Daromadning xarid qobilyatiga ta’siri daromad samarasi deyiladi.
Narxning ortishi daromad samarasini pasaytiradi va aksincha, tovarning arzonlashuvi uning samarasini oshiradi. Gap shundaki, turli narx sharoitida muayyan daromadning xarid qobilyati har xil bo’ladi.Masalan, tufli 400 so’m bo’lsa, 1200 so’mlik pulga undan 3 tasini olish mumkin. Agar u arzonlashib 300 so’mga tushsa. Undan 4 tasini olish mumkin. Bunda daromadning xarid qobilyati 33,3 foizga o’sgan bo’ladi.Agar tufli narxi 600 so’mga chiqsa , daromadga undan 2 tasini beradi, endi xarid qobilyati pasaygan bo’ladi.
Daromaddan tashqari talabga ta’sir ko’rsatadigan omillardan biri o’rinbosar tovarlarning borligi yoki yo’qligi, ularning arzon yoki qimmatligidir.
Muayyan tovarga talab o’rinbosar tovarlar narxiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi.
Masalan: Avtomashina arzon bo’lsa, ko’p miniladi, benzin, moy va ehtiyot qismlarga talabni oshiradi.
Bozor sigmentatsiyasi tushunchasi va tahlili
Bozorning eng muhim belgisi shundan iboratki, tovar ishlab chiqaruvchi o’z manfaati yo’lida harakat qilib, oqibatda boshqalar farovonligiga ta’sir ko’rsatadi. Bozorning qay darajada rivojlanganligini uning hajmi belgilaydi. Mehnat taqsimoti naqadar chuqur bo’lsa, bozor xajmi ham shunga muvofiq ortib boradi. Bozor hajmi oldi-sotdi miqdori ya’ni, tovar oborotining hajmi bilan o’lchanadi. Bu esa ayrboshlanadigan tovar va xizmatlar miqdoriga, ularning har birining narxiga bog’liq bo’ladi. Narx o’zgarmagan taqdirda, bozor hajmiining ortib borishi ishlab chiqarishning yuksalishiga mos keladi, iqtisodiy o’sishni anglatadi.
Bozor faoliyatiga ko’ra imkoniyati keng va xilma-xil qismlardan iborat bo’ladi.Ma’lum belgi, alomatlariga qarab bozorning xilma-xil qismlarga ajratilishi va tabaqalashtirilishi bozor sigmentatsiyasi deyiladi. Bozor sigmentatsiyasining asosiy maqsadi xaridor yoki iste’molchiga tovar yetkazib berishda qulay imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor sigmentatsiyasi quydagi belgilar bo’yicha to’liq amalga oshiriladi:
1. Demografik – bunda uzoq muddat ta’sir qiluvchi omillar xisobga olinadi va xaridorlarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, ma’lumoti, daromadlari, mutaxassisligi, oilaning hajmi, diniy e’tiqodi, va mavjud hovli joyiga qarab sotiladigan tovar guruxi belgilanadi.
2. Geografik – bunda mintaqa, shahar, qishloq, aholi soni, aholining zichligi, iqlim sharoiti, va boshqa omillarni hisobga olgan xolda tegishli hajmdagi va turdagi tovarlar sotish mo’ljallangan.
3. Psixologik – bunga xridor yoki iste’molchining yashash tarzi, shaxsiy sifatlari kiradi. Iste’molchining didi, fe’l – atvori, odat ananalari va boshqa ko’plab sifatiy tomonlarini hisobga olib maxsulot sotishni rejalashtirish katta axamiyatga ega. Bu har doim sotuvchilarning diqqat markazida bo’ladi.
4. Iste’molchilarning mahsulotni konkret turiga yoki firma markasiga munosabati. Bozorda ko’proq hissaga ega bo’lgan shunday firmalar borki, ular asosiy iste’molchilarni o’zlariga qaratishga harakat qiladilar. Hatto ularni saqlab qolishga harakat qilib, imtiyozli ravishda tovar sotish darajasiga ham boradilar.Bu shuni ko’rsatadiki, xaridor yoki iste’molchining o’zini tutishi, mahsulotlarning ma’lum turiga bog’langani, yuqori iste’mol darajasikabi omillardan ham foydalanishi muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |