Premedikatsiyaning keng tarqalgan ko'rinishi quyidagicha o'tkaziladi:
Premedikatsiyaning keng tarqalgan ko'rinishi quyidagicha o'tkaziladi:
Anesteziya arafasida oqshomda, bemor uxlashdan oldin 0,1 g lyuminal ichadi.
Nahorda, anesteziyadan ikki soat awal 5 — 10 mg seduksen yoki 0,3 — 0,6 g trioksazin
ichadi. Anesteziyani boshlashga 30-40 min qolgach, teri ostiga yoki mushaklar
orasiga 10 — 20 mg dimedrol, 0,2 — 1,0 mg atropin sulfati, 10 — 20 mg promedol
yuboriladi. Bemorning tinch yotishi, uyqusirashi, tashqi muhitga loqaydligi,
og'zining qurishi, yurak urishining tezlashishi, arterial qon bosimining turg'unligi
kabilar premedikatsiya samarali bo'lganligidan dalolat beradi.
Shoshilinch narkoz beriladigan bo'lsa, yo‘g‘on zond yordamida me'dani
bo‘shat ish va chayish zarur. Shoshilinch operatsiyaiarda narkozdan oldin yoki
operatsiya stolida 1ml l%li morfin yoki pantopon eritmasi, 1ml 0,l%li atropin
eritmasi vena tomiriga yuboiish yo'li bilan premedikatsiya qilinadi. Bundan tashqari
yo'ldosh kasalliklar aniqlanganda, masalan, gipertoniya kasalligida premedikatsiya
uchun gipotenziv preparatlar, bronxial astmasi bor bemorlarga eufillin yoki
pretraxeal blokada, qand kasalligi bor bemorlarga insulin inyeksiyasi kerakli
miqdorda qilinadi
Profilaktik premedikatsiya. Og'riqsizlantirish vaqtida bemorda bo'ladigan
asoratlarning oldini olish maqsadida quyidagilar qo'llaniladi.
. operatsiadan oldingi hayajonga qarshi sedativ va uyqu chaqiruvchi vositalar:
promedol, omnopon, morfin qo'llaniladi;
• laringospazm, bronxospazm, yurak ritmi buzilishi va allergik reaksiyalarga
qarshi atropin va antigistamin preparatlar (glaukomada atropin o'miga metatsin)
qo'llaniladi.
Bemorni operaciya honasiga olib kelinguncha anesteziologik yordam majmuasi tayyor holga keltirib kuyilishi kerak.
Kirish anesteziyasi -bemorni anestetik vositalar bilan to'yintirish (indukciya) bosqichi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |