Mavzu: narkoz uchun vositalar va mahalliy anestetiklar klinik farmakologiyasi


Download 21.17 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi21.17 Kb.
#1577107
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu narkoz uchun vositalar va mahalliy anestetiklar klinik fa-fayllar.org

MAVZU: NARKOZ UCHUN VOSITALAR VA MAHALLIY ANESTETIKLAR KLINIK FARMAKOLOGIYASI

NARKOZ TURLARI:


  • Ingalyatsion # intubatsion

  • # maskali

  • Noingalyatsion # parenteral

  • # lyumbal

    INGALYATSION NARKOZ UCHUN ISHLATILADIGAN VOSITALAR

    Bu guruҳga yengil uchuvchan suyuqiklar va gazsimon moddalar kiradi. Ularni maxsus narkoz apparatlari bilan nafas yo’llari orqali organizmga kiritiladi (intubastion va maska yordamida). Bunda narkotik moddalar diffuziya yo’li bilan o’pka orqali qonga o’tadilar. Preparatning adsorbstiyasi nafas olinayotgan ҳavodagi konstentrastiyasi, nafasning ҳajmi va tezligi, alveolalarning yuzasi va o’tkazuvchanligi, o’pkadagi qon aylanish tezligiga bogliqdir. Narkoz ҳolatining yuzaga kelish vaqti qonda narkotik vosita konstentrastiyasining ortishiga bogliq. Narkoz vositalari o’pka orqali (ayniqsa gazsimon narkotiklar) chiqariladi.

    UCHUVCHAN SUYUQ NARKOTIK VOSITALAR

    EFIR – (dietil efir) kuchli narkotik bo’lib, ta’sir kengligi katta, kam zaҳar. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir ta’siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo’llariga kirayotgan ҳavoda efirning konstentrastiyasi 2-12 ҳajm % bo’lganda narkoz rivojlanadi. Efir ta’sirida Qonda adrenalin miqdori oshadi, astidoz rivojlanadi (keton tanachalari oshadi). Buyrak faoliyati susayadi. Efir maҳalliy qitiqlash xususiyatiga ega. Oson alangalanadi. Ҳavo bilan aralashmasi portlaydi. Demak efirning yaxshi va noxush xususiyatlari bor. Bundan tashqari yana quydagi vositalar ham bu guruhga kiradi: FTOROTAN, ENFLURAN-, METOKSIFLURAN.

    GAZSIMON NARKOTIK VOSITALAR

    AZOT (I)-OKSID rangsiz, ҳidsiz gaz bo’lib, maҳalliy qitiqlantiruvchi xususiyati yoq, zaҳarsiz modda ҳisoblanadi. Narkotik kuchi sust. Narkoz rivojlanishi uchun uni nafas yo’llariga 94 ҳajm % miqdorida kiritish kerak, lekin bunda gipoksiya vujudga keladi. Agar 80-86% miqdorda berilsa, yuzaki narkoz rivojlanadi (“shodlantiruvchi gaz”). Anesteziologiyada 80% azot (I)-oksidi va 20% kislorod aralashmasidan foydalaniladi. Bunda tez, qo’zg’alish bosqichi qisqa bo’lgan, oson boshqariladigan narkoz yuzaga keladi. Lekin narkoz chuqur bo’lmaydi, mushaklar bo’shashmaydi. Preparatni berishni to’xtatish bilan bemor uyg’onadi. Noxush ta’sirlari yo’q. Alangalanmaydi, lekin efir bilan aralashmasi portlashi mumkin. Odatda bu preparatni boshqa faolligi yuqori bo’lgan narkotiklar bilan (ftorotan), kuraresimon vositalar bilan qo’shib qo’llaniladi. Faqat jarroҳlikda emas, balki kuchli ogriqlarni daf etishda ҳam ishlatiladi. (miokard infarkti). Preparat nafas yo’llari orqali o’zgarmagan ҳolda organizmdan ajraladi.


    Download 21.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling