Mavzu: Naflilik va chekli naflilikni kamayish usuli
Reja:
1. Umumiy naflik va chekli naflikning o’zgarishi.
2. Bozor sigmentatsiyasi tushunchasi va tahlili
3. Tavakkalchilik tushunchasi va o’lchovi.
Umumiy naflik va chekli naflikning o’zgarishi.
Ko’rinib turibdiki, ne’mat miqdori ning oshishiga, umumiy naflik ning oshishi to’g’ri keladi . Ne’mat miqdori oshganda umumiy naf oshgani bilan, chekli naf har bir qo’shimcha birlik ne’matning nafi kamayib boradi . Maksimal naflik nuqtada erishilganda, bu nuqtada chekli naflik nolga teng bo’ladi. Iste’molchining eng yaxshi iste’mol ne’matlar majmuini tanlashini, ne’matlar turi ikkita bo’lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi.
CHekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig’ining pastga tomon yotiqligi ne’matni ne’mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. CHekli almashtirish normasi odatda bilan belgilanadi.
CHekli almashtirish normasi ning miqdori gorizontal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning bir birligi uchun, vertikal o’q bo’yicha ifodalangan ne’matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko’rsatadi.
CHekli almashtirish normasi.
Daromad samarasi va uning iste’molchi talabiga ta’siri.
Iste’molchi bozorda o’ziga ma’qul bo’lgan ishni qiladi. Ammo uning harakatini cheklaydigan omillar ham bor.Bu uning daromadi, xarid qobilyati va bozor narxidir. U hamyoniga qarab o’zining talab – ehtiyojini imkoni boricha ko’proq qondiradigan tovarlarni xarid qiladi. Iste’molchining nimani afzal ko’rishi birinchi navbatda uning daromadiga, ya’ni xarid qobilyatiga bog’liq.
Xaridor say xarakatining umumiy qoidasi bor: cheklangan daromad sharoitida tovarlar xaridi xaridorga eng yuqori darajada nafli bo’lishi shart.
O’z didiga binoan xaridor tovarni xush ko’radi yoki qadrlamaydi, binobarin, narx past bo’lgani bilan tovar xarid qilinmasligi yoki narx yuqori bo’lgani holda baribir sotib olinishi mumkin. Tovar arzon bo’lgani bilan puli yo’q odam unga talab bildirmaydi.Aksincha, tovar qimmat bo’lsada, puldor odam uni sotib olishi mumkin, shu o’rinda bir maqolni keltirish o’rinli: “tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga mana ming tanga”.
Do'stlaringiz bilan baham: |