Mavzu: Nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida xamshiralik ishi. Reja
Plevra bo’shlig’iga drenaj qoyilgan bemorlar parvarishi
Download 24.58 Kb.
|
Nafas a’zolari, ko’krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida xamshiralik ishi.
Plevra bo’shlig’iga drenaj qoyilgan bemorlar parvarishi
Plеvrа bo‘shlig‘idаn hаvоni chiqаrib yubоrish uchun o‘rtа o‘mrоv chizig‘i bo‘ylаb ikkinchi qоvurg‘а оrаsidа punksiya qilinаdi, qоnni chiqаrish uchun оrqа qo‘ltiqоsti chiziq bo‘ylаb 7–8 qоvurg‘аlаr аrо funksiya qilinаdi. Infuziоn tеrаpiya ko‘krаk shikаstidа, tаshqi qоn kеtish miqdоrini, А/Bning tushishini аniqlаb buyurilаdi. Yurak-o‘pka reanimatsiyasi to‘satdan klinik o‘lim sodir bo‘lganda bajariladi. Klinik o‘lim yuz bergan vaqtdan 5 daqiqadan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, reanimatsiya tadbirlari o‘tkaziladi. Shuning uchun odatda yurak-o‘pka reanimatsiyasi yordam beruvchining ko‘z o‘ngida yuz bergan hollarda amalga oshiriladi.Davolab bo‘lmaydigan kasalliklarda va kasallikning oxirgi bosqichlarida yuz bergan o‘limda yurak-o‘pka reanimatsiyasi qilinmaydi. Yurak-o‘pka reanimatsiyasini P.Safar uch davrga ajratgan (har bir davr uch bosqichdan iborat): I davr. Organizm hayotini elementar ta’minlash. 1-bosqich – nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash; 2-bosqich – «og‘izdan og‘izga», «og‘izdan burunga», «og‘izdan og‘izga va burunga» usulidan birini qo‘llab o‘pka sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazish; 3-bosqich – yurakni yopiq (bilvosita) massaj qilish. iidavr. organizmning hayotiy muhim funksiyalarini quvvatlash. Mustaqil qon aylanishini tiklash, qon aylanishi va nafas ko‘rsatkichlarining barqarorligini ta’minlash tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 1-bosqich – dori vositalari va infuzion eritmalarni venaga yuborish; 2-bosqich – elektrokardiografiya; 3-bosqich – qorinchalar fibrillatsiyasini defibrillyator yordamida bartaraf qilish. Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilish sabablari: koma holatida mushaklar bo‘shashganligi sababli nafas – yo‘llarining til ildizi yoki hiqildoq qopqog‘i bilan bekilib qolishi; nafas yo‘llariga qusuq massalari yoki qon laxtalari tiqilib – qolishi; laringospazm; – bronxospazm; – bronxlar shilliq qavatining shishishi; – yod jismlar tiqilib qolishi. – Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash. Safar usuli (boshni orqaga egish, og‘izni ochish, pastki jag‘ni oldinga surish): o‘ng qo‘l peshonaga qo‘yiladi; – chap qo‘l bilan pastki jag‘dan ushlab og‘izni ochiladi; – pastki jag‘ni oldinga suriladi. – Nafas yo‘llaridan yod jismlarni olib tashlash 1. Nafas yo‘llarini suyuq moddalardan tozalash: bir yoki ikki barmoqqa salfetka o‘rab og‘izga kiritiladi va tozalanadi; noksimon balloncha yoki elektroso‘rg‘ich yordamida so‘rib olish. Buning uchun bemorni yonboshlatib yotqizish qulayroq, agar umurtqaning bo‘yin sohasi shikastiga gumon bo‘lsa, uni o‘girishda bosh, bo‘yin va ko‘krak qafasini bir tekislikda saqlash lozim (orqa miyani shikastlab qo‘ymaslik uchun). 2. Qattiq jismlardan tozalash: ko‘rsatkich barmoqni ilgak ko‘rinishida bukib og‘izdan yod jism olinadi; ikkinchi va uchinchi barmoqlarni pinset ko‘rinishida kiritib olinadi; anesteziologik qisqich yoki Lyuerning darrachali qisqichi yordamida olinadi. Quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 1. Agar jabrlangan hushida bo‘lsa: jabrlangandan yo‘talishni so‘raladi; reanimator jabrlangan boshini mumkin qadar pastga engash tirib, orqasiga kuraklar orasiga 3–5 marta uradi; jabrlangan orqasidan quchoqlab bir mushtumini kindikdan – sal yuqoriroqqa ikkinchi qo‘lini birinchisi ustidan ushlab bir necha bor siqadi – Geimlih usuli. 2. Agar jabrlangan behush bo‘lsa: bemor yonboshiga o‘giriladi, kuragi orasiga orqasidan kaft bilan 3–5 marta uriladi; bemorni chalqancha yotqizib kindikdan sal yuqoriroqqa bir-birini ustiga qo‘yilgan kaftlar bilan bosiladi, bunda reanimator bemor yonida tizzalab turadi yoki bemorning ustiga minib oladi. Nafas yo‘liga havo o‘tkazgichni kiritish. Ko‘rsatmalar: til bilan nafas yo‘li bekilib qolishining oldini olish. Jihozlar: havo o‘tkazgich; – shpatel; – rezina qo‘lqop; – dezinfeksiyalovchi eritmali idish. – Harakat tartibi: 1. Rezina qo‘lqop kiyish. 2. Bemor boshini orqaga egish. 3. Barmoqlarni tish orasiga kiritib yoki pastki jag‘ni ko‘tarib bemor og‘zini ochish. 4. Havo o‘tkazgichni og‘izga uchini yuqoriga qaratib kiritish va 180° ga o‘girish yoki shpatel yordamida til ildizini bosib havo o‘tkazgichni uchini pastga qaratib kiritish. 5. Muolaja tugagandan so‘ng shpatel, rezina qo‘lqoplarni dezin feksiyalovchi eritmali idishga solish. O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi (O‘SV) Ko‘rsatmalar: nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash, laringospazm, nafas yo‘llariga qusuq massasining tiqilib qolishi, tilning halqumga ketib qolishi, intubatsion naychaning buralib ketishi. O‘pkaga sun’iy nafas berishning Silvester va Nilson usullaridan «og‘izdan og‘izga», «og‘izdan burunga» va «aralash» usulidan foydalaniladi.O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi ekspirator usullari jabrlanuvchining o‘pkasiga (uning og‘zi yoki burnidan) reanimator tomonidan puflab havo berish. Bemor o‘pkasiga reanimator o‘pkasidan chiqayotgan havo kiradi, uning tarkibida 16–18% kislorod bo‘ladi.Og‘izdan og‘izga nafas berish – bu usul bilan o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi qilinganda, bir qo‘l bilan bemorning boshi orqaga bukiladi (qayiriladi). Katta va ko‘rsatkich barmoqlar bilan burun kataklari qisib berkitiladi. Ikkinchi qo‘l bilan bo‘yinni orqaga bukiladi (nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash). Chuqur nafas olinib, lablarni bemorning lablariga yopishtiriladi va kuch bilan bemorning o‘pkasiga havo puflanadi. Bunda bemorning ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kerak. Og‘izni og‘izdan olinganda passiv nafas chiqarish sodir bo‘ladi (ko‘krak qafasi pasayishi hisobiga). Bemorning ko‘krak qafasi pasayib, dastlabki holatga kelgach, ikkinchi nafasni berish mumkin. Download 24.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling