Mavzu: Narkotik analgetiklar. Reja


Download 27.57 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.57 Kb.
#1596928
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Narkotik analgetiklar

Promedol sintetik modda bo'lib, og'riq qoldirish xususiyatiga ko'ra morfmga yaqinlashib qoladi, nafasni susaytirishi mumkin, spazmogen
ta’siri, tobelik kamroq hollarda kuzatiladi, shuning uchun promedol bolalar amaliyotida keng qo'llanadi, hatto bu modda «bolalar analgetigi»
deb ataladi. Promedol og'riqni qoldirish uchun akusherlik amaliyotida qo'llanadi,
chunki nafasni deyarli susaytirmaydi, bachadon bo'ynini bo'shashtiradi, shu tufayli bachadonning to'la ochilishi va tug'ish davri bir oz tezlashadi, tug'ilgan chaqaloqda analgetik tufayli asfiksiya deyarli bo'lmaydi.
Promedolning nojo'ya ta’sirlari kam, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi mumkin, moddaga kamroq bo'lsa-da o'rganish, qaramlik paydo bo'lishi
mumkin.

Fentanil ham sintetik analgetik, juda kuchli va tez o'tib ketadigan og'riq qoldirish xususiyatiga ega. Fentanil o'tkir og'riqlami yo'qotish
uchun - miokard infarkti, stenokardiya, buyrak, jigaming o'tkir sanchiqlarida mushak orasiga va venaga yuboriladi. Venaga yuborilganda ta’siri 1-3 daqiqadan, mushaklarga yuborilganda 3-10 daqiqadan keyin boshlanib, 20-30 daqiqa davom etadi.
Pentazotsin kimyoviy tuzilishi va ta’siri bo'yicha morfmga yaqin turadi. Kuchli og'riq qoldirish xususiyati bilan birga bu moddaning ta’sirida nafas susayishi, eyforiya, qaramlik, spazmogen, siydikning
to‘xtalishi hollari kamroq uchraydi. Pentazotsinning bolalarga qo‘llanilishi to‘g‘risida ikki xil nuqtai nazar bor, birinchi nuqtai nazarga ko'ra modda nisbatan yangi, yetarli o‘rganilmagan bo'lgani uchun 12
yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash tavsiya qilinmaydi. Ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, esa pentazotsinni bolalaming yoshiga qarab qo'llanish va keltirilgan aniq miqdorlarga rioya qilish lozim bo'ladi.
Pentazotsinni ayollarga tug'ish davrida qo'rqmasdan qo'llash mumkin, chunki bu modda platsentar to'siqdan yaxshi o'tolmaydi, homila va yangi tug'ilgan chaqaloqqa deyarli ta’siri bo'lmaydi. Pentazotsinning
nojo'ya ta’sirlari kamroq, jigar va buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo'llanishi lozim.

Download 27.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling