Tramadol (tramal) agonist-antagonistlardan bo'lib, kuchli og'riq qoldiruvchi xususiyatga, ega, ta’siri tez boshlanib, davomli bo'ladi.
O'tkir va surunkali kuchli og'riqlami bartaraf qilish uchun og'iz orqali va parenteral qo'llaniladi. Shifobaxsh miqdorlari nafasni susaytirmaydi,
qon aylanishiga, me’da-ichakka ta’sir ko'rsatmaydi. Narkotik analgetiklaming katta kamchiligi shundan iboratki, ularga o'rganib, tobe bo'lib qolinadi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar
markaziy nerv sistemasining ruhiy markazlariga ta’sir ko'rsatib, eyforiya, alohida o'ziga xos kayf paydo qiladi. Eyforiyani yana his qilish uchun
moddalar takror va takror qo'llanadi, ularga nisbatan ruhiy va jismoniy tobelik paydo bo'ladi, o'z vaqtida yuborilmasa, abstinensiya, ya’ni giyohga xumorlik holati hosil bo'ladi; morfin yoki boshqa narkotik
analgetikni surunkali qo'llab yurgan odam giyohvand bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |