Mavzu: mysqlda ma’lumotlar bazasi Reja: Mysql haqida umumiy tushuncha


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1097584
1   2   3
Bog'liq
MYsqlda malumotlar bazasi

MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o'zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o'zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so'ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o'rganib boramiz.

  • MySQL Community tipining ham 2 turi mavjud bo'lib, biri Essentials(boshlang'ich) talqini, ikkinchisi Installer deyiladi. Essential turida faqat server mavjud bo'lib, hech qanday qo'shimcha komponenlar yo'q, Installerda esa bir necha qo'shimcha komponentlar mavjud bo'lib, hajmi ham kattaroq. Essential talqini zip arxivda beriladi, Installer esa msi fayli ko'rinishida bo'ladi.

  • Undan tashqari mysql ni ko'chirib olishda, operatsion tizimning qaysi bitligini ham inobatga olish lozim. Saytda ham, 64 va 32 uchun alohida mysql dasturini fayllari taklif qilinadi.

  • MySQL ishlashi uchun, hech qanday Apache serveri, hech qanday PHP kerak emas. Faqatgina bazani o'zini o'rganmoqchi bo'lsangiz, Apache PHP larni o'rnatmang. Bular faqat to'liq sayt yaratish uchun kerak. To'g'ri bularni o'rnatish ham qiyin emas, lekin ortiqcha narsalar. Bazani mukammal o'rganganingizdan so'ng qolgan narsalarni o'rnatib, sozlovchi fayllar orqali bir birlarini bog'lab olasiz.


    Ya'na bir narsa, ko'pchilik saytlarda oldin Apache qo'ying, keyin mysql va oxirida PHP ni o'rnating degan maqolalarni uchratish mumkin. Umuman olganda ketma-ketlikning umuman farqi yo'q, birgalikda ishlashsa ham, bular hammasi alohida — alohida dasturlar.
    Agar hali ham mysql nimaligini anglay olmagan bo'lsangiz, oxirgi tushuntirish gaplarini yozaman, bu — ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo'lib, bu tizimga sinonim tizim qilibOracle, MS SQL SERVER larni misol qilish mumkin.
    MySQL ma'lumotlar bazasi nima?
    MySQL relyatsion ma'lumotlar bazasi bo'lib, unda ma'lumotlar tuzilgan formatda to'planadi va saqlanadi. Ushbu ma'lumotlar bazasi katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin va yaxshi himoyalangan, shuning uchun ko'plab hozirgi korporativ kompaniyalar undan ma'lumotlarni saqlash va saqlash maqsadlarida foydalanmoqda. MySQL ochiq kodli litsenziya ostida chiqariladi. SHunday qilib, sizda undan foydalanish uchun hech qanday to'lov yo'q. MySQL o'z-o'zidan kuchli dasturiy ta'minotdir. U eng qimmat va murakkab ma'lumotlar bazasi yechimlarida topilgan xususiyatlarning muhim qismini boshqarishi mumkin. MySQL keng tarqalgan ishlatiladigan SQL ma'lumotlar tilining standart versiyasidan foydalanadi. MySQL turli xil operatsion tizimlar va tillar, jumladan PHP, PERL, C, C++, JAVA va boshqalar bilan mos keladi. Ushbu sabablarning barchasi tufayli yangi boshlanuvchilar o'rganishga katta qiziqish bildiradilar va MySQL bilan ishlashdan zavqlanadilar.

    Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling