchilar o'rtasidagi sotsial-sherikchilik munosabatlarining, bevosita mehnat munosabatlarining tartibga solishning asosiy shakllaridan biriga aylanmoqda.Bugungi kundagi jamoa shartnomasi konkret korxona va tashkilotlarda Mehnat Kodeksi vazifasini bajaruvchi lokal normativ hujjat tusini olib borayotir. Uning vositasida ayrim olingan bir korxona-tashkilotda uning mulkchilik shaklidan qat'i nazar mehnat sharoitlarining avtonom tizimiga erishish ta'minlanmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida jamoa shartnomalarining huquqiy mohiyati bir xil boʻlmasdan, ikki tomonlama tamoyilga asoslanadi. Birinchidan, korxona mulkdori, tadbirkorning korxonani boshqarishdagi avtonomligi, ikkinchidan esa mehnat, sotsial-iqtisodiy va kasbiy masalalarning hal etilishida kasaba uyushmalari faol ishtirok etishi tamoyillari amal qiladi.Jamoa shartnomasi o'z maqsadlari tarqaladigan shaxslar doirasi, normativ-yuridik kuchiga koʻra odatdagi fuqarolik-huquqiy shartnomalardan tubdan farq qiladi.Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror va uni tuzish masalasi boʻyicha jamoaviy muzokaralar boshlash toʻgʻrisidagi taklif istalgan tarafdan berilishi mumkin.
Mehnat Kodeksning 49-moddasida belgilangan tartibda jamoaviy muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiya tuziladiSotsial-sherikchilik munosabatlarini korxona, tashkilot darajasida tartibga soluvchi lokal normativ-huquqiy hujjat sifatida jamoa shartnomasi ikki tomon: yollanma xodimlar va ish beruvchilar manfaatini oʻzida ifodalaydi. Shu sababli bunday hamkorlik shakli bipartizm nomini oldi.Sotsial sherikchilikning boshqa shakllari mintaqa, tarmoq darajasida - mintaqaviy Jamoa kelishuvlari, umumdavlat miqyosida - bosh jamoa kelishuvlari ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bundan sotsial hamkorlik ko'pchilik hollarda nafaqat ikki tomon (xodim va ish beruvchi) manfaatlarini balki unda uchinchi tomon sifatida qatnashuvchi davlat manfaatlarini ifodalaydi.Jamoa shartnomasi mehnat huquqining muhim institutlaridan biri sifatida qonunlar, qonun hujjatlari, tarmoq lokal normativ-huquqiy hujjatlarini keng kamrab oladi. Bular qatoriga O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (29-56-moddalar), Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun va boshqa qonunlar; O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashning 2000 yil 10 yanvardagi 35-05/11-sonli «<2000 yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish boʻyicha tavsiyalar», koʻplab tarmoq va mintaqa kelishuvlari, kasaba uyushmalari faoliyati va boshqalarni kiritish mumkin.
Korxonalarda jamoa shartnomalari tuzilishi quyidagi tamoyillarga tayanadi: a) qonunlarga amal qilish shartligi;
b) taraflar vakillarining vakolatliligi;
v) taraflarning teng huquqliligi;
g) jamoa shartnomasi tarkibiga kiruvchi masalalar tanlanishining va muhokama masi tarkibiga kiruvchi masa etilishining erkinligi;
d) majburiyatlarni zimmaga olinishining ixtiyoriyligi;
e) olingan majburiyatlar bajarilishining ta'minlanishi;
J) jamoa snarmomasi shartari bajarish ustidan nazorat olib borilishi va javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasi shartlari va unda ko'zda tutilgan normativ-huquqiy qoidalar tegishli korxona ish beruvchisi hamda xodimlari uchun majburiy kuchga ega. Ammo undagi qoidalar xodimlar ahvolini qonunda belgilanganidan yomonlashuvini ko'zda tutadigan bo'lsa, uning qoidalari o'z-o'zidan huquqiy hisoblanmaydi.Jamoa shartnomalari tuzishning bugungi kungi g'oyasi qonunlar doirasidan tashqarida, qonunchilikka va davlat manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda mehnat munosabatlarini tartibga solishda sotsial-sherikchilikni kuchaytirishga qaratilgandir.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling