KOMBINATSIYALANGAN ENDOTRAXЕAL ANЕSTЕZIYA
Anesteziyaning xirurgik darajasiga erishilgach, qisqa muddat ta'sir qiluvchi miorelaksantlar (miorelaksin, ditilin), 2 mg/kg qilinadi va 70-80% kislorod bilan qisqa giperventilyatsiya qilinib, traxeya intubaciya qilinadi.
Bemomi intubatsiya qilish mushak relaksantlarini qo'llash zaminida amalga oshiriladi. Intubatsion naychaning traxeyada turganligi kapnograf orqali tekshirib ko'riladi. Anestetik sifatida ftoratan, azot (I) oksidi yoki ingalyatsion anestetiklardan birortasi qo`llanilishi mumkin. Mushak relaksantlari operatsiyaning hajmi, davomiyligi, bemorning ahvoli, dori moddaning farmakodinamika va farmakokinetikasiga qarab tanlanadi. Keyingi yillarda ko'krak qafasi operatsiyalari anesteziyasida o'pka bosh bronxlarini intubatsiya qilish usuli keng miqyosda amalda qo'llanila boshlandi.
ASORATLARI BORMI?
Organizmga yuborilgan har qanday preparatning nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin. Jumladan, narkozning ham asoratlari yo`q emas. Narkozni boshidan o`tkazganlar bosh aylanishi, og`rishi, ko`ngil behuzur bo`lishi, uyqusirash kabilardan shikoyat qilishadi. Tibbiyotda bu hodisalar narkozdan keyingi holat deyiladi. Ayrimlar narkozdan keyin sochim to`kildi, tirnoqlarim sinuvchan, xotiram pand berib qolayapti, deydi. Ba`zida esa ruhiy holat o`zgarishlarini ham eshitib qolamiz. Aslida esa ruhiyat va xotira buzilishlariga narkozning dahli yo`q. Soch va tirnoqlar ham bundan emas. Kasallik muolajasidan so`ng yuzaga kelgan bo`lishi mumkin, ammo narkozdan bo`lmaydi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |