Mavzu: Naqd pulsiz Hisoblashish shakllari va ularni buxgalteriyadagi xisobi. Reja: Kirish
Download 51.58 Kb.
|
Buhgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkasso buyurtmalari qollaniladi
- 3. Ozbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Veksel bo'yicha barcha indossamentlar, uning aksepti yoki avallari belgilangan to'lov muddatida tuziladi. Vekselni to'lash muddati majburiy shart bo'lib, uning yo'qligi vekselni haqiqiy emas deb hisoblaydi. Hisob-kitobning veksel shakli uning bank muassasalari faoliyatini tashkil etishda majburiy ishtirokini nazarda tutadi.Yig'ish tartibi hisob-kitob hujjati bo‘lib, uning asosida pul mablag‘lari to‘lovchining hisobvaraqlaridan bahssiz tarzda yechib olinadi.Inkasso buyurtmalari qo'llaniladi:1) pul mablag'larini undirishning shubhasiz tartibi qonun bilan belgilangan hollarda;2) ijro hujjatlariga muvofiq undirish uchun;3) tomonlar asosiy shartnomada nazarda tutilgan hollarda.Bank kartalari uchun to'lovlarNaqd pul aylanmasini kamaytirish va hisob-kitoblarni tezlashtirish usullaridan biri bu bank kartalaridan foydalangan holda to'lov tizimlarini rivojlantirishdir. Shu munosabat bilan, kredit tashkilotlari tomonidan bank kartochkalarini chiqarish va ekvayringni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yaratish davom etmoqda. 3. O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiO'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O'zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizomni tasdiklash hakida”gi Qarorini ro'yxatdan o'tkazdi. Mazkur qaror bilan O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar; inkasso bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order,to'lov topshiriqnomasi; to'lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi). Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bank hisobvarag'i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, bank tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag'larni mijozning hisobvarag'iga kirim qilishi yoki mablag'larni uning hisobvarag'idan hisobdan chiqarishi shart. Banklar mijozning topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Banklar «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli. Mablag'larni oluvchilarning roziligi mavjudligidan qat'i nazar, to'lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo'l qo'yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mablag'lar mablag'larni to'lovchining hisobvarag'idan hisobdan chiqa-rilgandan so'ng, mablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkaziladi, cheklar va BPKlar bo'yicha hisob-kitob qilish bundan mustasno. Talablarni bajarish uchun mablag'larni oluvchining hisobvarag'ida yetarli miqdorda mablag'lar bo'lmagan taqdirda, mablag'larni hisobdan chiqarish Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga muvofiq, navbat bo'yicha amalga oshiriladi. Mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to'lanishi zarur bo'lgan penyani hisoblash va undirish bo'yicha banklar javobgar bo'lmaydi. Mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo'yicha unga xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o'rtasidagi nizolar ular o'rtasida tuzilgan bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O'zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi. Banklar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi. Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlar Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashkri, Nizomda hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish, memorial orderlar bilan hisob-kitoblar, to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, to'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar, inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitoblar, BPK – bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to'lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o'z saqlovchisiga bank hisobva-rag'idagi mablag'lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar, yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish vaqtida mablag'larni hisobdan chiqarish qoidalari haqida batafsil yoritilgan. Xulosa Hozirgi kunda hozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi. Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi: Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi. Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi. Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi. Download 51.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling